bu yerda 1- korpus, 2 – membrane, 3 – yopuvchi element, 4 – prujina.
Membrana yopuvchi elementni pastga siljitadi, gazni atmosferaga chiqish yo‘lini yopadi va kuchaytirgichni chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lini ochadi. Qachonki gazning atmosferaga chiqishi to‘liq yopilganda chiqish bosimi ta’minlash bosimiga teng bo‘lib qoladi. Boshqarish bosimi yo‘qolganda yopuvchi element ta’minlash liniyasidan kuchaytirgichning chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lini qayta yopib, yuqori ko‘tarilgan holatga o‘tadi. Bu holatda chiqish bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘ladi. Boshqarish bosimining kuchi statik holatda prujina kuchi bilan kompensatsiyalanadi.
Chiqish liniyasiga o‘tish yo‘lining to‘liq yopilish holatidan tashqari yopuvchi elementning barcha holatlarida havo ta’minlash liniyasidan atmosferaga chiqib ketadi. Bu energiyani isrof bo‘lishiga olib keladi. Bu holatni yo‘qotish uchun kuchaytirgich konstruksiyasi germetik qilinadi (2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |