Toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi



Download 22,73 Kb.
bet2/2
Sana01.06.2022
Hajmi22,73 Kb.
#628239
1   2
Bog'liq
Suv ombori

Tuyamoʻyin suv ombori - Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamoʻyin tor darasida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Daryo suvini irrigatsiya va energetika maqsadlarida mavsumiy rostlash uchun xizmat qiladi. Gidrouzel qurilishi 1970-yildan boshlangan. 1978-yilda 1navbati va 1983-yilda toʻliq ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 7800 mln. m³. Suv ombori 4 ta — 1 ta oʻzanli va chap sohildagi tabiiy chuqurliklarda barpo etilgan, suv uzatilib toʻldiriladigan 3 ta ombordan (Kaparas, Sultonsanjar, Qoʻshbuloq) iborat. Gidrouzel Amudaryoning chap va oʻng sohillariga suv chiqarishni taʼminlaydi. Tuyamoʻyin suv omborio. toʻgʻonlari suvni damlab, satxini kutarilishga olib keladi. Bunda yuqori va pastki byeflardagi eng katga farq 18–24 m ga yetib boradi. Sultonsanjar pastligini suv bilan tuddirish uchun Tuyamoʻyin gidrouzelidan gʻarb tomonga qarab 2,5 km uzunlikda sarfi 50 m³/sek boʻlgan kanal qurilgan. Tuyamoʻyin suv omborio. Tuyamoʻyin GʻESning barqaror ishlashini taʼminlaydi. Amudaryodan Tuyamoʻyin suv omborio.ga har yili oqib keladigan 200 mln.t loyqaoqiziqlarni chiqarib yuboradigan inshootlar barpo etilgan.
Oʻng qirgʻoqda kema qatnovini taʼminlovchi 18x80 m oʻlchamdagi shlyuz qurilgan, uning yuk oʻtkazish qobiliyati 535 mingt ni tashkil etadi. Tuyamoʻyin suv omborio.ning qurilishi bilan Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumani hamda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini yaxshilash imkoniyati yaratiddi. Gidrouzel zonasida daryoning oʻng qirgʻogʻida Paxtaarna, Qozoqyob, Beshtom, Nayman va Qizilqalʼa, chap qirgʻogʻida Toshsoqa, Qilichniyozboy, Qipchoq-Boʻzsuv, Xorazm viloyatida Pitnakarna, Urgancharna va boshqa kanallarga suv chiqargichlar barpo etilgan.
Ko‘llari.O‘rta Osiyoda ko‘llar unchalik ko‘p emas. Ular ichida eng yiriklari Orol ko‘li (dengizi), Issiqko‘l, Balxash va Qorako‘ldir. Bu ko‘llar paydo bo‘lishiga ko‘ra tektonik ko‘llar hisoblanadi.Ko‘llarning ko‘pchiligi tog‘larda joylashgan. Ular tog‘ning o‘rta va baland qismlarida ko‘pincha daryo va soylar o‘zanining to‘silib qolishi natijasida vujudga kelgan kichikroq ko‘llardir. Ularning suvi nihoyatda tiniq, toza va sovuq bo‘ladi. Ko‘l atroflarida o‘ziga xos iqlim vujudga kelib, juda go‘zal tabiiy geografik manzara hosil bo‘ladi, Issiqko‘l va Sarichelak shunday ko‘llardir. Daryo vodiylarida, qayirlarida, deltalarida katta-kichik ko‘lchalar hosil bo‘lgan. Тashlama hamda sizot suvlar to‘planishidan hosil bo‘lgan ko‘llarga Arnasoy va Aydarko‘l misol bo‘ladi.O‘rta Osiyoning eng katta tabiiy ko‘li — Orol ko‘lidir. U kattaligi hisobga olinib Orol dengizi deb ataladi. Orol dengizi faqat O‘rta Osiyoda emas, balki Yer yuzidagi eng katta ko‘llardan biri edi. U kattaligi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi, jahonda esa to‘rtinchi o‘rinda turardi. Ko‘l Тuron tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli sharqdan janubi g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan. Unga ikki yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryo quyiladi.
Suv omborlarining turlari
Suvni to’plab, undan kelgusida foydalanishga imkon beradigan inshoot suv ombori bo’ladi. Suv omborlari umu­miy ko’rinishi, suvni to’plash shart­sharoitlari, to’g’onining qurilishi usullari bo’yicha xilma­xildir. Ana shu belgilari bo’yicha ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
­ yopiq suv omborlari;
­ ochiq suv omborlari.
Yopiq suv omborlariga suv saqlanadigan katta­kichik idishlar, rezervuarlar kiradi. Bunday suv omborlari te­mirdan, temir­betondan, tosh va boshqa materiallardan quriladi. Ular oqimni kunlar, hafta, oy, ba’zan mavsumlar bo’yicha boshqarishga mo’ljallanadi. O’lkamizda juda qadim­dan mavjud bo’lgan sardobalarni ham ana shunday suv om­borlari tipiga kiritish mumkin.
Ochiq suv omborlari ikki xil bo’ladi:
1. Dambali suv omborlari;
2. Тo’g’onli suv omborlari.
Dambali suv omborlari quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:
a) bir tomonlama damba, nishab joyda seldan saqlash maqsadida quriladi;
b) gir aylana damba, gorizontal joyda quriladi;
v) yarim kovlangan damba, suv omborining suv sig’imini kattalashtirish maqsadida quriladi.
Suv omborlarining to’g’onlari vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
a) suv sathini ko’tarishga mo’ljallangan to’g’onlar. Ular energetika, suv transporti, daryo yoki kanaldan suv olish maqsadlarida quriladi;
b) suvni to’plash va daryo oqimini boshqarish maqsadida qurilgan to’g’onlar.
Hozirgi kunda yagona maqsadda to’g’on qurish kam uch­raydi. Ko’pchilik to’g’onlar majmuali­kompleks maqsadlarni ko’zlab quriladi.
Suv omborlarining asosiy ko’rsatkichlari
Suv omborlarining ko’rsatkichlari (parametrlari) ikki yo’nalishda belgilanadi:
­ suv omborining o’lchamlarini xarakterlaydigan para­metrlar;
­ suv omboridan foydalanish rejimini aniqlaydigan parametrlar;
Birinchi turdagi, ya’ni suv omborlarining o’lchamlarini xarakterlaydigan parametrlar quyidagilardan iborat:
a) me’yoriy dimlanish sathi (MDS);
b) foydasiz hajm sathi (FHS);
v) ishchi suv sathi (ISS).
Me’yoriy dimlanish sathi (MDS) shunday sathki, suv ombori shu sathgacha to’ldirilganda to’g’on unda to’plangan suvni uzoq vaqt ziyonsiz ushlab tura oladi. MDS ning tak­rorlanishi va davomliligi daryoning oqim rejimiga va uning boshqarilish darajasiga bog’liq. Daryo oqimini mav­sumiy boshqarishda MDS ga har yili, ko’p yillik boshqa­rishda esa faqat suv ko’p bo’lgan yili erishiladi (39­rasm).
Foydasiz hajm sathi (FHS)­suv omborida to’plangan suvning shu sathdan yuqorida joylashgan qismidan foyda­laniladi. FHS ning takrorlanishi ham daryoning oqim re­jimiga va uning boshqarilish darajasiga bog’liq. FHS daryo oqimini mavsumiy boshqarishda har yili, ko’p yillik bosh­qarishda esa kam suvli yillarda-mejenning oxirida ku­zatiladi.
Suv omborlarining suv sig’imi­hajmining quyidagi ko’rinishlari mavjud va ularning har biriga o’ziga xos vazifa yuklanadi:
a) foydali hajm yoki ishchi hajm (Vf);
b) foydasiz yoki o’lik hajm (Vo’);
v) umumiy yoki to’liq hajm (V);
g) ishchi chuqurlik (hi).
Foydali yoki ishchi hajm MDS va FHS orasida joy­lashgan bo’ladi. Daryo oqimi asosan shu hajmda boshqariladi.


Download 22,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish