Ro`l o‘ynash. Ro`l o‘ynash asosida hamisha ziddiyatli vaziyat ѐtadi. Ta’lim oluvchilar o‘yin elementlari orqali savollar tuzishga, savollarga javob berishga, ularda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini mustaqil, mantiqan og‘zaki bayon etishga o‘rgatish, ta’lim oluvchining dunyo qarashini kengaytirish, turli mavzulardagi bilimlarini kengaytirish, notiqlik san’ati elementlari bilan tanishtirish va uni rivojlantirish, yakka va guruhlarda ishlashga imkon yaratish. - Ro`l o‘ynash. Ro`l o‘ynash asosida hamisha ziddiyatli vaziyat ѐtadi. Ta’lim oluvchilar o‘yin elementlari orqali savollar tuzishga, savollarga javob berishga, ularda mustaqil fikrlash, o‘z fikrini mustaqil, mantiqan og‘zaki bayon etishga o‘rgatish, ta’lim oluvchining dunyo qarashini kengaytirish, turli mavzulardagi bilimlarini kengaytirish, notiqlik san’ati elementlari bilan tanishtirish va uni rivojlantirish, yakka va guruhlarda ishlashga imkon yaratish.
- Bundan tashqari mashqlar yordamida kasbiy faoliyatni amalga oshirish va ishlab chiqarish jarayonida individual topshiriqlarni bajarish usullari ham keng qo‘llaniladi.
Modul tizimi asosida o‘qitish. Kasbga o‘rgatishning modul tizimi mohiyati shundan iboratki, ta’lim oluvchilar ta’limning alohida birlik- modullarini izchil holda ketma-ket o‘zlashtiradilar. - Modul tizimi asosida o‘qitish. Kasbga o‘rgatishning modul tizimi mohiyati shundan iboratki, ta’lim oluvchilar ta’limning alohida birlik- modullarini izchil holda ketma-ket o‘zlashtiradilar.
- Modul algoritm asosida ko‘riladi va quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: aniq maqsad, nazariy bilim, amaliy mashg‘ulot, uslubiy ko‘rsatma, yo‘l- yo‘riqlar, nazorat, o‘zlashtirilgan bilim va malakani baholash.
- Modul birliklari mehnat faoliyati asosida ishlab chiqiladi va kasbga oid o‘quv elementlaridan tashkil topadi. U bir necha o‘n va hatto bir necha yuz birliklaridan iborat bo‘lishi mumkin. Ularning soni u yoki bu kasb mehnati mazmuni bilan belgilanadi.
- Ta’limda modul tizimini qo‘llash eski modul birligi o‘rniga tezda yangisini ishlab chiqish va amalda qo‘llash imkonini beradi. Bunda katta hajmdagi darslik materiallarini o‘zlashtirishga xojat qolmaydi, ya’ni ta’lim jarayonida ma’lumotnoma xarakteridagi materiallardan foydalaniladi.
Mavzu yuzasidan savollar: - To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish da qanday usullardan foydalanish mumkin?
- To‘garak mashg‘ulotlarini samaradorligini oshirishdagi zamonaviy usul, metod va shakllarni aytib o‘ting.
- Qanday trening turlarini bilasiz?
- Interfaol metodlarni sanab o‘ting?
- An’anaviy va noan’anaviy metodlarning farqlari nimada?
- O‘yin usullariga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |