1. Kesish turi bo‘yicha
- ajratish, yuzaki kesish uchun.
2. Vazifasiga ko‘r a
- dastaki, maxsus mashinada kesish uchun.
3. Yonilg‘i turi bo‘yicha
-
atsetilen, atsetilen o‘mida ishlatiladigan
gazlar, suyuq yonilg‘ilarda ishlaydigan keskichlar.
4. Ishlash tamoyili bo‘yicha
- bir xil bosimli, injektorli.
5. Kislorodning bosimi bo‘yicha
-past va yuqori bosimli.
6. Mundshtukning tuzilishiga qarab -
tirqishli, ko‘p soploli
keskichlar.
Sanoat miqyosida ishlatiladigan keskichlaming markalari:
ПГС
-
70, ПГМ
-
70, ПАТ
-
70, ПАО
-70, PA3-70 (quyma keskichlar), P3R
«Plamya»,
РУЗ
-70 «Raketa», «Fakel», «Raketa-1» PM-1000,
РГМ
-
2, РГМ
-
3, РГМ
-5 va hokazolar.
Bundan tashqari, hozirgi vaqtda metallami qirqish uchun turli
ko‘chmas va ko‘chma kesish mashinalaridan keng foydalaniladi.
Bunday mashinalarga «Sputnik-2», «Raduga»,
ПГФ
-2-
67, АШС
-2,
АШС
-
70, СГУ
-61, «Odessa» kabilami misol qilib keltirish mumkin.
Metallami dastaki qirqishda ko‘proq УР
turidagi keskich ishlatiladi (3 - rasm).
Keskichga naycha (1) oraliq kislorod, naycha (2)
oraliq esa atsetilen kiradi. Atsetilen kislorod aralashmasi uchun zamr
bo‘lgan kislorod miqdori ventil (3) bilan, atsetilen miqdori esa ventil
(4) bilan rostlanadi. Ventil (7) kesuvchi kislorod miqdorini rostlash
uchun xizmat qiladi. Yonuvchi aralashma hosil qiladigan atsetilen bilan kislorod
injektor (5) orqali o‘tib, kamerada (6) aralashadi. Hosil
bo‘lgan yonuvchi aralashma mundshtukning (8) teshigi (9) dan chiqadi.
Metallami qirqishda keskichning mundshtugi kesilishi kerak
bo‘lgan yuzadan 3
-6 mm oralqida va yuzaga tik vaziyatda tutiladi.
Elektr - yoy yordamida payvandlash va kesish
Metall buyumlar elektrod yordamida payvandlanganda ionlashgan
gaz va bug1 muhitidan o‘tib turuvchi kuchli elektr razryad elektr yoy
deyiladi (4 - rasm).
5-
rasm, a dan ko‘rinadiki, elektr yoy bevosita elektrod bilan payvandlanuvchi metall
buyumlararo, 5-rasm, b da elektr yoy elektrodlararo va 5-rasm, d da elektr yoy elektrodlararo
va elektrodlar bilan metall buyumlararo payvandlanadi. Masalan, metallarni elektrodlar bilan
elektr yoy yordamida payvandlashda elektr yoy hosil qilish uchun elektrod uchini payvandlanuvchi
metall buyumni payvandlash joyiga qisqa tutashtirib, 3
—
4 mm ga ajratiladi. Qisqa tutashtirilganda
kichik yuzadan katta tok o‘tishida yuzalar o‘ta qizib, bir zumda suyuqlanadi. Bunda
suyuqlanayotgan elektrod uchi elektromagnit, sirt tortish kuchlari va gazlar bosimi
ta’sirida siqilib, ingichka tortilib uziladi.
Bu sharoitda o‘ta qizigan elektrod (katod) yuzidan termoelektron
va avtoelektron emissiyalar ta’sirida ajralayotgan elektronlar juda
katta tezlikda payvandlanuvchi metall (anod) tomon harakatlanib,
oraliq muhitidagi gaz va bug‘, atom va molekulalami bombardimon
qilib, manfiy hamda musbat ionlarga parchalaydi. Manfiy zaryadli
ionlar payvandlanuvchi metall buyum yuziga, musbat zaryadli ionlar
esa elektrod yuziga kelib uriladi, kinetik energiyalari issiqlik va
yorugiik energiyalariga aylanadi. Bunda hosil bo‘lgan yoy barqaror
yonadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ajralayotgan issiqlikning 43% i
katodga, 36% i anodga va qolgani yoy ustuniga taqsimlanadi.
Metall buyumlarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida
dastaki payvandlash. Bu usulda payvandlash oddiyligi va turli metallarni har xil
holatda puxta payvandlashi sababli keng foydalaniladi. Bunda chok sifati,
ish unumdorligi payvandlanuvchi metallar xiliga, rusumiga, turiga,
qalinligiga, payvandlashga tayyorlanganligiga, fazodagi holatiga, tok xiliga,
payvandlash rejimiga, ishchi malakasiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bogiiq.
Metallarni uchma-uch qilib elektr yoy yordamida payvandlashda ularning
qalinligiga ko‘ra payvandlash joylarini qanday tayyorlamoq lozimligi
6-
rasmda ko‘rsatilgan.
Shuni qayd etish joizki, barcha payvandlash ishlari maxsus xonada bajariladi.
Odatda, kichik va o‘rtacha o‘lchamli buyumlarni payvandlash u qadar katta
bo‘lmagan xonada (2500x2000x2100 mm li), tegishli moslamalar bilan jihozlangan,
zarur elektr told keltirilgan, barcha xavfsizlik texnikasi talablari ko‘rilgan quruq va
yorug‘ xonada olib borilmog‘i kerak. Bu xonada portlovchi moddalar, benzin, moyli
idishlar va ishga xalaqit beradigan buyumlar bo‘lmasligi kerak. Ish jarayonida xona
shamollatib turilmog‘i lozim (7
- rasm).
Payvandchining asosiy ish asbobi elektrod tutqich, to‘sqich va boshqalar bo‘ladi.
Elektrod tutqichlar (prujinali, plastinkali, vintli) elektrodni yaxshi tutib, kontakt
beruvchi bo‘lishi hamda elektrodni tez, qulay almashtirish imkonini beradigan,
yengil va ishga qulay yoyllishi kerak. Payvandlashda ishchi metall uchqunlaridan,
yoy ajratayotgan infraqizil va ultrabinafsha nurlardan saqlanish, bostirilayotgan
chokni kuzatish uchun maxsus oynali to‘sqich yoki shlem maskada, brezent korjoma
va qo'lqopda ishlashi shart. Chok sirtida yopishgan shlakni tozalab turish uchun
po‘lat simli cho‘tka, zubila bolg‘acha, chok o‘lchamini kuzatib turishda andoza va
o‘lchov asboblari bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |