“Tálim sistemasında elektron tálim ortalıǵında
islewdegi mashqalalar hám sheshimler”
привлекательным для них. Для преподавателя - это возможность по-новому взглянуть
на организацию урока (неоценимая помощь в подготовке к занятию), но самое главное,
на мой взгляд, это уникальная возможность увлечь историей.
Литература:
1.Анисимов П.Ф. Инновации в системе среднего профессионального образования / П.Ф.
Анисимов//Федеральное агентство по образованию - М.,2004.
2.Журнал «Преподавание истории в школе» за 2000-2008 гг.
3. Шевченко Н.И. Технологии обучения истории в старшей школе / Методические
рекомендации. М.: Академия АПК и ПРО, 2001.
TARIX DARSLARIDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH
USULLARI
Saparbayev Berdibay- tarix fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot
tumani 38-sonli maktab
Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab
jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bogʻliq umumbashariy jarayonlar yuz bermoqda,
shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy,
ma’naviy, madaniy, diniy me’rosimizni avaylab bilim va koʻnikmalarni yosh avlodga taqdim
etishda, yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shaklalntirishda ta’limning, ayniqsa tarix
fanining ahamiyati kattadir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyundagi
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi
bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori yurtimizda tarix
fani taraqqiyoti va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini
oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri boʻldi. Yangi tarixni xolisona yoritish, tarix
fanini oʻqitish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.
Bu hol umumta’lim maktablarida tarix fani asoslarini oʻrganish oldiga, xususan ushbu
oʻquv fanini oʻqitish mazmuniga va uni qanday oʻqitilishiga, jamiyatimizga kirib kelgan
innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari oldiga katta talablar qoʻydi.
Shunday ekan, oʻquvchilar ongida tarixiy bilimlarni shakllantirishda bugungi kuni
ta`lim tizimiga keng joriy qilingan oʻqitishning interfaol metodlaridan foydalanish katta
ahamiyatga ega [1, Toshpoʻlatov T, G`afforov Ya. 160-161-b]. Bunga asosiy sabab, tarix
darslarida qoʻllanilayotgan metodlar oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oson
oʻzlashtirishiga, tarixiy voqyoalarga mustaqil tarzda oʻz munasabatlarini bildirishga,
voqyoalar ketma-ketligini mantiqiy ketma-ketlikda tushunishga va eslab qolishga, sinxron
tarzda davrlar, hududlar, davlatlardagi boʻlib oʻtgan tarixiy vokyoalarni taqqoslab, chuqurroq
oʻrganishga yordam beradi.
Yuqoridagi fikrlarga tayanib, ushbu maqola tezisimizda tarix fani oʻqituvchilari uchun
dars jarayonida foydalanishga qoʻl keladigan birqator interfaol metodlar va mashqlarni koʻrib
oʻtamiz.
Xronologik boshqotirma metodi
Tarix darslarini oʻqitish jarayonida oʻqituvchi tarixiy sana va voqyoalar bilan ishlashda,
ularni oʻquvchilarga oʻrgatishda muammolarga duch keladi. Ushbu muammolarning bartaraf
etishda fan o‘qituvchilariga Xronologik boshqotirma metodini foydalanishni tavsiya qilamiz.
Shunki ushbu metod tarix darslarida tarixiy sanalar va voqyoalar bilan ishlash, ularni eslab
Qaraqalpaqstan
Respublikası xalıq bılımlendiriw xızmetkerlerin
qayta tayarlaw hám olardıń qánigeligin arttırıw aymaqlıq orayı
192
Do'stlaringiz bilan baham: |