5. Tabiat jismlari va tabiat hodisalari bilan bog‘liq so‘zlar yordamida shakllangan maqollar.
Tabiat jismlari va tabiat hodisalari bilan bog‘liq so‘zlar yordamida shakllangan maqollar sirasiga “Hamal kirdi — amal kirdi”, “ Savalab yoqqan yomg'ir yomon, “Maydalab yoqqan qor yomon” kabilarni kiritish mumkin.
Yuqorida keltirilgan maqollarda tabiat jismlari va tabiat hodisalari bilan bog‘liq hamal, amal, yomg’ir, qor singari leksemalar ishtirok etgan.
6. Vaqt tushunchali leksemalar ishtirok etgan maqollar.
“Odamiylik mulki ” asarida tarkibida vaqt tushunchali leksemalar ishtirok etgan maqollar ham uchraydi. Masalan: “Qolgan ishga qor yog’ar”2
Bu maqollarda qo‘llangan so‘zlarining barchasi vaqtga ishora qilgan so‘zlardir.
7. O‘rin ma’nosini ifodalovchi leksemalar ishtirok etgan maqollar.
“Uyida umoch kesmagan, Ko'chada ugra kesar”, “Vataning tinch — sen tinch”, “Elli yer — bozor,Elsiz yer — mozor” kabi o‘rin bildiruvchi leksemalar ishtirok etgan.
8. Miqdor ifodalovchi so‘zlar ishtirok etgan maqollar.
Maqollarning shakllanishida miqdor ifodalovchi so‘zlarning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Quyidagi maqollarda miqdor ifodalovchi bir,o’n kabi leksemalar ishtirok etgan: “Koʻr hasasini bir marotaba yoʻqotadi”, “O'n marta shap-shap deguncha, Bir marta shaftoli yegan yaxshi”.
9. Mavhum tushuncha ifodalovchi leksemalar vositasida shakllangan maqollar.
Ayrim maqollar tarkibida mavhum tushuncha ifodalovchi so‘zlar qatnashadi. Bunday maqollarga Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarida qo‘llangan quyidagi maqollarni keltirishimiz mumkin: “Baxt belgisi — bilim”, “Muhabbat ketsa, nafrat kelar”
Bu maqollarda baxt,muhabbat,nafrat singari so‘zlar uchraydi.Maqollar tarkibida bulardan tashqari, ko’plab mavhum tushunchalarni ifodalovchi hikmatlar qo’llanilgan kabi mavhum tushuncha ifodalovchi so‘zlar qo‘llangan.
10. Kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi leksemalar vositasida shakllangan maqollar.
Kiyim-kechak nomlari guruhiga kiruvchi leksemalarni ham maqollar tarkibida uchratish mumkin. Masalan: “Yomondan to'n kiysang, To'yda «to'nim ber» deydi”, “Ikki ovsinning kavushi Kavshandozda ham chandishar” maqolida to’n,kavush so‘zlari qo‘llangan.
Maqol -xalq og'zaki ijodining ommaviy janrlaridan biridir. Asrlar davomida og'izdan - og'izga o'tib kelgan maqollar xalqning dunyo qarashi jamiyatga bo'lgan munosabati ,tarixi va ruxiy holatini ifodalaydi.Maqollarda hayotiy tajribalar natijasida kelob chiqqan qimmatli fikrlarning hulosasi ifodalanadi maqollar ko'pincha sheriy shaklga ega bo'ladi.Ular o'zining ixcham pishiq va puxtaligi bilan ham xalq og'zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Maqollar chuqur va mukammal mazmunga ega bo'lib, ularda xalq donoligi, milliy an'analari, ko'p asrlik hayot tajribasi mujassamlashadi folklor asarlarining boshqa hamma janrlari kabi maqollarda ham xalqning orzu-umidlari ,vatanparvarlik,insonparvarlik xislatlari ,qisqasi , barcha ijobiy - siyosiy va tarbiyaviy ahamiyati g'oyat kattadir.
Maqollar dostonlar ,ertaklar ,qo'shiqlarda ham juda ko'p uchraydi.Shuningdek ko'pchilik xalq ertaklarining oxiri ham ,qissadan hissa tarzida ,maqol yoki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan biron -bir pandnasihat billan tugaydi
Ko'pgina maqollar majoziy ma'noda ham qo'llanadi .Ma'joziy ma'noda aytilgan bunday maqollar o'z o'rnida ma'lum bir : "Qo'li qimirlaganning og'zi qimirlar" desak ,albatta ,mehnat qilish anglashiladi. Bu o'rinda :"Qozonda bo'lsa cho'michga chiqar" "Qizim, senga aytaman , kelinim ,sen eshit" ,"Qimirlagan- qir oshar", " Yurgan daryo ,o'tirgan-bo'yra" , "Qo'yningdan to'kilsa - qo'njingga " kabi qator maqollarni ko'rasatib o'tish mumkin .
O'zbek xalq maqollarining tematikasi boy va xilma-xildir.Turmushning hamma sohasida: mehnat jarayoni, jonli suhbatlarda ,yozma adabiyotimizda maqol va hikmat iboralar ko'p ishlatiadi.Anglatilmoqchi bo'lgan faktlar obrazli qilish ifodalanaladi .Shuning uchun ham xalqimiz :"So'zning ko'rki maqol " , “Yaxshi naql -tomirli aql” deb bejiz aytilmagan.
Shuning uchun ham mumtoz ijod kollarimiz xalq ijododa ,ayniqsa maqollrga ko'proq murojat etganlar va ulardan barakali foydalanish kerak.
O'tmishda yaratilgan va qo'llanilib kelayotgan eng yaxshi maqollar xalq donishmandchiligining na'munasi sifatida hozirda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.Bu maqollar hozirda yaratilgan va yaratilayotgan maqollar, matallar va hikmatli so'zlar bilan birgalikda ma'naviy boyligimizning qimmatbaho hazinasini tashkil etadi.
Umuman olganda maqollar,matallar,aforizmlar kishilarning ayniqsa yoshlarning ongini o'stiradi ularning to'g'ri ,rosgo'y,mehnatsevar, mard, jasur,sabotli va matonatli bo'lishiga o'rgatadi ,kishidagi eng yaxshi insoniy fazilatlarni targ'ib etadi.shuningdek yozuvchilik,shoirlik va notiqlarning so'z boyliklarini o'stiradi,ularning asarlarini badiiy jihatdan g'oyat katta ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |