Cho’michning cho’mich pastki ochilish mexanizmi tizimini modernizatsiya qilish usullari. EKG-10 ekskavatorlarining ishlashjarayonida cho’mich paski ochilish mexanixmi bilan bog'liq bir qancha muammolar aniqlandi ular quydagilar;
Mexanizm ishlash paytida yetarli darajada moylanmasligi.
Mexanizmga xizmat ko’rsatish uzoq va murakkab jarayonligi.
Vaqti vaqti bilan ortiqcha yuklanishlar sababli o’qlar va tutqichlarda deformatsiyalar paydo bo’lishi.
Pastki qismni ochish uchun quvvatning yetarli bulmasligi.
Barabanga arqonni urnatishning murakkab usulda amalga oshirilishi. Barabanga arqonni oddiy mahkamlash uchun demontaj qilish zarur.
Pantograflar tizimida harakat chiklanmaganligi sababli, ekskavator ishlash paytida turli zarbalar bo’lishi natijasida tutquchlarning ishdan chiqishi kuzatiladi.
Yuqoridagi muammolarni hisobga olgan holda o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish, xarajatlarni kamaytirish maqsadida jihozni modernizatsiya qilishga qaror qilindi. Mexanizmning ishlashini yaxshilash maqsadida quydagi o’zgarishlar kiritiladi.
1. Cho’michning pastki qismi uchun.
1.1 Qushimcha ravishda REAX tipidagi Yuqori mustahkamlikka ega metal jihozlaridan payvantlash orqali cho’mich tagining yuqori mustahkamlikka ega konstruksiyasi qo’llaniladi.
1.2 Tutquch uzunligi oshiriladi. bunga mos ravishda tishlar nisbatiham o’zgartiriladi.
2. Tutqich dizaynini o’zgartirish;
Pantograflar tizimini bitta tutqichli bilan almashtirish. Ushbu chora bizga tizimni sezilarli darajada soddalashtirish va osonlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari dizayn xususiyatlarining uziga hos xususiyatlari quydagilar,
Ikki tomonlama yopiq turdagi sharikli aylanuvchi qurilmadan foydalanish,
Qo’l va tutqich qisimlarning murvat orqali ulanishi,
Vaqtinchalik detallardan foydalanish( bu zarbdan foydalanmasdan yoqish imkonini beradi)
Harakarlanuvchi mexanizmlarni moylash imkoniyatini yaratadi.
3. Ochish tutqichini urnini yuk ko’taruvchi qismiga o’zgartirish. Bu o’zgarish bizgatutqichning har qanday harakatlanuvchi qism bilan to’qnashishning oldini oladi.
4. Ekskavatorimizning diametri 26 mm bo’lgan po’lat simli arqonlari urniga diametri 15 mm bo’lgan poliamid arqonlarga o’zgartiramiz, bu bizga xizmat muddatini 3 oygacha oshiradi.
5. Baraban dizaynini o’zgartirish.
Baraban konstruksiyasini kattaroq diametrli poliamid arqonni joylashtirish uchun o’zgartirish, va bundan tashqari arqonni bog'lash usulini ham o’zgartiramiz.
6. Elektr motorni bundanda kuchlisiga o’zgartiramiz.
7. O’rnatish va texnik jarayonlarni yanada optimallashtirish. Tutqich ishchi jihozini murvat(qotiruvchi boltlar) orqali mahkamlash, tutqich ishchi jihozini urnatish jarayonida mexanizmni mukammal yig'ilgan holda taqdim etish mexanizm mustahkamligini oshiradi va uni yig'ish jarayonida bo’ladigann bazibir nuqsonlarning oldini oladi.