A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Tarix va uni o’qitish metodikasi yo’nalishi II bosqich 202-guruh talabalari TOG’AYEV OZODBEK va KUBAYEV RO’ZIMURODning Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan uslubiy qo’llanma.
Tayyorladi: O.Tog’ayev va R.Kubayev
Tekshirdi: Jumanazarova Dilnoza
JIZZAX-2022
№ Imom al-Buxoriyning pedagogik g’oyalari
Tuzuvchi shaxslar:
Tog’ayev Ozodbek – Tarix fakulteti talabasi,
Kubayev Ro’zimurod – Tarix fakulteti talabasi
Taqrizchilar:
Mirzayev B. JDPI tarix va uni o’qitish metodika kafedra o’qituvchisi _________
Toshboyev F. JDPI tarix va uni o’qitish metodika kafedra o’qituvchisi _________
Kirish:
Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda.Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘’tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini bildirib, shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning qalbida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi”.
Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi.Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(s.a.v)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur bo‘lgani “Al-jome’ as-Sahih”dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo‘lgan ilmlarga oid bir qator o‘ta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak bo‘lgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sag‘ir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome’ as-sahih» asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida e’zozlanuvchi manba hisoblanadi.
Imom Buxoriyning hadislar to‘plash borasidagi qo‘ygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan ko‘ra aniqroq bo‘lgani sababli «Al-jome’ as-sahih» asari «Eng ishonchli hadislar to‘plagan» nomiga sazovor bo‘lgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini o‘zaro uchrashganlari ehtimoli mavjud bo‘lsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari o‘zaro uchrashganini alohida ko‘rgan guvohning e’tirofini ham shart qilib qo‘ygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Askaloniyning hisobiga ko‘ra «Al-jome’ as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qo‘shilsa kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda ko‘plab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda isoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob alfavoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „AlJomi’ alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „AlMusnad alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Attafsir alkabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob alxiba“ („Xayrehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida“gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 i. 23 okt.da Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang Buxoriy yodgorlik majmui).Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan Imom alBuxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyab.; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „alJomi’ assahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniyfalsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining maʼnaviymaʼrifiy, ilmiyadabiy „Imom alBuxoriy saboqlari“ jur.ini nashr eta boshladi. Jur.xalqimizni milliymaʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, liniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom in-tiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitobalbom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.
Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so‘zlari (hadislarni) va sunnatlari (hayot tarzlari, qilgan ishlari)ni to‘plash, kitob shakliga keltirish VIII asr oxiridan boshlanib, X asrga kelib butun Islom olami tan olgan oltita hadislar to‘plami vujudga keddi. Bular asosan Markaziy Osiyolik muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Ter-miziy, Imom asoiy, Imom Abu Dovud va Imom Mojjalar qalamiga mansubdir. Bular qatoriga yettinchi qilib Imom Dorimiy Samarqandiyni ham qo‘shadilar. Hadis olimlarining rahnamosi, alloma, imomlar imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriydir.
Bu ulug‘ zot hijriy 194 (milodiy 810) yili Buxoroda tug‘ilganlar. 825 yili otalari va birodarlari bilan haj safariga borib, o‘sha yerda qolib ketganlar. U yerda ilmlarini takomillashtirib, payg‘ambar (s.a.v.) hadislarini to‘plash, tartibga solish, ulardan qaysi biri to‘g‘ri qaysi biri payg‘ambarga (s.a.v.) taalluqli emasligini aniqlash maqsadida Makka, Madina, Shom, Misr, Falastin, Iroq shaharlarini kezib, bir necha yil badaviy arablar orasida yurdilar. Shu tariqa ranju mashaqqatlar bilan jami 600 ming hadis to‘plab, bulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod olganlar. 600 ming hadisdan 7265 tasini «Jome as-sahih» («Ishonchli to‘plam») kitobiga kiritdilar.
Imom al-Buxoriyning mashhur asarlari 15 ta bo‘lib, ulardan quyidagilarni ko‘rsatamiz:
1. «Al-Jome as-sahih». Buyuk allomaning eng buyuk va mashhur asari. Bu kitob «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi. Bu asarga kiritilgan ishonchli hadislar soni takrorlanadiganlari bilan 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan hadislar 4000 tadir. Asar yozilganligiga 1200 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, shu vaqtgacha u Islom olamida Qur‘ondan keyin ikkinchi o‘rinni tutadigan muhim manba vazifasini o‘tab kelmokda. O‘rta asrda yashagan ba‘zi adib va xattotlar uchun bu kitob nusxalarini ko‘chirish tirikchilik vositasi ham bo‘lib kelgan. Taniqli adib va ilohiyatchi olim an-Nuvayriy (vafoti 1332) undan 8 nusxa ko‘chirib, har birini 1000 dirhamdan sotgan. Uning 1325 yili ko‘chirilgan nodir nusxasi Istanbudda saqlanmokda. «Al-Jome‘ as-sahih»ga ko‘plab sharhlar bitilgan. U qayta-qayta nashr etilgan.
Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislarda faqat Islom dini ta‘limotiga oid qoidalar aks ettirilibgi-na qolmay, ular mehr-muhabbat, halollik-poklik, saxiylik, ota-ona, kattalarga hurmat, yetim-yesir, beva-bechoralarga muruvvat, mehnatsevarlik, vatanga muhabbat kabi oliyjanob insoniy fazilatlar majmuasidir.
Hadislarda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimani qilmaslik lozimligi haqidagi zamonamiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar, pandu-nasihatlar va o‘gitlar o‘z aksini topgan.
2. «Al-Adab al-mufrad» (Adab haqida yagona kitob). Yuqorida zikr qilganimiz payg‘ambarimiz (s.a.v.)-ning olti nafar tan olingan hadis olimlari to‘plagan hadislarida axloq-odob masalasi asosiy o‘rinda turadi. Chunki musulmon bo‘lish uchun eng avvalo yaxshi xulqli, odobli, insofli, pok va halol bo‘lish shart. Bu borada payg‘ambar alayhissalom o‘zlari: «Men yaxshi va oliy axloqlilarni kamolotga yetkazish uchun payg‘ambar qilib yuborildim» deganlar.
Shuning uchun ham Imom Buxoriy o‘zining shoh asari «Jome as-sahih»da-gi axloq-odob haqidagi hadislarni bitta kitobga jam-ladi.
Bu olimni qoniqtirmagandan keyin, butun Islom olamini yaxshi xulq va odobda tarbiyalashni ko‘zda tutgan holda axloq va odobga oid hadislarni alohida bir kitobga to‘plab, «al-Adab al-mufrad» nomli asarini yozdi. Kitob 644 bobdan iborat bo‘lib, ularda 1322 hadis jamlangan. Bu asarda boshqa muhaddislar kitoblarida uchramaydigan bir qancha hadislar ham berilgan. Asarning yana bir qimmatli tomoni shuki, undagi hadislarni yozib olgan hadis rivoyatchilari (isnodlar) boshqa muhaddislar isnodlariga nisbatan ancha ishonchli kishshgar bo‘lgan.
«Al-Adab al-mufrad» qo‘lyozmalari Sharq va G‘arbning juda ko‘p kitobxonalarida mavjud. U 1898 yili Hindistonda.1930 yili Qohirada. 1970 va 1980 yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan ikki marta arab tilida nashr etildi. Uning 600 hadisdan iborat 267 bobi taniqli islomshunos olim Shamsuddin Boboxonov tomonidan o‘zbek tiliga ag‘darilib, 1990 yili «O‘zbekiston» nashriyotida chop etildi. Tarjimada ba‘zi hadis-larga izohlar ham berilgan.
«Al-Adab al-mufrad»ning 1-24 boblari ota-onaga xizmat qilish, ularning hurmatini joyiga qo‘yish, ayniqsa, qarigan chog‘ida ularni e‘zozlab parvarish qilish, diliga ozor bermaslik, ularning haqqini ado etish masalalariga bag‘ishlangan. Ba‘zi misollar keltiramiz.
Muslim ibn Xayyila (raziyallohu anhu) aytdilar-ki, rasulullohdan «Ey rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?» deb so‘radim. «Onangga»— dedilar. «Men shu savolni uch marta qaytarsam ham rasululloh «Onangga» deyaverdilar. To‘rtinchi marta so‘ra-ganimda: «Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga» dedilar. Abu Hurayra (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh; «Bolaning otasi birovlarning quli bo‘lsa uni hojasidan sotib olib, ozod qilmaguncha uning haqqini ado qilgan bo‘lmaydi» - deydilar.
Abu Bakr (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh: «Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi? - deb uch marta so‘radilar. Sahobalar «Ey rasululloh, aytib bering», - deyishdi. «Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish», dedilar.
Hadislardan anchasi qarindosh-urug‘larga yaxshilik qilish, ular bilan bordi-keddi qilib turish, holidan xabar olish va ularga rahm-shafqatli bo‘lish haqidagi hadislardir. Bakr ibn al-Horis Ansoriy (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi. U
kishi rasulullohdan «Yo rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?» - deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.); «Onangga, otangga, opa singillaringga, aka-ukalaringga va yaqin kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak bo‘lgan qarindoshliqdir», - dedilar.
Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, nomi o‘zi bilan «Adab durdonasi» adab axloqning durdonasidir. 1200 yildan buyon Islom olamida insonlarda yaxshi oliyjanob xislatlarni tarbiyalash, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish, xizmat qilib, odamlarni pok iymonli, e‘tiqodli, insofli bo‘lishga yo‘llab, yomon illatlardan saqlab kelayotgan bebaho asar hozirgi bizning za-monamizda ham o‘z qimmatini yo‘qotmay hayotimizning hamma talablariga to‘la javob beradi.
3. «At-Tarix as-sag‘ir» (Kichik tarix).
4. «At-Tarix al-avsat» (O‘rtacha tarix).
5. «At-Tarix al-kabir» (Katta tarix).
6. «At-Tafsir al-kabir» (Katta tafsir).
Al-Jome as-sahih
Ammo bunday bebaho durdonalardan Sho‘ro davrida xalqimiz butunlay bebahra bo‘lib kelgani achinarli holdir. Mustaqillik tufayli dinimiz, iymon e‘tiqodimiz qayta tiklandi. Imom Buxoriyning to‘rt qismdan iborat «Jome‘ as-sahih» asari o‘zbek tiliga to‘la tarjima qilinib nashr etildi. U zoti sharif haqida o‘nlab risolalar, yuzlab maqolalar chop etildi. Olimning Xartangdagi Sho‘ro davrida tashlandiq holga aylantirilib, jamoa xo‘jaligi ombori, atrofida qarovsiz chakalakzor bo‘lgan tabarruk maqbara va masjidi misli ko‘rilmagan darajada ta‘mirlanib, yoniga o‘sha davr uslubida yangi masjid, minora va arklar barpo etildi. Bularning hammasiga Prezidentimiz I.A.Karimov bevosita rahbarlik qildilar. Inshoot kerakli mablag‘ va qurilish materiallari bilan uzluksiz ta‘-minlab turildi.
1974 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan Respublikamizda butun Islom dunyosi vakillari ishtirokida Imom al-Buxoriy tavalludining 1200 yilligi nishonlangan edi. 1998 yidda Respublika Vazirlar\ Mahkamasi qarori bilan buyuk alloma Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi juda keng miqyosda nishonlandi.Imom al-Buxoriy jamg‘armasi tashkil etildi.«Imom al-Buxoriy soboqlari» jurnali ta‘sis qilindi.Toshkentdagi oliy diniy maktabga uning nomi berildi. Faqat mustaqillik tufayligina o‘zbek xalqining buyuk farzandi, iftixori, shon-sharafi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Imom al-Buxoriy butun dunyoga qaytadan nom taratib, o‘z shu‘lasi bilan Islom ahlini nurafshon etmoqda.
Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba'zan Imom al-Muhaddisiyn (muhaddislarning imomi, peshvosi), ba'zan Amirul-mo'miniyn fil-hadis (hadis ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn Ibrohim ibn al-Mug'iyra ibn Bardazbah ibn Bazazbehdir. So'nggi ikki ismi (ibn Bardazbeh ibn Bazazbeh)dan ko'rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning asl nasabi ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay adabiyotlarda qayd qilingan bo'lib, ko'pchilik muhaddislarning ta'kidlashlaricha, "Bardazbeh" so'zi arabcha "zori'" (ziroat, dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi kishi) ma'nosini bildiradi. Mashhur olim imom as-Subkiy o'zining "Tabaqot ash-shofi'iyya al-kubro" ("Shofe'iy ulug' tabaqalar") nomli yirik asarida Bardazbehning otasini Bazazbeh deb ko'rsatgan.Imom al-Buxoriy haqida yozgan ko'pchilik olimlar esa uning nasabini faqat Bardazbehga bog'lab tugatganlar. Afsuski, tarixchilar Bardazbeh, uning otasi Bazazbeh haqlarida deyarli hech qanaqa ma'lumot keltirmaganlar.Ba'zi olimlarning xabarlariga ko'ra, ular ikkovlarining kelib chiqishi ajamdan bo'lib, ularning dinlariga e'tiqod qilganlar.Imom al-Buxoriy otasining bobosi Al-Mug'iyra Buxoro hokimi Yaman al-Juafiydan Islom dinini qabul qilgan bo'lib, Buxoroni vatan tutib yashab qolgan.O'sha paytdagi taomulga ko'ra, agar biron kishi Islom dinini kimdan qabul qilsa, o'sha kishining qabilasiga mansub hisoblangan.Bu odat qabul qilingan dinga sodiqlikning belgisi bo'lib, arabcha nisbat ul-vilo fil-Islom (Islom diniga sodiqlik nisbati) deb atalishi odat tusiga kirgan edi. Albatta Al-Mug'iyra ham o'sha davrda ommaviy tus olgan ushbu urfdan holi bo'lmaganligidan uning o'zi ham, undan keyingi tug'ilgan avlodlari ham, shu jumladan, Imom al- Buxoriy ham Ju'afiy, deb atala boshlandilar. Imom al-Buxoriyning nasli-nasabi haqida tarixchilar keltirgan ma'lumotlardan yana shuni qayd qilish kerakki, uning bobosi Bardazbehning ismini ba'zilar aslida Al-Ahnaf deb keltirganlar. Ahnaf, deb odatda eng aqlli, dono kishilarga nisbat berilgan, go'yoki saxiy, qo'li ochiq kishilar "Hotamtoy", deb aytilgani singari.Bundan ko'rinib turibdiki, Imom al-Buxoriyning bobosining haqiqiy ismi Bardazbeh bo'lsa-da, u oqil, zukko inson bo'lganligidan Al-Ahnaf laqabi bilan ham atalgan.
Imom al-Buxoriyning otasi Ismoil, uning kunyasi Abul-Hasan bo'lib, o'z davrining yetuk muhaddislaridan sanalib, Imom Molikning shogird va ashoblaridan biri bo'lib, tijorat ishlari bilan ham shug'ullangan. Afsuski, hozircha uning qalamiga mansub biror asar haqida aniq ma'lumotga ega emasmiz. Biroq uni Hamad ibn Zayd, Imom Molik, Abu Muoviya kabi o'z davrining yirik muhaddislaridan hadislar rivoyat qilgani, Abdulloh ibn al-Muborakning suhbatida bo'lib, undan ta'lim olgani haqidagi xabarlar manbalarda keltiriladi. Uning shogirdlaridan iroqlik bir qancha olimlar Ahmad ibn Hafs, Nasr ibn Husayn va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Imom al-Buxoriy "At-tarix al-kabir" ("Katta tarix") asarida otasining tarjimai holi haqida talay ma'lumotlar keltiradi. Tarixchi Al-Hofiz ibn Hibbon o'zining "Kitob as-Siqqot" ("Buyuk insonlar haqida kitob") nomli asarida "Ismoil ibn Ibrohim, ya'ni Al-Buxoriyning otasi Hamad ibn Zayd va Molikdan hadislar rivoyat qilgan, undan esa iroqlik olimlar hadislar rivoyat qilganlar", deb ta'kidlaydi.
Manbalarda zikr qilinishicha, alloma Ismoil o'ta taqvodor, xudojo'y, halol bir inson bo'lgan. Tarixchi Ahiyd ibn Hafasning yozganlari bu fikrimizga yorqin dalildir: "Abu Abdulloh (Imom al-Buxoriyning otasi) bandalikni bajo keltirayotgan chog'ida uni ziyorat qilganimda menga u: "Bor molu-dunyomdan na harom yo'l bilan, na shubhali, nopok yo'l bilan topilgan bir dirhamni ham bilmayman", deb iltijo qilganida mening nafasim bo'g'ilib, butun vujudim uning ulug'vorligidan hech narsaday tuyuldi", deb yozadi.
Shuningdek, Imom al-Buxoriyning otasiga xos bo'lgan yana bir qancha asl insoniy fazilatlar va uning alohida xususiyatlari zikr etilib, bunday fazilatlar o'sha davrdagi kamdan-kam kishilarda uchragani haqida ham qayd qilinadi.
Imom al-Buxoriyning onasi ham taqvodor, diyonatli va har xil karomatlar sohibasi bo'lgan oqila ayol bo'lgan. U el orasida Alloh taologa iltijo etib, doimo duolar o'qib yuradigan pokiza ayol sifatida tanilgan edi.Ma'lumki, Imom al-Buxoriy yoshligida ko'zi jarohatlanib ko'rish qobiliyati susaygan bo'lib, har qancha urinmasin ham, tabiblar uni davolay olmagandilar. Kunlardan bir kuni Al-Buxoriyning onasi tushida Ibrohim alayhissalomni ko'rganda u zoti sharif bu mushfiqa onaga qarab: "Ey volida! Sening duolaringning ko'pligidan Alloh taolo o'g'lingga to'liq ko'rish qobiliyatini qaytardi", deb xitob qilganlar. Keyin u "Uyqumdan uyg'onsam, o'g'lim Muhammadning ko'z nuri to'liq qaytib tuzalib ketibdi", degan rivoyat mavjuddir. Afsuski, Imom al-Buxoriy yoshligida ko'zi ojiz bo'lib qolganligi, uning sabablari, so'ngra unga to'lig'icha ko'z quvvatining qaytganligini, chunonchi, u "At-Tarix al-Kabir" nomli asarini oyning yorug'ida yozgani tafsilotlari haqida manbalarda aniq ma'lumotlar uchratmadik. Abu Ali al-G'assoniy degan olim "Muhammad ibn Ismoilning yoshligida ko'zi ojiz bo'lib qolgan. Uning onasi taqvodor ayol bo'lib, tushida Ibrohim xalilullohni ko'rganda u: "Ko'p duolar qilib yig'laganingdan Alloh taboraka va taolo o'g'lingning ko'zini qaytardi", degan. Ona: "Ertalab uyg'onsam, Alloh o'g'limga ko'rish qobiliyatini qaytarganini ko'rdim", degan. U ham yuqoridagi fikrni aynan qaytaradi.
Imom al-Buxoriy azaldan ilm fan va madaniyat ravnaqida mashhur bo'lgan Buxoro shahrida tavallud topgan. Ko'plab muarrixlarning guvohlik berishlaricha, Buxoro azaldan Movarounnahrning eng qadimiy va go'zal shaharlaridan biri bo'lgan. Manbalarda zikr qilinishicha, shaharning o'rab turgan devorlari o'ttiz olti millga cho'zilgan. Shaharning obod va ko'rkamligi, uning benazir go'zalligi xususida manbalarda zikr qilinishicha, shaharning o'rab turgan devorlari o'ttiz olti millga cho'zilgan. Shaharning obod va ko'rkamligi, uning benazir go'zalligi xususida ko'plab shoirlar va fozillar o'zlarining nasriy va nazmiy asarlarida alohida extiros bilan tarannum etganlar.
Mana shu muhtasham shahar - Buxoroi sharifda 194 hijriy sana shavvol oyining 13 kunida salotul jum'adan keyin (810 milodiy sana 21 iyul) jami' muhaddislarning imomi, hadis ilmining sultoni (amirul mo'm'inin fil hadis), sayyidul fuqaho kabi ulug' laqablarga muyassar bo'lib, Payg'ambar alayhissalomning muborak hadislariga durdonasimon sayqal berib, ularni abadul-abad barhayot qilgan ulug' zot Imom al-Buxoriy dunyoga kelgan. Buyuk shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy buyuk muhaddisning ilmiy salohiyatiga yuksak baho berib: "Batxa (Makka) va Yasrib (Madina)da yasalgan tanganing Buxoroda sayqali kamoliga yetdi", deb yozgan edi. O'rta asrlarda tug'ilgan olimlar tavallud etgan oylar, kunlar tugul manbalarda, hatto ko'pincha yillarida ham aniq bir sana bo'lmay, xilma-xil yillar ko'rsatilgan hollari ko'p uchraydi. Imom al-Buxoriyning tug'ilgan vaqti (kuni, oyi, yili)ning aniq keltirilishining boisi shundaki, uning o'zini yozishicha, u tug'ilgan vaqt haqida otasi qo'li bilan yozib qo'ygan varaq unga, zamondosh olimlarga yetib kelgan. .
Imom al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, uning tarbiyasi faqat volidasi kafolatida bo'lgan. Bir muncha ulg'ayib aqli raso bo'lgach, uning qalbida islomiy ilmlarga, ayniqsa, Payg'ambar alayhissalomning muborak hadislarini o'rganishga va yodlashga moyillik tobora kuchaya borib, u dastavval Ibn al-Muborak va Vakiy'ning hadislarga oid asarlarini yod oladi.
Imom al-Buxoriyning kotibi, uning asosiy tasnifi "Sahih" asari roviylaridan biri Abu Ja'far Muhammad ibn Abu Hotam al-Varroq shunday deb yozadi: "Al-Buxoriyning: "Hadislarni yod olish ilhomi menga boshlang'ich maktabda o'qiyotganimda kelgan edi", deb aytganini eshitganimda: "O'shanda necha yoshda edingiz?" deb so'radim. U: "O'n yoshda, balki undan ham kichik edim", deb javob bergandi". Bu misoldan ko'rinib turibdiki, Imom al-Buxoriy juda yoshligidan boshlab hadislarni yod olib, bu ilmga alohida zavq-shavq va qiziqish bilan qaragan.
Imom al-Buxoriyning ustozlari haqida gapiradigan bo'lsak, u eng avvalo o'sha paytda Buxoroning taniqli muhaddislaridan sanalgan olim Ad-Doxiliydan hadis ilmidan saboq olgan. Hadislarni o'rganish bo'yicha ushbu olim tashkil etgan to'garak (halqa)ning shuhrati keng tarqalgan bo'lib, uning faoliyati yoyilib ulkan samaralarga erishgan. Kunlardan bir kuni Ad-Doxiliy o'z odaticha hadis ilmidan dars berar edi, Al-Buxoriy ham boshqalar qatori dars tinglab o'tirgan edi. Shunda Ad-Doxiliy bir hadis isnodi haqida gapirib: "Sufyon Abu Zubayrdan, u Ibrohimdan", dedi. Bunga Al-Buxoriy: "Abu Zubayr hech vaqt Ibrohimdan rivoyat qilmagan", dedi va bu bilan u Ad-Doxiliyning bu sanad xususidagi xatodan ogoh qilmoqni istagandi. O'z shogirdining ovozini eshitgan Ad-Doxiliy esa hayratga tushib dag'allik bilan uning so'zini bo'ldi. Shunda Al-Buxoriy o'ta xotirjamlik bilan: "Ustoz, agar ishonmasangiz, asl manbaga qarang", dedi. Ad-Doxiliy manbaga qarab Al-Buxoriy aytgan gapning to'g'riligini e'tirof qilib tan oldi-yu, lekin o'sha hadis sanadini tuzatishni paysalga soldi.Insof yuzasidan yoki uni sinab ko'rish uchunmi, xullas, sanadni tuzatish masalasini Al-Buxoriyning o'ziga tashladi. Tashqariga chiqishgach, Al-Buxoriydan: "E bola, bu yog'i endi qanday bo'ladi?" deb so'radi. Al-Buxoriy esa o'ylamasdan shunday javob qildi: "Zubayr ibn Adiy Ibrohimdan rivoyat qilgan". Shundan keyin u (Ad-Doxiliy) qalam olib yozganini tuzatdi va "Sen haqsan", dedi. Al-Buxoriyning aytishicha, bu vaqtda u atigi o'n bir yoshda bo'lgan. Manbalarda keltirilishicha, Al-Buxoriyga o'n yoshidan boshlab hadislarni yod olish ilhomi nasib etib, yoshi ulg'aygan sari bu rag'bati tobora kuchayib ziyoda bo'lib borgan, u nafaqat hadislarni shunchaki yod olish, balki unda yoshligidan boshlab hadislarni sahih (to'g'ri, ishonchli) va g'ayri sahihlarga (xato, noto'g'ri) ajratish, ularning illatlarini aniqlash, hadis roviylarini o'rganib tahqiq qilish, ular rivoyatining adolatliligi, to'g'riligi, ishonchli yoki ishonchsizligi, roviylarning maishiy hayotlari, yashash joylari, tug'ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan o'zaro qilgan muloqotlari, (turli roviylar keltirgan hadislarni bir-biriga solishtirib muqoyasa qilish, ularning bir-birlari bilan o'zaro bog'liqligi va bir-biriga bog'liq bo'lmay uzilishlar bor holatlari, hadis ilmining xilma-xil va eng yuqori nuqtalariga yetishish, uning turli masalalarini chuqur tahqiq etish, ularni ja'mlash va Qur'oni karim oyatlari bilan uzviy bog'liqlikda o'rganish kabi masalalar bilan qiziqdi. Agar muxtasar holda xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bu masalalar bilan Imom al-Buxoriy yoshligidan boshlab alohida ishtiyoq va mehr bilan astoydil shug'ullanib, bu oliyjanob ishlar uning butun fikri-zikrini batamom chulg'ab, uning dilida kundan-kun kuchayib tobora mustahkamlanib boradi.
Hadisshunoslikda yana bir muhim fan bo'lgan illatli hadislarni aniqlash g'oyatda mas'uliyatli va murakkab ishlardan hisoblanadi. Hadis ilmiga oid barcha tartibot va uslublarni mukammal bilish bilan bir qatorda roviylarning tug'ilgan va vafot etgan vaqtlari, ushbu hadisni kimdan eshitib, kimdan rivoyat qilayotgani, eshitgan ibora va alfozlarining aniqligini to'la-to'kis egallagan bo'lishligi kerak. Shu boisdan ham muhaddislarning ko'pchiligi bu masalalarni to'la-to'kis egallash hadis ilmida eng yirik muammo va ayni vaqtda o'ta sharafli mas'uliyat deb hisoblaydilar. Hadisni yodlab, ularni mukammal idrok qilgan va ulkan tajribaga ega bo'lganlargina, hadislar xususida uzil-kesil gapirishga haqlari bo'lganlardan faqat Ali ibn al-Madiyniy, Yaqub ibn Shayba, Ahmad ibn Hanbal, Al-Buxoriy, Abu Hotam, Abu Zur'a, Ad-Doraqutniy va ularga ergashgan bir necha muhaddislar ushbu yuksak maqomga sazovor, degan fikrni olg'a suradilar. Bu o'rinda Ali ibn al-Madiyniyning quyidagi so'zlarini keltirish illatli hadislarni qanchalik qiyin va murakkab ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz: "Mening o'zim bilgan bir hadisning illatini aniqlashdan ko'ra yangi, men bilmagan yigirmata hadis yozib olishim men uchun osondir". Darhaqiqat, hadislarda garchand zohiran o'zaro bog'liqlik bo'lsa-da, isnodi jihatidan dastlabki roviyga bekamu-ko'st yetkazish yoki uzilish bilan yetkazish yoki bir hadis iboralarini ikkinchi bir hadis so'zlari bilan aralashtirib yuborish yoki bo'lmasa, roviylardan birining nuqsonini aniqlash juda qiyin va mashaqqatli vazifadir. Mana shu zayldagi to'liq imkoniyatga va har tomonlama mukammal axborotga ega bo'lmaganlar, tabiiyki, hadis ilmida biror yutuqqa erishishi amri mahol edi. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, Imom al-Buxoriy mukammal egallagan buyuk san'atlardan biri bu illatli hadislarni aniqlash san'ati bo'lgan. Imom al-Buxoriyning zamondoshi bo'lgan olim Al-Hofiz Ahmad ibn Hamdun bunday degan: "Usmon ibn Abu Sa'iyd ibn Marvonning janozasi paytida Muhammad ibn Yah'ya az-Zuhliy Al-Buxoriydan roviylar ismlari va illatli hadislar haqida savol so'raganida Al-Buxoriy go'yoki "Qul huva ollohu ahad..."ni yoddan o'qiyotgandek, merganning bexato o'qi misoli to'g'ri javob qilganini ko'rgandim". Mavridi kelganda shuni aytish kerakki, mana shu davrda, ya'ni IX asrda Nishopurda ilm-fan, ayniqsa, hadis ilmi nihoyatda taraqqiy qilib, unda Imom al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Imom at-Termiziy va boshqa birqancha buyuk muhaddislar yig'ilgan bo'lib, ular shaharda faoliyat ko'rsatadigan madrasalarda hadis ilmidan dars berardilar. Bu buyuk muhaddislar oralarida ilmiy munozaralar va bahslar juda ko'p bo'lgan. Imom al-Buxoriy hadis sohasidagi o'z ilmi va salohiyati, ayniqsa, illatli hadislarni aniqlash mahorati bilan barchani qoyil qoldirgan, muhaddislarning hammasi unga bir ovozdan tan bergan. Imom al-Buxoriy masjidlarda, ommaviy ilmiy yig'inlarda ham ishtirok etgan. Uning chuqur bilimiga tan berib, o'z davrining mashhur muhaddislaridan biri sanalgan Muslim ibn al-Hajjoj Imom al-Buxoriyga o'z samimiy munosabatlarini bildirib: "Sizni faqat hasadgo'ylargina ko'ra olmaydi. Mening iymonim komilki, sizdek buyuk olim jumlai-jahonda yo'q", deb hitob qilgan.
Imom al-Buxoriyning illatli hadislarni bilishdagi benazir mahorati, mukammal ilmi va qobiliyati haqida uning zamondoshlari ko'p qimmatli fikrlarni bildirganlar. Illatli hadislarga atab maxsus asar yozgan Imom at-Termiziy o'z asari "Kitob al-Ilal"da: "Hadislar, roviylar, ular tarixlaridagi illatlar xususidagi fikrlarim Imom al-Buxoriyning "Kitob at-Tarix" asaridan foydalanganlarim, ulardan yana ko'prog'ini Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy bilan qilgan ilmiy munozaralarim paytida olganman, shuningdek, Abdulloh ibn Abdurrahmon, Abu Zur'adan ham foydalandim-u, lekin baribir ko'prog'i Muhammad al-Buxoriydan, kamrog'i esa Abdulloh bilan Abu Zur'adandir", deb ta'kidlagan. Yana Imom at-Termiziy: Illatli hadislarni va isnodlarni aniq bilishda Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydan ko'ra ustun bo'lgan birorta olimni ko'rmadim", deb qayd qilgan.
Imom al-Buxoriy ishtirok etgan ilmiy majlislarning birida o'z zamonasining yetuk olimlaridan sanalgan Al-Faryobiy sanadi quyidagicha bo'lgan bir hadis haqida gapirib: "Sufyon Abu Urvadan, u Abul Xattobdan, u Abu Hamzadan", dedi. Majlisda hozir bo'lganlarning birortasi ham Sufyondan boshqalarining kim bo'lganligini aniq bilmadi, chunki bu o'rinda ularning faqat kunyalari (Abul Xattob, Abu Hamza) aytilgan edi. Shunda Muhammad al-Buxoriy vazminlik bilan: "Abu Urva - bu Muammar ibn Roshid, Abul Xattob esa Qatoda ibn Daoma, Abu Hamza Anas ibn Molikdir. Buyuklarning ishlari inqilobiy tusda ulug'vor bo'lganligi uchun ham ular faqat kunyalari bilan aytilganlar", dedi. Hadis rivoyatidagi noqislik va ularning to'g'riligiga ishonch hosil qilish masalalari sahobalar davridan boshlanib, o'sha paytdanoq hadislarni yozib olishda unga alohida e'tibor berilgan. Chunonchi, sahobalarning o'zlari rivoyat qilgan hadislarda ham illatli hadislar uchragan hollari aniqlangan edi.Payg'ambar vafotlaridan keyin vaqt jihatidan muddat kam o'tganligi, hadislarni naql qilishda vositalarning ozligi tufayli boshda unga ehtiyoj unchalik katta bo'lmagandi.Rivoyatda ishtirokchilar soni ko'payib, vaqt o'ta borgan sari roviylarning illatini aniqlash masalasiga yanada zarurat kuchaydi.Hadis ilmida ham, muhaddislar orasida ham bu masala muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Hadis roviylariga nisbatan alohida diqqat-e'tibor, chuqur munosabat bilan qaralib, har xil uslub-u qoidalar yaratildi, masalan, qaysi holatlarda zamondoshlarning illati qabul qilinmaydi, qaysi bir holatlarda qabul qilinadi kabi aniq yo'l-yo'riqlar ishlab chiqildi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, hadislarda illat masalasi muhim ahamiyat kasb etib, u bilan shug'ullanadiganlardan o'ta diyonatli va taqvodorlik, qobiliyat talab qilinadi. Imom al-Buxoriy bu sohada o'ziga asosiy dasturul-amal qilib olgan ehtiyotkorlik maslagi u diyonat, iymon-ixlos va xudojo'ylikda yuksak darajaga erishganligini ko'rsatadi.
Illatli hadislar haqidagi Imom al-Buxoriyning mulohazalari juda mutavoze' va odob-axloq yuzasidan bo'lib, "uni shunday qoldirganlar" (tarakahu), "u tashlab ketilgan" (matruk), "tushirib qoldirilgan"(soqit), "bu haqda o'zgacha bir fikr-mulohaza ham bor", "bu xususda avval o'tganlar hech narsa demaganlar" va shunga o'xshash beozor, oddiy va samimiy iboralardan tashkil topgan. Juda kamdan-kam hollarda Imom al-Buxoriy biron odamga nisbatan "u ichidan o'ylab chiqqan" yoki "kazzob", demasdi, illatli hadislar masalasida Al-Buxoriy ishlatgan eng qattiq ayblov "hadisning inkor qiluvchi" ("munkir al-hadis"), degan ibora bo'lardi. Hadis ilmida shu qoida odat tusiga kirdiki, agar Imom al-Buxoriy biron roviy haqida "u munkir al-hadis", desa, undan hech vaqt hadis rivoyat qilinmasdi. Bu xususda Ibn al-Qatton Imom al-Buxoriyning ushbu so'zlarini keltiradi:"U (Al-Buxoriy) unga har qanday kishi haqida u munkir al-hadis", degan bo'lsa, tamom, undan hech vaqt hadis rivoyat qilinmaydi", degan.
Imom al-Buxoriy ustozlarining soni ko'p bo'lib, ulardan birining ismi "Musaddid" (lug'aviy ma'nosi "to'g'ri yo'lga boshlovchi") edi. Al-Buxoriy unga qattiq ishonib: "Musaddid - o'z ismiga monand to'g'ri yo'lga boshlovchidir. Kitoblarim o'zimda bo'ladimi yoki unda bo'ladimi, menga farqi yo'q", deb doimo takrorlar edi.Ushbu ta'kiddan ayon bo'layotirki, Imom al-Buxoriy o'z kitoblarining muhofazasiga alohida ahamiyat bergan.U bu masalaga bamisoli hadis rivoyatiga e'tibor bergandek alohida e'tibor bilan qaragan.Shuningdek, ular qanday odamlarning qo'lida saqlanishiga ham jiddiy qaragan.O'z kitoblarini har qanday kimsaning qo'liga tushib qolishiga befarq qaramagan.
Imom al-Buxoriy o'zining butun faoliyati davomida ham ilmiy, imkoni bo'lsa, moddiy jihatidan odamlarga, ya'ni Allohning bandalariga biror naf yetkazishni o'zining asosiy maqsadi qilib qo'ygan edi.U doimo ilm ahllari-yu, ilm toliblariga, hatto ustozlar (ash-shuyuh) va muhaddislarga ham moddiy yordam ko'rsatardi. Tijorat qilganda har safar o'zi ko'rayotgan oylik daromadidan, ya'ni foydasidan besh yuz dirhamni faqiru miskinlarga, ilm toliblariga sarflardi. Tolibi ilmlarga ma'lum mablag'lar (maoshlar) ajratib, ularni alohida qiziqish, zavq-shavq bilan Payg'ambar alayhissalom ilmlarini (hadisi shariflarini) o'rganishga rag'batlantirardi, ahli ilmga nisbatan g'oyatda ko'p ehson ko'rsatardi. Ayni vaqtda Imom al-Buxoriy o'z shaxsiy hayotida, yeyish-ichishda va kiyinishda sira ham ortiqcha dabdaba va behuda sarfu-xarajatlarga yo'l qo'ymasdi, sabr-toqat va qanoat, chidamlilik uning uchun odat tusidagi tabiiy bir hol edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |