Bajaraladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
(daqiqa)
|
Тashkiliy qism
|
Navbatchi axboroti tinglanadi.
Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Savol- javob
|
1
|
Ehtiyojlarni aniqlash
|
Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
|
Munozara
|
1
|
Uy
vasifasini so’rash
|
O’quvchilar guruhga bo’linadi va o’tilgan mavzu so’raladi
|
Savol-javob,
gruhlarga ishlash
|
10
|
Darsning borishi
|
1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash;
2. Yangi mavzu bayoni;
3. Yangi mavzuni mustahkamlash;
|
Musobaqa, savol-javob,
gruhlarga ishlash
|
30
|
Darsni baholash
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi
|
Baholash
|
2
|
Uyga
vazifa
|
Savol va topshiriqlarga javob berish
|
Тushintirish
|
1
|
Darsning borishi
Tashkiliy qism:
Salomlashish, o’quvchilar davomatini aniqlab, sinf jurnaliga mavzuni qayd qilish, fanni bugungi kundagi yangiliklari haqida ma'lumot bеrish, sinf xonani va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
|
Ehtiyojlar:
Sinfni 8 kishidan iborat 2 ta kichik guruhlarga ajratish, sardorlarni tayinlash. (O’qituvchi tomonidan tavsiya etilgan turli rangli qog’ozlardan ixtiyoriy tanlanadi. «Web-sahifa», «Web-sayt» nomi yozilgan stol atrofida o’tiradilar.) Guruh sardorlari tanlanadi.
|
Uy vasifasini so’rash:
“HOZIRJAVOBLIK”
Tezkor savol – javob (kartochkalar orqali)
1. Axborot texnologiyasi nima?
2. Tashqi axborot texnologiyasiga misollar keltiring.
3. Lokal tarmoq nima?
4. Global tarmoqning lokal tarmoqdan farqi nima?
5. Modem nima va uning vazifasi?
6. Server tarmoq uchun nimaga kerak?
7. Agar kompyuter tarmoqqa ulanmagan bo’lsa u qanday yo’l bilan axborot almashadi?
Informatika atamalarini yozing:
“KIM CHAQQON”
Har bir gurhdan 1 o’quvchi chiqib quyidagi harflar bo’yicha informatika faniga oid terminlarni yozadi.
B – О –
R – S –
М – I –
P – K –
А – Т –
1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usul va metodlar, tashqi omillarga vositalar kiradi.
Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo`llaniladi.
“INTERFAOL” o’yin
Savollarga tezlik bilan “ha” yoki “yo’q” deb javob berishlari lozim.
2-mashq. Ichki va tashqi axborot texnologiyalarini ajrating:
daftar
|
telefon
|
komputer
|
o’chirg’ich
|
rasm
|
o’zlashtiris
|
eshitish
|
oina
|
matn
|
signal
|
magnitli
|
qalam
|
o’qish
|
dastur
|
televizor
|
qo’shiq
|
globus
|
maktab
|
chizma
|
film
|
kinoteatr
|
xulosa
|
pul
|
o’chirish
|
… tashqi axborot texnologiyasi
… ichki axborot texnologiyasi
Ichki
|
matn, signal, magnitli, chizma, film, rasm, o’qish, o’zlashtiris, dastur, xulosa, eshitish, qo’shiq, o’chirish
|
Tashqi
|
daftar, globus, telefon, maktab, komputer, o’chirg’ich, qalam, kinoteatr, televizor, pul, oina,
|
L okal tarmoqda kompyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan hamda o`zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.
Mintaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi mumkin.
Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning o`zaro axborot almashishini ta`minlaydi.
Mintaqaviy va global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash yo`lga qo`yilgan. Kompyuterda ma`lumotlar raqamlar signallar ko`rinishida saqlanadi. Telefon tarmog`i orqali esa signallar o`tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko`rinishdan analog ko`rinishga o`tkaziladi va telefon tarmog`i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchiga signalga o`tkazadi va kompyuterga uzatadi.
2. Yangi mavzu bayoni:
Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi. Ma`lumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetning kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma`lumot beriladi.
O`zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil ko`rinishdagi katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig`ilib bormoqda. Bu ma`lumotlardan foydalanish zamonaviy axbort texnologiyasi vositalarsiz katta mablag` va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (Xalqaro informatsion tarmoq) ning tashkil etilishi bilan hal etiladi.
Internet “sovuq urush” mahsuli hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo`ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlari AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog`i asos bo`lgan. ARPANet-buzilgan aloqa bo`g`inlarni avtomatik ravishda aylanib o`tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma`lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir.
ARPANet tarmog`i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor yo`g`i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Avvalgi bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik, modem va telefon tarmog`i orqali axborot almashish imkoniyati yuzaga kelgandan so`ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog`iga aylangan. Internet tarmog`i biror tashkilotga bo’y sunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta’lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab hususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko’ngillilar tomonidan tashkil etilgan “Internet arxitekturasi bo’yicha kengash” tomonidan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |