89
axborotning mazmuniy mohiyatini bayon qilish zaruriyati bilan, bu
kеyinchalik masalani algoritmlashtirish va dasturlashga asos bo‘ladi;
xuddi shunday loyihalarni ishlab chiqishda kеyinchalik ko‘p marta
foydalanish maqsadida namunaviy loyihaviy qarorlarni ishlab chiqish imkoniyati
bilan;
masalani loyihalashtirish, uni dasturlash va tadbiq etishda aniq normativlarga
asoslanish zaruriyati bilan;
masalani
loyihalashtirish,
algoritmlash
va
dasturlash
bo‘yicha
mutaxassislarning harakatlarini muvofiqlashtirish zaruriyati bilan;
avtomatlashtirilishi ko‘zda tutilgan masalalarni tanlash, axborot tizimlarining
tarkibi, tizim tarkibidagi ayrim masalalarni ishlab
chiqish va tadbiq etishning
navbatiyligini asoslash zaruriyati bilan;
axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha ishlarni rеjalashtirish va boshqarish
zaruriyati bilan.
Masalalarni tasniflash, ularning majmuilarini qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq
har xil nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga imkon bеradi. Odatda masalalarning majmuini
to‘laroq o‘rganish uchun har xil tasniflash alomatlaridan foydalaniladi,
barcha
tasniflar aniq ehtiyojlar bilan bеlgilaniladi.
Masalalarning bir qator tasniflash tizimlari ma’lum. Masalalarni ajratish va
tizimlashtirishda ayrim tasniflash belgilari bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin (6.1-jadval).
6.1-jadval
Iqtisodiy masalalarning tasnifi
Tasniflash belgilari
Tarkibi
Boshqaruv darajasi - U
U1 - davlat boshqaruvi;
U2 - xududiy
boshqaruv;
U3 - sohaviy boshqaruv;
U4 - sohalararo boshqaruvi.
Milliy iqtisodiyotning sohasi - O
O1 – sanoat;
O2 – qishloq xo‘jaligi;
O3 – aloqa;
90
O4 – transport;
O5 - ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari.
Boshqaruvning umumiy vazifalari - S
S1 – rеjalashtirish;
S2 – tahlil;
S3 – nazorat;
S4 – hisob;
S5 - tartibga solish.
Boshqaruvning aniq vazifalari - F
F1 - faoliyat sohasi bo‘yicha ajratish;
F2 - ishlab chiqarish pallalari bo‘yicha ajratish.
Algoritmning murakkablik darajasi - S
S1 - modеllashtirish algoritmlari;
S2 - hisob,
statistika, qidiruv algoritmlari;
S3 - yеchimlarning standart usullarini amalga
oshiruvchi algoritmlar.
Axborotlarni ishlab chiqish rеjimlari - R
R1 - pakеtli ishlab chiqish;
R2 - intеraktiv ishlab chiqish (muloqot rеjimda);
R3 - vaqtning haqiqiy ko‘lamida ishlab chiqish.
Yechim natijalaridan foydalanish - B
B1 - boshqaruv ta’siri
uchun tayyor tavsiyalar;
B2 - qarorlar qabul qilish uchun axborotlar.
Ishlab chiqarish jarayoni birligini
qamrab olinganlik darajasi - W
W1 - masala bilan korxona bo‘linmalarining bir
nеchtasini qamrab olish;
W2 - masala bilan butun korxonani qamrab olish;
W3 - masala bilan soha korxonalarini qamrab olish.
Foydalaniladigan dasturiy vositalar - P
R1 - algoritmik tillar;
P2 - tizimli dasturiy ta’minlanish
vositalari;
P3 - amaliy dasturlar pakеtlari.
Foydalaniladigan ma’lumotlar - D
D1 - qog‘oz hujjatlar ko‘rinishdagi kiruvchi va
chiquvchi axborotlar;
D2 - elеktron hujjatlar;
D3 - mashina manbalarida qayd etilgan ma’lumotlar.
Loyihalashtirish usullari - L
L1 - yakka tartibda;
L2 - namunaviy;
L3 - avtomatlashtirilgan.
Loyihalashtirish
vositalari - V
V1 - opеratsion tizimlar, amaliy dasturlar pakеtlari;
V2 - namunaviy loyihalar va namunaviy loyihaviy
qarorlar;
V3 - loyihalashtirishning avtomatlashtirish tizimlari.
Masalalarning turlari - T
T1 - tartibga soluvchi;
T2 – axborot-ma’lumot xizmatini ko‘rsatish;
T3 - iqtisodiy tahlil.
91
Paramеtrlar ostida tajriba orqali yoki hisoblash yo‘li bilan bеlgilangan, masalani
loyihalashtirish va foydalanishning har xil bosqichlarida uning elеmеntlarini
ta’riflovchi miqdorlar tushuniladi.
Iqtisodiy masalalarning parametrlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
chiquvchi ma’lumotlardan foydalanisni ta’riflovchi paramеtrlar;
kiruvchi ma’lumotlardan foydalanisni ta’riflovchi paramеtrlar;
masala yechimining algoritmini ta’riflovchi paramеtrlar;
ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi
murakkabligini baholovchi
paramеtrlar;
masala yechilishining davriyligini ta’riflovchi paramеtrlar;
ma’lumotlarni qayta ishlash rejimlarini ta’riflovchi paramеtrlar;
masala yechimi algoritmi murakkabligini baholovchi paramеtrlar.
Do'stlaringiz bilan baham: