Jadvallar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
Yakka tartibda ma’lumotlar
bazasi bitta jadvaldan iborat bo'ladi. Lekin, odatda, relyatsion
ma’lumotlar bazasi o'zaro bog'liq jadvallar turkumidan tashkil topadi.
Jadvallar o'rtasidagi bog'liqlikni yuzaga keltirish jadvallarni bog'lash
yoki birlashtirish deb ataladi.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda jadvallar o'rtasida bog'lanish
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yordamida amalga oshiriladi.
Relyatsion m a’lumotlar bazalarida o'zaro bog'langan jadvallardan
tashqari alohida va biror bir jadval bilan bog'lanmagan jadvallar ham
bo'lishi mumkin. Bu ma’lumotlar bazasining relyatsion mohiyatini
o'zgartirmaydi.
15 - R.P. Abduraxmonov, va boshq.
225
Jadvallarni o ‘zaro bog’lash uchun bogianish maydonlari (ba’zida
«o'xshash maydonlar» atamasi) qo'llaniladi. Bogianish maydonlari
albatta indeksli bo'lishi kerak. Bosh jadval bilan bogianish uchun
tobe jadvaldan indeksli maydon olinadli, bu indeksli maydon tashqi
kalit deb ham ataladi.
Mazkur indeksli maydonlarning tarkibi bosh jadvalning indeksli
maydoni tarkibi bilan mos bo'lishi shart.
Jadvallar o'rtasidagi bogianish tobelik munosabati bilan belgi
lanadi, bunda bitta jadval asosiy (master — Master), ikkinchisi esa -
tobe (detal-Detail) bo'ladi. Bogianishning o'zi esa «asosiy
tobe»
yoki «master-datel» deb yuritiladi.
Jadvallar o'rtasida quyidagi bogianish turlari mavjud:
• «birga-bir» bogianish;
• «birga-ко'р» bogianish;
• «ko'pga-bir» bogianish;
• «ko'pga-ko'p» bogianish.
«Birga-bir» bogianish asosiy jadvaldagi bitta yozuvga tobe
jadvaldan bitta yozuv to'g'ri kelishini anglatadi. «Birga-bir» bogianish
odatda ko'p maydonli jadvalning bir necha jadvalga boiishda qo'l
keladi.
Bunday holatda birinchi jadvalda muhim va ko'p foydalaniladigan
axborotlardan iborat maydonlar qoldiriladi, boshqa maydonlar esa
boshqa jadvalga o'tkaziladi.
«Birga-ко'р» bogianish shuni bildiradiki, asosiy jadvaldagi bitta
yozuvga tobe jadvaldan bir necha yozuvlar mos kelishi mumkin.
Bunday bogianish turi axborot tizimlarida tez-tez uchraydi.
«Birga-ко'р» bogianish aksariyat holatlarda m aium otlarning
o'zaro bogiiqligini aks ettiradi, bu jarayon yuqorida bayon qilingan
«tashqi kalit — boshlang'ich kalit» juftligi bilan amalga oshiriladi,
ya’ni boshqa jadvalning boshlang'ich kalitiga ishora qiluvchi tashqi
kalit aniqlanganida ro'y beradi.
«Ko'pga-bir» bogianish turi «birga-ко'р» bogianish turidan faqat
yo'nalishi bilan farq qiladi.
Agar «birga-ко'р» munosabatiga asosiy emas, balki tobe jadval
tomonidan qaraydigan bo'lsak, u holda «ko'pga-bir» munosabatiga
aylanadi.
Asosiy jadvaldagi bitta yozuvga tobe jadvaldan bir nechta yozuvlar
to'g'ri kelganda va ayni paytda tobe jadvaldagi bitta yozuvga asosiy
226
jadvaldan ham bir necha yozuvlar to'g'ri kelsa, bunday holatda
«ko‘pga-ko‘p» bogManish yuzaga keladi.
Bunday munosabat, masalan, ta’lim muassasalarida mashg'u-
lotlami rejalashtirishda ro‘yobga chiqadi va auditoriyalarning raqami
va o‘quv guruhlarining raqamlariga oid ma’lumotlar saqlanadigan
jadvallar o'rtasida amalga oshiriladi.
Bitta o'quv guruhi bir necha auditoriyalarda shug'ullanishi mumkin
boMgani bois o ‘quv guruhiga oid bitta yozuvga (birinchi jadval) shu
guruh mashg‘ulotlar o‘tkazadigan bir necha auditoriyaga oid yozuvlar
to ‘g‘ri kelishi mumkin.
Ayni paytda bitta auditoriyada bir necha o‘quv guruhlari (hatto
bir paytning o'zida) mashg'ulotlar o'tkazishi mumkin, binobarin
auditoriyalarga oid bitta yozuvga o'quv guruhlariga oid bir necha
yozuvlar (ikkinchi jadval) to'g'ri kelishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |