Lyoss, gil, muzlagan gruntlarning muhandis-geologik xususiyatlari.
Lyossimongruntlar.
Lyoss gruntlari Ukraina, Markaziy Qrim, Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yida,
Belarusning bir qismida keng tarqalgan. Markaziy Osiyo, Kavkazorti, G‘arbiy
Sibirning keng hududlari ham lyoss gruntlari bilan qoplangan. Osiyoning
aksariyat quruq iqlimli mamlakatlari (Mongoliya, Xitoy, Afg‘oniston, Eron va b.)
tekislik hududlari ham lyoss gruntlaridan tarkib topgan. Lyoss qatlamining
qalinligi bir necha metrdan 20...30 m ga yetadi, ba’zan undan ham ortadi.
Lyoss gruntlari tarkibi, tuzilish va tekstura belgilari, binobarin, mexanik
xossalariga ko‘ra boshqa barcha tog‘ jinslaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Lyoss gruntlarining qattiq zarralari 80...90% ga kvars, dala shpati va ernvchan
minerallardan tarkib topadi. Yiriklik jihatidan qattiq zarralarning 60% gacha,
ba’zan hatto 90% gacha bo‘lgan miqdori changsimon, qolganlari - loyli, oz
qismigina qumli fraksiyalarga kiradi. Granulometrik tarkibi va yumshoqlik soniga
ko‘ra lyoss gruntlari changsimon loyli - qumlar va qumli loylarga kiradi. Lyoss
gruntlarining namligi tabiiy holatda odatda 0,08...0,16 dan oshmaydi, namlik
darajasi Sr<0,5.
Lyossimon gruntlar strukturasi turg‘un bo‘lmagan gruntlar guruhiga kiradi.
Ular namligining oshishi natijasida zarrachalararo bog‘lanishlarning keskin
susayishi va strukturasining buzilishi kuzatiladi. Bu xol poydevor zaminida
joylashgan gruntlarda va ayrim hollarda tabiiy holdagi gruntlarda ham uchraydi.
Struktura buzilishi gruntlarda qo‘shimcha cho‘kish paydo bo‘lishiga olib keladi.
«Lyoss» so‘zini 1923- yil Leonard atama sifatida fanga olib kirdi. Bunday
gruntlar xalqimiz tomonidan uzoq yillardan buyon «sog‘» tuproq deb yuritiladi.
Professor G‘.O.Mavlonov o‘ta cho‘kuvchan gruntlarning muhandis -
geologik xususiyatlarining asosiylari deb quyidagilarni keltiradi:
1 . Sarg‘ish, oq sarg‘ish rangli.
G‘ovakligi 46-59%.
Tarkibida K , Mg tuzlari 5% dan ortiq.
Qum va tosh aralashmalarining holi.
Changsimon zarrachalar (0,05 - 0,01 mm) 50% ko‘p.
Yorilganda tik devorlar hosil qiladi.
Suv ta’sirida cho‘kadi.
Suv o‘tkazuvchanligi yuqori.
Bog‘lovchi moddalar suvda eriydi, iviydi, quriganda mustahkamligi
oshadi.
Suvda eriydigan tuzlari ko‘p. Bunday gruntlar yer kurrasining 13. km maydonini egallagan.
G‘.O.Mavlonovning ta’riflashicha Markaziy Osiyo lyoss va lyossimon
tog‘ jinslarining tarqalishi va minerologik tarkibini aniq misollarda
ko‘rsatgan, ya’ni ular tog‘ yon barg‘irlarida, Mirzacho‘lda, shimoliy Toshkent
hududlarida, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Vaxsh daryosi
vodiylarida va boshqa katta hududlarda keng tarqalgan bo‘lib, har xil
qalinlikka ega. Cho‘kuvchi gruntlar qatlamining qalinligi 5 - 10 metrdan
ortiq bo‘lib, ba’zi yerlarda 30 metrgacha yetadi. Xitoy xududida 450
metrgacha yetadi. Lyoss va shu kabi o‘ta cho‘kuvchan gruntlar struktura
tuzilishining asosiy sabablari ularning struktura bogdanishlarining suvga
chidamliligi va g‘ovaklaming yuqoriligidandir. Ularning paydo bo‘lishi
hozirgacha bahsli hisoblanib kelinmoqda.
O‘ta cho‘kuvchanlikni laboratoriyada kompressiya asbobida aniqlanadi:
= h-zhh У 0,01 (1.1)
Namlanish natijasida gruntlaming mustahkamligi keskin kamayadi, (
va c) ularni 2 toifaga ajratiladi. tur. zaminda tashqi kuch ta’siri ostida va xususiy og‘irligi ta’sirida sodir
bo‘ladigan cho‘kish miqdori 5 sm dan oshmaydi.tur. tashqi yuk va xususiy og‘irligidan sodir bo‘ladigan cho‘kish 5 sm.
dan ortiq.
Tabiiy namlik sharoitida lyoss gruntlari sementatsion bog‘lanishlar
hisobiga ancha mustahkam bo‘ladi va balandligi 10 m gacha va undan ortiq tik
qiyaliklarni ko‘tarib turishga qodir. Lyosslarning namlanishi sementatsion
bog‘lanishlarning erishi va uning makrog‘ovakli teksturasi buzilishiga olib keladi.
Bu gruntning mustahkamligi tez yo‘qolishi, zichlikning ko‘p miqdorda va tez
rivojlanuvchi deformatsiyalanishi - o‘ta cho‘kishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli
lyoss gruntlari o‘ta cho‘kuvchan gruntlar deb ataladi.
Muzlagan va abadiy muzlagan gruntlar. 0°C dan past temperaturada,
odatda, g‘ovakdagi suvning bir qismi qattiq faza - muzga o‘tishi munosabati
bilan gruntlar o‘z xossalarini butunlay o‘zgartiradi.
Barcha turdagi gruntlar, agar ular manfiy temperaturaga ega va tarkibida
muz mavjud bo‘lsa, muzlagan gruntlar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |