TOG’AY MUROD QISSALARI
(sinov testi)
“Uning ijod stoli ustida tugallanmagan qator asarlarning, tarjimalarning qo‘lyozmalari qoldi. Shunday bo‘lsa-da, yozuvchi yaratib, xalqiga yetkazishga ulgurgan ajoyib asarlari bois uning nomi va ishi kelgusi avlodlar qalbida ham aks sado berishi shubhasizdir”. Ushbu fikrlar qaysi ijodkorning ijodiy faoliyatiga berilgan baho?
A) X. Do’smuhammad B) Sh. Xolmirzayev
C) T. Murod D) E. A’zamov
Tog‘ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko‘rsatgan dastlabki yirik asarini aniqlang.
A) “Otamdan qolgan dalalar” romani
B) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi
C) “Ot kishnagan oqshom” qissasi
D) “Oydinda yurgan odamlar” qissasi
“Ot kishnagan oqshom” qissasi haqidagi noto’g’ri ma’lumotni toping.
A) bu asarda “sovet kishisi” tabiatiga xos bo‘lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ochib berilgan.
B) mazkur qissa oxiri “umidbaxsh sadolar bilan” tugamasligi jihatidan ham ajralib turardi.
C) uning so‘ngida qahramon o‘zining sevimli, vafodor va bir umrga sadoqatli otidan najot tilaydi.
D) mazkur asarda tarixiy qadriyat - kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomala- munosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olingan.
“Tog’ay Murod qissalari sof milliy o’zbek qissalari. Tog’ay Murod qissalarida tasvirlangan odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o’zbekligi bilinib turadi…”
Ijodkorning qissalari haqidagi ushbu ta’rif kimga tegishli?
A) Said Ahmad B) Abdulla Oripov C) Tohir Malik D) Erkin Vohidov
“Birodarlar o’zi bo’z ot qanday bo’ladi? Surpday oppoq bo’ladi. Bordiyu ajdodida bo’lsa, to’qqizga to’lganda tarlon bo’ladi. To’qqiz yoshida Bo’zning badanida xolday-xolday qora donalar paydo bo’ladi. Shundan boshlab u bo’z emas, Tarlon bo’ladi…” Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
A) “Otamdan qolgan dalalar” romanidan
B) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasidan
C) “Ot kishnagan oqshom” qissasidan
D) “Oydinda yurgan odamlar” qissasidan
Tog’ay Murodning qaysi qissasida o’z yo’lidan adashib, oyog’i yerdan uzilib, g’arb adabiyoti soyasi bo’lib qolgan ijodkorlarning tipik obrazi taratilgan?
A) “Momo yer qo’shig’i” qissasida
B) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida
C) “Ot kishnagan oqshom” qissasida
D) “Oydinda yurgan odamlar” qissasida
“…Farzandlar o’zlari minayotgan mashinaga o’xshaydi, farzand kim? Mashina kim? Anglab bo’lmay qoldi…” Ushbu gaplar “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida kimning tilidan aytilgan?
A) Nasim B) Bo’ri polvon
C) Nabi D) Rais
Qissada buyuk muhabbat tuyg’usi bilan bir-biriga mangu bog‘langan bu go‘zal insonlarning butun hayot yo‘li oydinda aytilgan qo‘shiqday tarannum etiladi. “Oydinda yurgan odamlar” qissasining go’zal insonlar deya ta’riflangan qahramonlarini toping.
A) Fotima va Abdulla
B) Ziyodulla va Tarlon
C) Qoplonbek va Oymomo
D) Nasim va Momoqiz
“Yo’g’on cho’zulguncha ingichka uziladi” ushbu maqol qaysi asarlarda uchraydi?
1) «Bemor» hikoya; 2) «Shum bola» qissa;
3) «O’g’ri» hikoyasi; 4) «Kecha va kunduz» roman; 5) «Yulduzlar mangu yonadi» qissa;
6 «Sariq devni minib» roman.
A) 1,3,5 B) 1,3,4 C) 1,2,5 D) 1,2,4
So’fi Olloyorning tarkidunyo qilishi, Vahshimorning ilonlardan tozalashi va Qorabuloqning paydo bo’lishi haqidagi voqealar qaysi asarda uchraydi?
A) “Momo yer qo’shig’i” qissasida
B) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida
C) “Ot kishnagan oqshom” qissasida
D) “Oydinda yurgan odamlar” qissasida
“Birodarlar, mashina deganlari temir! Joni yo’q! Joni yo’q temir odamga el bo’lmaydi! Temirning yuragi yo’qda!” Ushbu tasvir qaysi asada keltirilgan?
A) “Yulduzlar mangu yonadi”
B) “Shum bola”
C) “Ot kishnagan oqshom”
D) “Bemor”
“Yulduzlar mangu yonadi” asaridagi voqelar kimning uyidagi to’yda bo’lib o’tadi?
A) Nabi B) Turdiboy
C) Zulfiqor D) Qurbon
Said Ahmad Tog’ay Murodning qaysi asariga “Muhabbat qo’shig’i” , doston deya ta’rif beradi?
A) “Momo yer qo’shig’i” qissasiga
B) “Oydinda yurgan odamlar” qissasiga
C) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasiga
D) “Ot kishnagan oqshom” qissasiga
“Behad xushro‘ylikni ato etgan ona tabiat, afsuski, uni farzand ne’matidan bebahra qilgandi. Ular umrbod mana shu ne’mat ilinjida yashashadi. Farzand sog‘inchi shu qadar kuchli ediki, yoshi o‘tib, keksayib qolganda qo‘shni kelinning beshikdagi bolasini ovutib o‘tirar ekan, qup-quruq ko‘ksiga birdan sut keladi. U so‘nggi nafasidagina onalik baxtidan bir lahza totinadi-yu, dunyodan ko‘z yumadi... “ Ushbu qahramonni aniqlang.
A) Momoqiz B) Oymomo
C) Badia D) Zebi
“Biz polvonlik maktabida o‘qimadik. Polvonlik bizga ota meros. Pushtdan pushtga, qondan qonga o‘tib kelyapti…” Ushbu fikrlar qaysi qahramonga tegishli?
A) Ziyodilla B) Qoplonbek
C) Bo’ri polvon D) Ismoil polvon
Qaysi qahramon aqlli va til-zabonli, kiyim-boshi ozoda va o‘zicha madaniyatli kimsalar uni urib o‘ldirishga chog‘langanda, o‘zining sevimli, vafodor va bir umrga sadoqatli otidan najot tilaydi?
A) Qoplonbek B) Dehqonqul
C) Ziyodilla D) Bo’ri polvon
“Yulduzlar mangu yonadi” asarida yorug’ yulduz deya qaysi personaj ta’riflangan.
A) Nasim B) Ismoil
C) Abray D) Bo’ri polvon
Esli molim, oqilim, churiya-chur-ey
Yelkamdagi kokilim, churiya-chur-ey
Ushbu xalq qo’shig’i qaysi asarda uchraydi?
A) “Shum bola” qissa;
B) “O’g’ri” hikoya;
C)”Oydinda yurgan odamlar” qissa
D) “Yulduzlar mangu yonadi” qissa;
“Oydinda yurgan odamlar” qissasida Qoplonbek farzand ko’rsa, o’g’il bo’ladi, o’g’lining ismini nima deb qo’ymoqqa niyat qiladi?
A) Xushvaqt B) Umid
C) Nasib D) O’lmas
“Yulduzlar mangu yonadi” asarida suyaklari davrada qotgan deya kim ta’rfilangan?
A) Nasim B) Ismoil
C) Abray D) Bo’ri polvon
JAVOBLAR
1. C 11. C
2. B 12. C
3. D 13. B
4. A 14. B
5. C 15. C
6. A 16. C
7. B 17. D
8. C 18. D
9. C 19. A
10. D 20. D