1. Xususiy mulk huquqining tushunchasi, mazmuni va ahamiyati
Yaqin o ‘tmishimizdan m a’lumki, sho‘ro zamonlarida tuzumning
iqtisodiy negizini sotsialistik mulk tashkil qilib, u ustuvor xususiyatga ega
edi. Fuqarolaming xususiy mulki alohida shaklda bo‘lmasdan, sotsialistik
mulkdan tashkil topadigan mulkning bir ko ‘rinishi deb qaralib kelindi.
Fuqarolar mulki obyektlari chegaralangan edi. Chunki fuqarolar mulki
uning shaxsiy ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan “shaxsiy mulkdan iborat”
deb belgilangan edi. Mulkdor bo ‘lish haqida esa, tasavvur ham qilib
bo im as edi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish va huquqiy davlat qurish ijtimoiy
munosabatlaming huquqiy asoslarini qayta к о ‘rib chiqishni taqazo etdi. Bu
iqtisodiy islohotlar mulkchilik munosabatlari bilan bog'liq bo'lib, u 1990-
yil 31-oktyabrda qabul qilingan “0 ‘zbekiston Respublikasida mulkchilik
to ‘g ‘risida”1gi qonun va unga kiritilgan bir qator o'zgarishlarga asosan
belgilandi.
1 O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida Mulkchilik to,g’risida”gi qonuni // O ’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990 yil, №31-33, 371-modda.
19
Bu Respublika tarixida mulk haqidagi birinchi yaxlit qonun edi.
Ushbu qonun o ‘z davri uchun o ‘ta muhim, progressiv ahamiyatga ega edi
(keyinchalik mulkiy munosabatlaming ayrim jihatlari 0 ‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksida ham normalandi). Har bir davlat,
jamiyat va ayni vaqtda oila, fuqaro uchun ham mulk birinchi moddiy
manba hisoblanadi. Mulkchilik masalasining ijobiy hal qilinishi, ayniqsa,
tegishli qonun hujjatining qabul qilinishi sohadagi bo‘shliqni to‘ldirdi.
Darhaqiqat, boz6r iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulk obyektlari
doirasi ham tabiiy ravishda kengayib boradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining amalga kiritilishi fuqarolar xususiy mulk
huquqining qonuniy asoslarini belgilab berdi. Unda mulk shakllariga ham
aniqlik kiritildi. Jumladan, fuqarolaming mulki “xususiy mulk” deb
belgilanishi diqqatga sazovordir. Xususiy mulk bozor munosabatlarining
tarkib topishi va rivojlanishida, uning uchun zarur b o‘lgan shart-
sharoitlami yaratishda, bu munosabatlarda qatnashuvchi taraflaming
huquq va majburiyatlarini belgiiashda, ulaming xatti harakatlarini tartibga
solishda hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish uchun zarur
bo'lgan huquqiy kafolatlar va choralami belgiiashda o ‘ziga xos muhim
ahamiyatga ega.
Xususiy mulk tashkil topmasdan turib, bozor munosabatlariga o ‘tish
haqida har qanday fikrlar xom hayoldir1. Mamlakatimizda xususiy mulk va
uning asosida vujudga keladigan munosabatlar, u bilan bog‘liq
munosabatlami huquqiy tartibga solish, ulami ishlab chiqishda bir qancha
murakkab muammolami to ‘g ‘ri va izchil hal etish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, 0 ‘zbekiston kuchh huquqiy
demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurishni, bozor munosabatlari orqali
mustahkam moddiy zaminni shakllantirishni va haqiqiy mulkdorlar sinfini
vujudga keltirishni maqsad qildi. Shubhasiz, “bozor munosabatlariga
o ‘tishning asosiy sharti k o ‘p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashish
muhitini shakllantirshning huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlarini vujudga
keltirishdan iborat”2 edi. “Shu sababli iqtisodiy islohotlar birinchi
bosqichining g ‘oyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizimini tugatish
va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga k o ‘p ukladli iqtisodiyotni real
shakllantirishdan iborat”3 bo‘ldi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Xususiy mulk boshqa
mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat
1 H.R.Rahmonqulov, B.A.Ishonov. Fuqarolik holadning yangi talqini // Xalq so’zi, 1993-yil 25-noyabr.
2 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo’lida. -Toshkent: O ’zbekiston, 1995. -45 b.
3 O’sha asarda. -B.45-46.
20
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkdan mahrum
etilishi mumkin” deb ko‘rsatilgan (53-modda, 2-qism). Xususiy mulkning
Asosiy qonunda mustahkamlanishi, uning iqtisodiy bozor munosabatlarida
huquqiy tartibga solinishini belgilaydi hamda uni boshqa mulk shakllari
bilan teng sharoitlarda himoya qilinishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk haqida juda k o ‘plab sivilist olimlar tadqiqot olib
borganlar. Shu o ‘rinda xususiy mulk o ‘zi nima? - degan savol tug'ilishi
tabiiy holdir. Amaldagi fuqarolik qonunchiligiga tayangan holda, xususiy
mulk
xususiy
shaxslarga
tegishli
bo‘lgan,
har
xil
asoslarda
o'zlashtiriladigan mol-mulklar deb tushunish mumkin bo'ladi.
Mol-mulk atamasi cheklangan holda, tor m a’noda sharh qilingan
taqdirda faqat m a’lum
shaxsga tegishli
mulkiy huquqlarlaming
aktivlarinigina (mulkni talab qilish huquqlarinigina) o 'z ichiga oladi. Agar
“mol-mulk”
atamasi keng m a’noda sharhlansa,
shaxsning
faqat
huquqlarigina, ya’ni aktivigina nazarda tutilmay, balki uning uchinchi
shaxs oldida bo'lgan majburiyatlari, ya’ni passivi ham nazarda tutiladi.
Xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar va nodavlat yuridik
shaxslardir (xususiy korxonalar, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari,
kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fond kabilar).
Moddiy boyliklami yakka tartibda o'zlashtirish har xil iqtisodiy
munosabatlar natijasida amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, ishlab
chiqarish natijasida, ya’ni o'zining yoki shirkat egaligidagi ishlab
chiqarish vositalaridan foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulotlami
egallash
(o'zlashtirish):
ikkinchidan,
mulkdoming bevosita ishlab
chiqarish jarayonida ishtirok etmasdan, ishlab chiqarish vositalaridan
foydalanishda yollanma mehnatni jalb etish natijasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlarini
o'zlashtirishi;
uchinchidan,
taqsimlash
yoki
qayta
taqsimlash
jarayonida
o'zlashtirish1
xususiy
mulkning
iqtisodiy
mazmunini beradi.
Xususiy mulk huquqi haqida ba’zi olimlar “xususiy mulk bu
daromad olish maqsadida o 'z mol-mulkiga egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir” deyishsa, boshqa
birlari “xususiy mulk - bu ishlab chiqarish vositalarining xususiy
shaxslarga
tegishli
bo'lishligidir”,
deb
ko'rsatadi.
A.S.Pashkov,
E.A.Suxanov va boshqalaming fikricha xususiy mulk huquqida yollanma
mehnat ham o 'z aksini topishi zarar2.
1 Суханов E.A. Лекции о праве собственности. -М .: Юрид. лит., 1991. -134 с.
2 Пашков А.С. Собственность и труд: правовые аспекты взаимодействия // Государство и право. 1991. №11. -
С.19-28.
21
Xususiy
mulkning
tarixiy
mohiyatidan
va
hozirgi
jahon
mamlakatlarida bo ‘lgan xususiy mulk tushunchalaridan kelib chiqib,
ulaming ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda uni qonunchiligimizga
joriy etdik. Shulami hisobga olib xususiy mulk huquqi deb - xususiy
shaxsning (mulk egasining) ishlab chiqarish jarayonida bevosita va
yollanma mehnatni qo'llashda ishtirok etishi hamda boshqa asoslarda
vujudga keladigan mol-mulk munosabatlarini tartibga soladigan va
mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisi tushuniladi. Bu xususiy
mulk huquqining obyektiv m a’nosini beradi. Ushbu ta’rif xususiy mulk
bilan bog'liq bo'lgan hamma munosabatlami o 'z ichiga qamrab olib,
ulami huquq normalarida mujassamlanganini belgilab beradi. Xususiy
mulk egasi o 'z ishlab chiqarish vositalaridan foydalangan holda ishlab
chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etishi mumkin, ya’ni mulkdor ishlab
chiqarishda jismonan qatnashib, u yoki bu harakatni amalga oshiradi. Bu
uning ishchi, texnik, xodim mutaxassis va boshqa xodimlardan biri bo'lib
ishtirok etishida ko'rinadi. Mulkdoming bilvosita, ya’ni yollanma
mehnatni jalb etish bilan ishlab chiqarishda qatnashishi deganda, o 'z ishlab
chiqarishiga o'zga shaxslar bilan shartnoma yoki kelishuv asosida
yollanma ishchi kuchini jalb etishdi, u yoki bu vositalar bilan ishtirok
etishi tushunilib, u mulk egasining ishlab chiqarishni tashkil qilishida,
ishlab chiqarish vositalariga bo'lgan egaligida har xil moddiy mablag'lar
bilan ishtirokida ko'rinadi.
Xususiy mulkning boshqa huquqiy asoslarda vujudga kelishi
deganda fuqaroning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishidan, meros
olish natijasida har xil bitimlar tuzish asosida va boshqa qonun yo'l
qo'ygan asoslarda vujudga keladigan mol-mulklar tushuniladi. Bu mulkiy
munosabatlami tartibga solish va mustahkamlash huquq normalarida
mujassamlangan bo'lib, ular xususiy mulk huquqini tashkil etadi.
K.A.Ulibkinning ta’kidlashicha, xususiy mulk har bir fuqaroga
yuqori darajada xususiy tadbirkorlik imkoniyatini amalga oshirishni,
o'zida mustaqillik, tirishqoqlik, tavakkalchilikni namoyon etishi zarur.
Bular xususiy mulkning asosiy rivojlanish belgilari bo'lib, ularsiz
taraqqiyot ham bo'lm aydi1.
Shuning uchun fuqarolar o'zlarining mavjud imkoniyatlaridan to'liq
foydalanib,
xususiy
mulk
rivojlanishini
amalda
ko'rsatmoqda.
Shuningdek, xususiy mulk insonlarda iqtisodiy faollik, kuchli qiziqish va
qat’iy javobgarlik hissini uyg'otish xususiyatiga egadir. U iqtisodiy
hayotni rivojlantirishning muhim elementi bo'lib, boqimandalik va
1 Улыбкин К.А. Социалистическая собственность без иллюзий и догм. -М .: Высшая школа, 1990. -60 с.
22
iste’mol holatlariga chek q o ‘yadi. U xususiy mulk egasidan to ‘g ‘ri hisob-
kitob qilishni, jonbozlik k o ‘rsatishni, ertangi kun uchun jon kuydirishni
talab qiladi.
Har bir inson dunyoga kelishi bilan ba’zi hollarda ona qomidan
boshlab xususiy mulk huquqiga ega b o ‘ladi va vafot etgunga qadar bu
huquq
undan
ajralmaydi.
Bu
haqda
O ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasida (36-modda), Fuqarolik kodeksida (577-modda) va
boshqa qonun hujjatlarida k o ‘rsatilishi ham buni tasdiqlaydi.
Hozirgi individual mulk shakllarining taraqqiyoti - xususiy mulk
bilan xarakterlanadi. Bunda huquqiy tartibga solish muhim ahamiyatga ega
b o ‘lib, u mulkiy munosabatlaming tub mohivatini ochib beradi. Xususiy
mulkni yuridik shaklsiz tasavvur etish qiyin. Xususiy mulkda muayyan
mol-mulkning qat’iy kimga tegishliligini, boshqa hech kimga tegishli
emasligini huquqiy ta’minlash zarurdir. Shuning uchun birinchi navbatda
mol-mulkning mulk egasiga qat’iy tegishligini huquqiy mustahkamlash
zarur. Agar bu qonunlarda k o ‘rsatilmasa biror nizo vujudga kelsa, uni hal
etish mumkin bo'lmaydi. Agar bu huquq normalarida o ‘z aksini topsa,
mulkdoming ixtiyoridan tashqari biron yo ‘l bilan ular qo ‘lidan ketganda
uni talab qilib qaytarib olishga haqli b o‘ladi. Bunday huquqiy tizimning
rivojlanishi xususiy rim huquqida dastlab o ‘z aksini topgan edi. Unda
birinchi navbatda mulkdoming ashyoviy huquqlarini qat’iy himoya qilish
mutlaq xarakterga ega edi1.
Fuqarolar xususiy mulk huquqining mazmuni uning yuqorida
berilgan tushunchasidan kelib chiqadi. Unga asosan fuqarolar xususiy
mulki munosabatlarini huquqiy tartibga solishning asosiy vazifasi shundan
iboratki, u har bir fuqaroning o ‘z mol-mulkiga bo'lgan huquqlarini o ‘z
xohishiga ko‘ra amalga oshirishda to'liq erkinliklarga ega b o ‘lish va bu
huquqlar hamda erkinliklami qat’iy himoya qilish bilan bog‘liqdir. Bu
fuqarolar xususiy mulk huquqining mazmunini va mulkdoming asosiy
huquqlarining xarakterini beradi.
Fuqarolar xususiy mulk huquqining mazmunini mulk egasining mol-
mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini
tashkil etadi.
Mulk huquqining mazmunini uchta elementi (huquqdorlik) tashkil
etadi, ular mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
etishdir. Bunday mulk egasining huquqlari bizning qonunchilikka xorijiy
yuridik odatga ko ‘ra kirib kelgan. Huquqdorlik haqida mashhur Napoleon
Kodeksining 554-moddasida “Mulk - bu ashyodan imkoniyati mutlaq
1 Новицкий И.Б. Римское частное право. -М .: 1949. -С.16-17.
23
darajada foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir..,” 1, - deb ko‘rsatilgan.
Bunda mulk huquqining mazmuni elementlaridan biri egalik qilish huquqi
hisobga olinmaydi. Mulkdor mol-mulkka egalik qilmas ekan, o ‘z-o‘zidan
m a’lumki, boshqa huquqlarga ham ega b o ‘la olmaydi. Bunga qo'shimcha
qilib, 1814-yili rus yuristi V.G.Kukolnik “mulkdor ashyoga egalik qilishi,
foydalanishi va uni erkin taqsimlashi (tasarruf etishi) mumkin2, - dedi.
Ushbu fikr qonunchilikda hozirgacha mavjud b o ‘lib, u sobiq Ittifoq
hududida tashkil topgan barcha davlatlar mulk huquqining mazmuniga
asos qilib olingan. Bu huquqiy normalar xususiy huquqning asosini tashkil
etgan.
Musulmon huquqida ham mulk masalasi doimiy diqqat markazda
bo'lgan. Musulmon huquqiga k o ‘ra, mulkdorga quyidagi huquqlar tegishli
bo‘lgan: foydalanish huquqi (manfaat), egalik huquqi (qabz), daromad
olish huquqi (ta’mlik) va tasarruf etish huquqlari3. Unda egalik huquqi
boshqa huquqlardan ustun turgan.
M ulkiy munosabatlami huquqiy tartibga solishning asosiy vazifasi
mulkdoming o ‘z mol-mulkiga nisbatan mutlaq mulkiy huquqini amalga
oshirishni ta’minlashdan iborat.
Bozor munosabatlari tobora rivojlanib borayotgan hozirgi kunda
milliy qonunchiligimiz tizimi o ‘zgardi. Hayotning har qanday sohasida tub
iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda mulkiy
huquqlar ham o ‘zining munosib o'm iga ega. “Mulkchilik to ‘g ‘risida”gi
qonunning 1-moddasida “Mulkdor o'ziga tegishli mulkka o 'z ixtiyoriga
ko 'ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi”, - deb
ko'rsatilganligi diqqatga sazovordir.
Yuqoridagilarga asoslanib, fuqarolar xususiy mulk huquqining
mazmunini fuqarolaming o 'z xohishiga ko 'ra o'ziga tegishli mol-mulkka
xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlari
tashkil etadi. Bu huquq normasi Fuqarolik kodeksida ham mustahkamlab
qo'yilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu holatni quyidagicha izohlash
mumkin: birinchidan, mulk huquqining asl mohiyatini ochib beradi,
ikkinchidan, mulkdorda mol-mulkka nisbatan xo'jayinlik tuyg'usini
mujassamlaydi;
uchinchidan,
mulkdoming
huquqlari
ilgari
qonunlardagidek qat’iy belgilab berilmagan bo'lib, u o 'z mol-mulkidan
o 'z xohishiga qarab har qanday harakatni sodir etishi mumkin.
1 Французский Гражданский кодекс 1804 года. -М .: Юрид. изд, 1941. -153 с.
2 Кукольник В. Начальные основания российского частного гражданского права. -Санкт-Петербург: 1813. -98 с.
3 Ахмеджанов У.М. Институт собственности в мусульманском праве: Автореф. дис. ...канд. юрид. наук. 1963. -
14 с.
24
Mulkdoming huquqlaridan biri egalik qilish huquqi bo‘lib, bu haqda
yuridik adabiyotlarda bir qator fikrlar ilgari surilgan. Egalik qilish huquqi
deganda, shaxsning ashyo ustidan faktik hukmronligi tushuniladi.
Birinchi navbatda “egallash” va “egalik qilish” terminlarining
m a’nosiga e’tibor berishimiz zarur. “Egallash” - bu tazyiq bilan
hukmronlik qilib biror narsani qo‘lga kiritishdir. Eski qonunchilikda bu
so‘z mulkdoming huquqlaridan biri o ‘m ida ishlatilgan edi. 0 ‘sha
davrlarda yuridik adabiyotlarda ham shu so‘z ishlatilgan.
“Egallash” so‘zini mulk egasining huquqlaridan biri sifatida qo'llash
bu huquqning mohiyatini to ‘g ‘ri yoritmaydi. “Egalik qilish” so‘zi biror bir
narsani (mol-mulkni qo‘lida ushlab turish, saqlash m a’nosini beradi.
Shuning uchun “egallash” so ‘zi o ‘m iga “egalik qilish” so ‘zi o ‘rinliroqdir.
Yuqoridagilarga asoslanib, egalik qilish huquqi shaxslaming mol-
mulkni o ‘z qo‘llarida ushlab turish imkoniyati b o ‘lib, uni o 'z x o ‘jaligi
hisobiga kiritadi. Bu tushunchani keng m a’noda berilgan b o ‘lib, u
mulkdoming egalik qilish huquqini to 'liq ochib beradi. Bu birinchidan,
qonun tomonidan berilgan imkoniyatlar qaysi mol-mulklar shaxs egaligida
bo'lishi mumkinligini belgilaydi; ikkinchidan, shu mol-mulklar shaxsning
qo'lida ekanligini ko'rsatib, boshqa shaxslar unga nisbatan begona sifatida
turishi zarur.
M ulk huquqi mazmunining elementi hisoblangan foydalanish huquqi
doirasi bugungi kunda kengaydi. Ilgarigi qonunlarda fuqarolaming shaxsiy
huquqlaridan foydalanishda yollanma mehntani qo'llashga ruxsat
berilmagan bo'lsa, hozirgi amaldagi qonunchilikda fuqarolar o'zlarining
xususiy mulk huquqidan foydalanishda har qanday harakatni amalga
oshirishi mumkinligi, hatto yollanma ishchi kuchini jalb etishga ruxsat
etilishi ko'rsatilgan.
Fuqarolar xususiy mulklaridan bevosita o'zlari yoki boshqa
shaxslarga berib qo'yish bilan foydalanishi mumkin. Ular bu huquqqa
asosan o ‘z mol-mulklari asosida xususiy korxonalar tashkil etishi ham
mumkin. U korxona muassisning mulkidan yuridik shaxs sifatida
foydalanadi va unga shartnomada ko'rsatilgan miqdorda olingan foydadan
foiz to ‘lab turadi.
Fuqarolar xususiy mulk huquqidan foydalanishda mol-mulkni
garovga qo'yishi, ijaraga berishi va boshqa yo'llar bilan uning foydali
xususiyatlarini olishi mumkin. Bunda mol-mulk egasi bo'lm agan shaxs
foydalanishida bo'ladi.
Qonunda tadbirkorlik faoliyatnii amalga oshirishda fuqaro xususiy
mulkidan xohlagan tartibda, faqat atrof-tabiiy muhitga zarar yetkazmasligi,
25
boshqa fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun
bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi sharti bilan, foyda olishni
ko‘zlab, mulkiy javobgarlikni o ‘z zimmasiga olgan holda foydalanishi
ko ‘rsatilgan.
Shuni aytish kerakki, mulkdor nafaqat mulkiy manfaatdorlikni
o ‘ylashi kerak, balki manfaatdorlikning ikkinchi tomoni bo'lgan mol-
mulkni saqlash vazifasiga ham e’tibor berm og'i zarur. U mulkni asrash va
ta’mirlash, davlat solig'ini to'lash, xo'jalik yuritishda unga yetkazilgan
zararlami qoplash uchun qilinadigan sarf-harajatlardan iborat1. U o'z
navbatida qonunlarda mujassamlanishi zarur.
Fuqarolar xususiy mulk huquqining asosiy xususiyatlaridan biri mol-
mulkdan foydalanishda daromad (foyda) olishdir. Mulkdan foydalanish
tartibi to'liq mulkdoming erk-irodasiga bog'liqdir.
Ushbulardan kelib chiqib, foydalanish huquqi - qonunga asoslanib,
mulk egasining erk-irodasi bilan mol-mulk imkoniyati darajasida
ekspluatatsiya qilib, uning foydali xususiyatlarini hamda undan daromad
va hosil olish tushuniladi.
Fuqarolar xususiy mulk huquqi mazmunini asosiy elementlaridan biri
- tasarruf etish huquqidir. Tasarruf etish huquqi deb odatda mulkdoming
ashyoni yuridik taqdirini belgilash imkoniyati tushuniladi. Bunda mulk
egasining mulkni tasarruf etishdagi huquq doirasi to'liq ko'rsatilmasa-da
unga to 'g 'ri tushuncha berilgan. Tasarruf etish huquqining mazmuni
fuqarolar xususiy mulk huquqi mazmuni bilan bog'liq bo'lib, mol-
mulkdan mulkdoming moddiy va m a’naviy ehtiyojini qondirish uchun
foydalaniladi. Shuning uchun tasarruf huquqi foydalanish huquqi bilan
ko'p jihatdan o'zaro bog'langandir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tasarruf etish huquqi mulkdoming o 'z
ixtiyoriga k o'ra mol-mulkning yuridik taqdirini belgilash imkoniyati
bo'lib, u soqit qilish, tashlab yuborish va boshqa usullarda amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |