jinslar kiradi. Bu cho‘kindilar suv, shamol, muz ko‘chkilari yordamida bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chishi mumkin. Kimyoviy cho‘kindilar (gips,
dolomit, magnezit va boshqalar) tog‘ jinslarining kimyoviy o ‘zgarishlari
natijasida hosil bo‘lib, suv vositasida eritma holda ko‘chgan bo‘ladi.
Orgonogen cho%indilar o ‘simliklar, suv o ‘tlari,
hayvonot dunyosi
chirishidan hosil bo‘i^fen. Ularga bo‘r, chig‘anoqli ohak-tosh, diatomit va
shu kabilar kiradi. Cho‘kindi jinslar nisbatan g ‘ovak strukturali bo‘lishi
sababli mustahkamligi kam, ba’zilari suvda eruvchan (gips, ohak) bo‘ladi.
Cho‘kindi jinslam i hosil
qiluvchi minerallarga kvars, karbonatlar,
giltuproqli minerallar, sulfatlar guruhlari kiradi.
Kvars guruhiga
opal, xalsedon va cho‘kindi kvars kiradi.
Opal (S i0 2 nH20 ) - amorf mineral bo‘lib, tarkibida 2-14 foiz (34
foizgacha) suv bog‘langan. Zichligi 1,9-2,5 g/sm3, qattiqligi 5-6, rangi oq,
sariq, havo rang yoki qora bo‘ladi. Xalsedon (S i0 2) tolasimon yoki yopiq
kristalli kvarstan bo‘lib, oq, kulrang, och sariq, qo‘ng‘ir, yashil ranglidir.
Zichligi 2,6 g/sm3, qattiqligi 6.
Karbonatlar guruhiga
kalsit, dolomit va magnezit kiradi.
Kalsit (C aC 03) rangsiz yoki oq, qo‘shimchalar bo‘lsa, kul rang, sariq,
pushti yoki havo rang mineral bo‘lib, zichligi 2,7 g/sm3, qattiqligi 3.
Dolomit (C aC 03 M gC 03)
rangsiz yoki oq, sarg‘ish va qo‘ng‘ir-rang
mineral. Zichligi 2,8 g/sm3, qattiqligi 3-4. Dolomit magnezial va dolomitli
bog‘lovchilar ishlab chiqarishda xomashyodir. U kesilib bloklar holida va
maydalanib beton uchun yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin.
Magnezit (M gC 03) rangsiz, oq, kulrang, sariq, jigarrang
mineral
bo'lib, zichligi 3,0 g/sm3, qattiqligi 3,5^1,5. M agnezit 1500-1650 °S
kuydirilib, yuqori haroratga bardoshli materiallar va 750-800 °S kuydirilib,
magnezial bog‘lovchi olinadi.
Giltuproq minerallar guruhiga
kaolinit, gidroslyudalar, mont-
morillonitlar kiradi. Kaolinit (Al20 3-2Si02-2H20 ) oq, qo‘ng‘ir
yoki yashil
aralashgan rangli mineral bo‘lib, zichligi 2,6 g/sm3, qattiqligi 1. Kaolinit
dala shpatlari, slyudalar va boshqa silikatlar nurashidan hosil bo‘ladi. U
kaolinli giltuproqlar asosini tashkil qiladi.
Gidrosludalar sluda va dala
shpatlarining yemirilishidan hosil bo‘ladi. Gidrosluda harorat ta’sirida
ko'pchitilganda hajmi 20 marta kattalashadi va hosil bo‘lgan vermikulit
g'ovak jinsi yengil betonga to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Montmorillonit
cho'kindi jinslaming, xususan, giltuproqlaming asosini tashkil qiladi.
21
Sulfatlar guruhiga
gips va angidrit kiradi. Gips (C aS04-2H20 ) oq,
qo‘shimchalar bo‘lsa havorang, sariq, qizil ko‘rinishdagi mine-raldir.
Zichligi 2,3 g/sm3, qattiqligi 2. Gips qurilish va quyma gips bog‘lovchisi
ishlab chiqarishda xomashyodir. Angidrit (CaS04) oq, kulrang, pushti, och
havorang yaltiroq mineral. Zichligi 3,0 g/sm3, qattiqlagi 3 - 3,5, mineral
bog‘lovchi ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: