5-qadam. 3-4-qadamlar takrorlanadi.
Yana 25 daqiqaga taymer qo’yiladi
va ishlanadi. Vaqt tugaganidan so’ng, yana 5 daqiqa dam olinadi. 1 soat tinmasdan
ishlagandan ko’ra, 2 ta pomidor ishlagan afzalroq.
To’xtovsiz 4 ta pomidordan keyin
katta tanaffus qilinadi, ya’ni 1-2 soat dam olinadi. Chunki bunda miyamiz ancha
toliqqan bo’ladi.
Pomidor usuli orqali FIKni, ya’ni foydali
ish
koeffitsiyentini
bir
necha
barobarga
oshirishingiz mumkin. Bir kunda o’rtacha 8-10
tagacha pamidor bilan ishlashingiz mumkin.
Pomidor usulini har qanday ishga nisbatan
qo’llasa bo’ladi. Misol uchun; uy tozalash, dars
qilish, kitob o’qish, hatto kinoni ham pamidorlarga bo’lib ko’rsangiz boladi.
Ushbu metodni qo’llaganingizdan so’ng hayolingizga bir savol kelishi tabiiy,
metodning nomi nega aynan pomidor? Chirillo ishlayotganda onasining pomidor
ko’rinishidagi taymerini ishlatar edi va usulga ham pomidor deb nom qo’yib
qoyvergan. Bu usul vaqtni bloklarga ajratishdan iborat.
Pomidor usuli nima ekanligini tushunib olganingizdan so’ng, uni siz xorijiy
so’zlarni eslab qolish uchun ishlatishingiz mumkin bo’ladi.
Ana endi yodlashingiz kerak bo’lgan barcha so’zlarni tayyorlab oling.
Tahminan 50 tacha so’z kerak bo’ladi. So’zlarni o’zingiz yodlashingiz zarur
bo’lganlarini tanlab oling. Ushbu so’zlarning ichida siz tarjimasini bilgan
so’zlaringiz bo’lmasligi zarur.
Pomidor usuli orqali yodlash.
Pomidor taymerni biz 16/9 qilib ishlaymiz. Ya’ni 16 daqiqa mobaynida
xorijiy so’zlarga obrazlar topib bog’laymiz, 16 daqiqada imkon qadar ko’proq so’zni
yodlashga ulgurishingiz zarur. Vaqt 16 daqiqa bo’lganidan so’ng, qolgan 9 daqiqa
mobaynida yodlagan so’zlaringizni qaytarib chiqib mustahkamlab olishingiz zarur.
9 daqiqa ichida yodlagan so’zlaringizni takrorlab chiqqaningizdan so’ng, taymer
tugaydi va siz 5 daqiqa dam olishingiz zarur. Undan so’ng, yodlagan barcha
so’zlaringizni tekshirib chiqasiz. Birinchi tekshirishda xorijiy so’zga qarab turib,
uning tarjimasini topishga urining. Xato chiqqan so’zlarni alohida olib qo’ying,
hamma so’zlarni tekshirib bo’lganingizdan so’ng, xato chiqqan so’zlarni yana bir
bor takrorlab qo’yishingiz zarur. Undan so’ng, so’zlarni o’zbekcha ma’nosiga qarab,
xorijiy so’zni topishga urinishingiz zarur. Bu jarayon tarjimani topishga nisbatan
biroz qiyinlik qiladi. Artikulyatsiyani yaxshi qilgan bo’lsangiz, u holda xorijiy
so’zni eslashingiz osonroq kechadi. Ko’pchilik artikulyatsiyaga e’tibor bermaydi va
shuning hisobiga o’zbekcha so’zga qarab uning xorijiy tildagi talaffuzini esidan
chiqarib qo’yadi. Shuning uchun ovoz chiqarib takrorlashni yodingizdan
ko’tarmang.
Pomidor usulida yodlashda, siz ma’lum miqdordagi so’zlarni emas, balki
ushbu vaqt ichida imkon boricha ko’proq so’zlarni eslab qolishga harakat qiling.
Sababi, siz doim bir xil vaqtda so’z yodlaysiz. Yodlagan so’zlaringizning ko’p yoki
kamligi sizning tezligingiz oshayotgani yoki oshmayotganini ko’rishingizga va uni
nazorat qilishingizga imkon beradi.
Yodlash jarayonini tushunib oldik. Endi uni har kuni bajarishimiz kerakligini
yodimizdan ko’tarmasligimiz zarur. Buni qanday qilib qilish mumkin? Hozir sizga
eng kuchli qurollardan biri, Chek-listni taqdim etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |