“Tálim sistemasında elektron tálim ortalıǵında
islewdegi mashqalalar hám sheshimler”
ta'lim tizimida maktabdan tashqari ta'lim muassasalari va ularning faoliyati yetakchi o’rin
tutadi. O’zbekistonda maktabdan tashqari ta'lim tizimini rivojlantirishga jiddiy e'tibor
qaratildi. Maktabdan tashqari ta'lim qo’shimcha ta'lim dasturlari asosida o’quvchilarning
mavjud ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqtlari va dam olishlarini tashkil etishga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, u bolalar (o’smirlar) ijodiyot saroylari, uylari,
klublari va markazlari, bolalar va o’smirlar sport maktablari, san'at maktablari,
musiqamaktablari, studiyalar, kutubxonalar hamda sog’lomlashtirish muassasalarida tashkil
etiladi. Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning bugungi kuda dolzarbligi shundaki, birinchi
o’rinda ishsizlikning oldini oladi ya’ni maktab darsligidan tashqari uyda hambiror mashg’ulot
bilan shug’illanishi. Bugungi kunda maktab darsliklari bilan cheklanib qolayotgan
yoshlarimiz bir munchani tashkil etmoqda anashularga o’zlarining qiziqishlariga qarab
mashg’ulotlarga jalb etilsa ana ushanda o’quvchilarning kelajakdakasb tanlashga ham
qiziqishi ortadi va tanlagan kasbining haqiqiy mutaxassisi bo’lib yetishadi. Respublika
uzluksiz ta'lim tizimining muhim va tarkibiy bo’g’inlaridan biri bo’lgan maktabdan tashqari
ta'limni samarali yo’lga qo’yish o’quvchi yoshlarning
. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining metodik ta'minotini yaxshilash, uni sifat
bosqichiga ko’tarish yo’lida ham samarali ishlar amalga oshirildi. Maktabdan tashqari ta'lim
muassasalari pedagoglarining kasbiy mahoratlari oshirildi.
Shu bilan birga Respublika maktabdan tashqari ta'lim tizimini takomillashtirish yo’lida
hal etilishi zarur bo’lgan muammo ham mavjud. Xususan:
- o’quvchilarning maktabdan tashqari ta'limga bo’lgan qiziqishlari va ehtiyojlari darajasi
o’rganilmagan;
- maktabdan tashqari ta'lim mazmuni, uning ta'lim oluvchilar yoshi, ta'lim
muassasasining turi, ijtimoiy-pedagogik faoliyati yo’nalishlari va xususiyatlarini hisobga
olgan holda tizim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mazmun, shakl, metod va
vositalar asoslanmagan;
- mintaqalarda mahalliy xususiyat va o’quvchilarning ta'limiy ehtiyojlarini to’la
qondirish maqsadida maktabdan tashqari ta'lim tizimi yo’nalishlari aniqlanmagan;
- maktabdan tashqari ta'lim tizimiga o’quvchilarni faol jalb etilishiga
erishilmagan;
- turli yo’nalishlar bo’yicha alohida qobiliyat va iqtidorga ega o’quvchilarning
imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga oid pedagogik muammolar hal etilmagan.
Bu muammolarning ijobiy hal etilishi maktabdan tashqari ta'lim muassasalarining har
tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdagi rolini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |