Shundai qilib, qo`zgalmas elektr zaryadlari atrofidagi fazoda elektr maydon, harakatlanuvchi zaryadlar, yani elektr toki atrofida, faqat, magnit maydoni hosil bo`lar ekan.
O`tkazgich atrofida faqat undan tok o`tgan paytdagina magnit maydonning hosil bo`lishi magnit maydonning manbai tokdan iborat ekanligini tasdiqlaydi.
Shunday qilib, Ersted kashfiioti fizika fanining rivojlanishida katta turtkilardan biri bo`lib, u elektromagnetizm sohasidagi muhim kashfiiotlarni ochilishiga sabab bo`ldi.
6.Parallel toklarning o`zaro tasiri. Parallel toklarning uzaro tasirini birinchi marta 1820 yili fransuz olimi Andre Amper (1775–1836) tajriba asosida aniqlagan. Agar ikki parallel uzun o`tkazgijalardan o`tuvchi toklarning yo`nalishlari bir hil bo`lsa , bu tokli o`tkazgichlar o`zaro tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |