Muvozanatning asosiy qonunlari. Haqiqiy muvozanat xolatning asosiy qonunlari avvalambor tajribada o’rnatilgan va undan keyingina termodinamik nuqtai nazardan asoslangan. Muvozanat xolatining tashqi sharoitlarga bog’liq ravishda o’zgarish qonuniyatini 1884 y. le SHatele birinchi bor sifat jixatdan ko’rsatib berdi va uni Braun umumlashtirdi:
Ko’pchilik ximiyaviy protsesslar ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradi, ya‘ni reaktsiya morbatsnida yangi mahsulotlar hosil bo’ladi, so’ngra t, p ta‘sirida dastlabki moddalarga aylanadi. Qaytmas bir tomonlama reaktsiyalarga metallarni kislotada erishi misol bo’la oladi. Masalan: Zn+4HNO3=Zn(NO3)2+2NO+2H2O Qaytar reaktsiyalarga HJ, hosil bo’lishi NH3 sintez reaktsiyalar misol bo’ladi. Muvozanat konstantalari. Reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar kontsentratsiyalarining ko’paytmasiga proportsionaldir: reaksiyada to’g’ri reaksiyaning tezligi A va V moddalarning kontsentratsiyalarining ko’paytmasiga proportsionaldir: yoki (1) k1-to’g’ri reaksiyaning tezlik konstantasi: SAqSVq1 da V1qk1. k1 ning qiymati reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tabiati, temperatura va katalizator bor-yo’qligiga bog’liq, lekin moddalarning kontsentratsiyasiga bog’liq emas. Muvozanat konstantasini Tyomkin va Shvartsman usulida xisoblash Kimyoviy reaksiyalarning muvozanat konstantasini taqribiy xisoblash uchun Temkin va SHvartsman usulidan foydalansa bo’ladi. Bu usulda entropiya va entalpiya larning standart qiymatlaridan foydalanib, standart sharoitdagi izobarik potentsialning yuqori temperaturalardagi o’zgarishi quyidagi tenglamadan topiladi: Muvozanat konstantasini, Nernstning issiqlik teoremasi va Plank postulotiga asoslanib, termodinamik funktsiyalarning standart qiymatlaridan foydalanib xisoblash. Muvozanat konstantasini xisoblash uchun entropiyaning absolyut qiymatlari S0 ni Plank postulotidan aniqlab, (S0 topiladi va reaksiyaning issiqlik effekti (N0 Gess qonunidan aniqlanadi: Nernstning issiqlik teoremasi Termodinamikaning 1 va 2 qonunlarining differentsial tenglamalaridan faqatgina termodinamik funktsiyalarning qanday o’zgarishini xisoblash mumkin, ammo uning absolyut qiymatlarini xisoblab bo’lmaydi. Termodinamik tenglamalarni integrallash natijasida integrallash doimiysi paydo bo’ladi, uni termodinamikaning 2 ta qonuni asosida aniqlab bo’lmaydi. SHu sababli termodinamika qonunlariga qo’shimcha chegaraviy shart qo’yish kerak. Termodinamik tenglamalarning integrallash doimiysini xisoblash yo’lini 1906 yil Nernst o’zining issiqlik teoremasida taklif qilgan. Ushbu usul kimyoviy muvozanat shartlarini topishda ayniqsa katta ahamiyatga egadir.