Dars turi: yangi materialni o’rganish.
Dars metodi: savol-javob, guruhlarda ishlash, aqliy hujum.
Darsning jihozi: darslik, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kompyuter, videoproyektor, plakatlar.
Darsning rejasi:
№
|
Darsning bosqichlari
|
Foydalanadigan usullar
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism, guruhlarga ajratish
|
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tgan mavzuni mustahkamlash, uy vazifasini tekshirish
|
Savol-javob, tarqatmali material berish
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
Savol-javob, ma’ruza
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Guruhlarda ishlash, aqliy hujum
|
14 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni baholash, yakuniy natijani e’lon qilish
|
|
1 daqiqa
|
6
|
Uy vazifasini berish
|
|
1 daqiqa
|
Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashiladi, o’quvchilar davomati aniqlanadi, ularning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.Xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqish va talab kundan-kunga ortib borayapdi.Shuning uchun ulardan bugungi sana va ob-havoni rus va ingliz tillarida so’raladi.O’quvchilarga Prezidentimizni 2016-yil “Sog’lom ona va bola”yili deb nomlashi,bejizga emasligi,bu o’z xalqining sog’ligiga qay darajada e’tibor qaratayotganligidan dalolat berishi aytib o’tiladi.
Aziz o’quvchilar fevral oyida qanday muhim sanalarni o’tkazdik.
9-fevralda g’azal mulkining sultoni A.Navoiy,14-fevralda Z.M.Bobur bobolarimiz tavallud topganlar.O’quvchilardan fevral oyi qaysi fanlar oyligi haqida ham so’raladi va bu oy qo’shaloq bayramlar oyi ekanligi aytiladi. O’quvchilardan odob-axloq qoidalar so’raladi,ayniqsa salomlashish odobiga alohida to’xtalib o’tamiz.Aziz o’quvchilar hammangiz yoshligingizda ertaklar o’qigasiz yoki tinglagansiz.Esingizda bo’lsa shum kampir o’ziga salom bilan murojat qilgan bolaga shunday deydi:”-Agar saloming bo’lmaganda ikki yamlab bir yutgan bolar edim” .Qarang shum kampir timsolidagi yovuz inson ham salomlashishni qanhalik qadrlagan va shu so’z bolani qutqarib qolgan.Bu ertak o’sib kelayotgan bolaga katta bir dars, maktab va saboq.
O’quvchilarni yoqtirgan shakllari orqali uch guruhga ajratiladi.
U chburchak To’g’ri to’rtburchak Doira
Guruhlar o’zlari tanlagan shakllar haqida nimalarni bilishlari haqida so’raladi. Ularni inglizcha nomlanishi so’raladi.
Uchburchak – Triangle. To’g’ri to’rtburchak – rectangle. Doira -circle
Aziz o’quvchilar, dars davomida siz o’zingiz tanlagan shaklni mayday bo’laklarini yig’ib, uni butun holatga keltirishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun berilgan topshiriqlarni to’g’ri hal etishingiz, o’z guruhingiz a’zolariga yordam berishingiz kerak bo’ladi.
Uchburchak, to’rtburchak va doira shakllari 6 bo’lakka bo’lingan holda qismlarga ajratib qo’yiladi. Dars davomida o’quvchilar bu qismlardan butun shaklni yasab boradilar
O’TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:
O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmali savollar beriladi?
Uchburchak burchaklari yig’indisi haqidagi teoremani ayting.
Uchburchak tomonlariga ko’ra necha turga bo’linadi?
Uchburchak burchaklariga ko’ra necha turga bo’linadi?
Uchburchakni asosiy elementlarini ayting.
Uchburchakda necha bis-sa,necha mediana, necha balandlik mavjud?
YANGI MAVZU:
Yangi mavzuni boshlashga tayyorgarlik:
Quyidagi savollar muhokama qilinadi:
Uchburchak burchaklari yig’indisi necha gradus?
Qanday uchburchak to’g’ri burchakli uchburchak deb ataladi?
Uning burchaklari yig’indisi qancha?
Agar uchburchakning bir burchagi ma’lum bo’lsa, qolgan ikki burchagi yig’indisini aniqlash mumkinmi?
Yangi mavzuni yoritish:
Eslatib o’taman, tog’ri burchakli uchburchakning bitta burchagi tog’ri (900)bo’lib, qolgan ikki burchagi esa o’tkir burchaklardan iborat. To’g’ri burchakli uchburchakning tog’ri burchagi qarshisidagi tomoni gipotenuza, qolgan ikki tomoni esa katet deb ataladi.
2-xossa.To’g’ri burhakli uchburchakning 30 li burchagi qarshisidagi katet gipotenuzaning yarmiga teng.
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:
7-8-masalalarni har bir guruhlardan o’quvchlarchiqib, doskada bajaradilar. (masala yechsih uchun 5 minutdan vaqt)
Masalalarning javoblari:
7-m a) Uchinchi burchak 90-60=30 gradus bo’lganligi uchun, xossaga ko’ra c=2*2=4 ga teng bo’ladi. Javob: 4
b) x+2x=90 3x=90 x=30. a=12/2=6. Javob: 6
c) 3,2/1,6=2 bo’lgani uchun x=300 bo’ladi.
8-m. a) B=300 ekanligidan AC=AB/2 bo’ladi, ya’ni AC=20/2=10.
B=300 ekanligidan A=600 ekani kelib chiqadi va bundan esa ACD=300 bo’ladi. ACD uchburchak tog’ri burchakli uchburchak, bunda AC gipotenuza va AD 300 li burchak qarshisidagi katet bo’lgani uchun, AD=10/2=5 bo’ladi. Javob: 5
b) A=600 ekanligidan B=300 va ACD=300 ligini aniqlash mumkin, bundan esa AC=18/2=9 ekani kelib chiqadi. ACD uchburchakdan AD=AC/2, AD=9/2=4,5. BD=AB-AD=18-4,5=13,5. Javob:13,5
d) AC=6 va AD=3 ekanligidan burchak ACD=300 ligini aniqlaymiz. Bunga ko’ra burchak BCD=600 bo’ladi. Burchak B=300 bo’ladi. Bu esa AB=2*AC ekanligini ko’rsatadi. AB=2*6=12. BD=AB-AD=12-3=9. Javob: 9
Masalalarni bagargan o’quvchilar tarqatmalar asosida baholanadilar:
O’quvchilarning masala yechish jarayonida yo’l qo’ygan kamchilik va yutuqlari tahlil etilib, ular baholanadi.
Dars yakunida o’quvchilarga uy ishi qilib 1-5-savollar va. 9-masala beriladi.O’quvchilarga yonalish sifatida bu masala darslikdagi 3-xossadan foydalanib yechilishi aytiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |