Hurmatli talaba! “Hozirgi adabiy jarayon” fanining maqsadi, vazifa bilan
tanishdingiz. Anglaganlaringiz asosida jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni
To’g’ri
/Noto’g’ri
deb bilganingizga
+
ichorasini qo’ying.
T/r
Mavzu yuzasidan ma’lumot
To’g’ri Noto’g’ri
1
“Hozirgi adabiy jarayon” fani o‘zbek adabiyotiga tegishli bo‘lgan xalq
vakillarining ijodi, ular yaratgan asarlar badiiyati, ularning kelib chiqishi
tarixi, genezisi, bir birlaridan farqli tomonlari, hozirgi davr o‘zbek
adabiyotining yutuq va muammolari, ijodkorlarning o‘ziga xos uslubi kabilar
to‘g‘risida ma’lumot beradi.
2
Hozirgi adabiy jarayon bilan tanishish, badiiy asarlarni tahlil qilish, badiiy
matnni talqin qilish, boshqa xalqlar yaratgan asarlarga qiyoslash, ular
yaratgan asarlar badiiyatini ilmiy asarlar asosida o‘rganish, umuman,
talabalarda ilmiy-estetik tafakkurni shakllantirish – Adabiyotshunoslik
nazariyasi fanining maqsadi sanaladi.
3
“Hozirgi adabiy jarayon” fani adabiyot nazariyasi, jahon adabiyoti tarixi,
estetika, milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, san’at
sosiologiyasi, psixologiya, falsafa fanlarida o’rganiladigan muammolarning
umumiyligi bilan bir-biriga bog’langan.
4
XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti ushbu davrda yuz
bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi oʻzgarishlarni aks ettiradi.
Bugungi kun adabiyotshunos olimlari va tanqidchilari oʻzbek adabiyoti
rivojida yuz berayotgan oʻzgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib
baho berishga urinmoqdalar.
5
Adabiyotshunos N.Rahimjonov ilgari surgan paradigma inʼikos nazariyasiga
va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning rivojlanishida ong
kategoriyasining
roliga
asoslanadi.
Tadqiqotchi
yozish
uslubi
rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini nasrning janr prinsipiga asosan
boʻlinishidan kelib chiqqan holda koʻrsatib oʻtadi:
1) adabiyotda gʻoya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy,
maʼnaviy, oilaviy masalalarga eʼtiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik
mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) oʻzbek xalqining oʻzligini
tanishi va mentaliteti masalalariga murojaat etilishi; 5) hayot mazmunini
falsafiy mushohada etish.
6
Abduqayum Yoʻldoshning “Bankir”, “Puankare”, Hakim Sattoriyning
“Sogʻinch”, Shodmon Otabekning “Agar oshiqligim aytsam…” kabi asarlar
realizm pozitsiyasi kuchli bo’lganligi uchun jamoatchilik eʼtiboriga hamda
tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻldi
7
Adabiy jarayondagi asosiy tamoyillar yuzasidan chuqur bilim berish, adabiy
jarayondagi epik, lirik, dramatik asarlarning hozirgi davr bilan bog’liq
qirralari, xususan, milliy istiqlol g‘oyalariga daxldor jihatlarni talabalarga
tushuntirish, bu haqida tushunchga ega bo‘lishini ta’minlash – “Hozirgi
adabiy jarayon” fanini o‘qitishning asosiy maqsadidir.
8
Ushbu topshiriqni bajarish sizga qiyinchilikka duch keldingiz.