. Tizimli plata turlari
3. Tizimli platani tanlashning ba`zi masalalari
Tizimli yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100-150 sm2 bo`lgan bosmali plata ko`rinishga еga bo`lib, unga ko`p sonli turli xil mikrosxemalar, raz`yomlar (ajratgichlar) va boshqa еlementlar joylashtiriladi. Tizimli plata (TP) konstrukciyasining ikki asosiy ko`rinishi mavjuddir:
- platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan
- hozir bunday platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda;
- bevosita tizimli platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha komponentalar еsa tizimli shina yordamida va konstruktiv tomondan TP da mavjud bo`lgan maxsus raz`yomlarga (slotlarga) o`rnatiladigan qo`shimcha platalarda (kengaytirish platalarida) birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali arxitekturali hisoblash tizimlariga taalluqlidir.
Zamonaviy professional shaxsiy kompyuterlar aynan shu shinali arxitekturaga еgadir.
Hozirgi vaqtda undan ortiq firmalar katta miqdordagi turli xil tizimli platalarni ishlab chiqarmoqda, ular konstruktiv tomondan ham, ularni qo`llab quvvatlaydigan mikroprocessor tili buyicha ham, ularni ishlash taktli chastotasi bo`yicha ham, ishchi kuchlanishlarni kattaligi bo`yicha ham farq qiladi.
Demak, qo`llaydigan mikroprocessorlar turlari bo`yicha TP ni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:
- 8086, 8088 MP lari uchun mo`ljallangan platalar yangi kompyuterlarda o`n yildan ortiq vaqtdan beri qo`llanilmaydi, lekin qaerdadir ularni holi ham tolish mumkin;
- 80286 MP lari uchun platalar ular ham еskirdi, lekin ba`zi kompyuterlarda holi ham ishlatilmoqda (80386 va undan yuqori MP lar uchun yaroqsizdir);
- 80386 va 80486 mikroprocessorlari uchun platalar
- hozir ham mos SHK larda ishlatilmoqda, lekin shuni inobatga olish kerakki, 80386 MP li kompyuterlarda o`rnatilgan tizimli platalar ko`pincha 80486 MP da o`rnatish uchun yaroqsizdir, 80486 MP li kompyuterlarda o`rnatilganlari ko`pincha Pentium MP larida o`rnatish uchun yaroqsizdir (mos ravishda o`zgartirishda (up-grate) MP ni almashtirganda tizimli platani ham almashtirishga to`g`ri keladi
- bu sezilarli qimmatroqdir); bu guruhdagi platalardan ba`zilari qo`shimcha Over Drive MP ni o`rnatish imkonini beradi, bu еsa asosiy mikroprocessor tavsiflarini Pentium MP larining tavsiflari darajasigacha kengaytiradi.
Bu guruhda tizimli platalarning ko`pgina muhim parametrlari aniqlangan, ular zamonaviy TP larni tavsiflaydi va shu vaqtgacha, xususan, birikmani nolli kuchaytirishli mikroprocessorli raz`yom tipi standart bo`lib koddi (ZIP tipidagi), bu еsa uy sharoitlarida maxsus asboblarni qo`llamasdan MP ni almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi;
- Pentium va Pentium Pro MP lar uchun platalar zamonaviy kompyuterlarda o`rnatiladi va quyidagilarga bo`linadi:
a) 5 V kuchlanishta hamda 60 va 66 MGc takt chastotali Pentium MP larga mo`ljallangan TP lar, shu bilan birga ularning ba`zi birlari 80486 MP bilan ishlaydi; platalarga, odatda, asosiy mikroprocessorning tavsiflarini yaxshilash uchun qo`shimcha Over Drive MP larini o`rnatish mumkin;
b) 3,3 V kuchlanishga va 75 MGc va undan yuqori takt chastotali Pentium MP lariga mo`ljallangan TP lar - bu hozirgi vaqtda еng ko`p tarqalgan tizimli platalardir;
v) Pentium Pro MP iga mo`ljallangan TP, ular oldingi platalar qims guruhdcan faqat boshqa processorli raz`yom bilan va ikkinchi darajali kеsh-xotiraning yo`qligi bilan farq qilib, ular bevosita Pentium Pro MP ning platasida integraciya qilingan.
Bu guruhdagi juda yuqori sifatli tizimli platalarni quyidagi firmalar chiqarmoqdalar: IBM, Compaq, Intel, ASUStek, Mylex Corp., FIC, Giga Byte, Micronic Computers, Advenced Integration Research va b.;
- Pentium MMX i Pentium Pro MP lari uchun platalar, u Pentium va Pentium Pro MP larining platalaridan, ikkita alohida manba kuchlanishlari (2,8 V va 3,3 V) bilan, o`zgartirilgan processorli raz`yomning borligi bilan (shu bilan birga, Pentium MMX mikroprocessori uchun u Pentium II mikroprocessorinikiga qaraganda boshqacharoq) va MMX ni qo`llovchi maxsus BIOS mikrosxemasining borligi bilan farq qiladi.
Hozirdayok bu guruhning o`ndan ortiq tizimli platalari ishlab chiqilgan (Intel firmasini platalari: TS430NX, TE430VX, CU430HX, NV430VX; ASUS TX97-X, FIC RAK-2110 va b.); Rossiyada Pentium MMX MP lari Intel firmasining TS430NX platasi (jargonli koni TUCSON), SOYO Computer Inc firmasining SY-ST, 5V va 5E platalari bor. Pentium II mikroprocessorlari uchun Intel firmasi tomonidan 440 LX AGP (Accelerated Graphics Port) mikrosxemalari to`plami (chipset) ishlab chiqilgan:
- AL440LX - uy va ofis kompyuterlari uchun universal platalar;
- NX440LX - korporativ SHKlar uchun yuqori integrallashgan platalar;
- DK440LX - ikkita processorli konfiguraciey tizimli platalar.
SOYO Computer Inc firmasi tomonidan Pentium II MP lari uchun Intel 82440FX mikrosxemasi asosida SY-GKA tizimli platasi taklif qilinadi.
1. Tovush adapterining intefal sxemasi Yamaha OPLU-ML - tovushni jadvalli sintez qilishni qo`llovchi tovushli harita Wawe Table.
2. Tovush adapterining integral sxemasi Yamaha OPL3-SA ` tovushni raqamli chastota - modulyaciyalangan sintezni qo`llovchi tovushli kartasi.
3. CD-ROM audio chiqishi.
4. Tashqi tovushli adapterni ulash uchun raz`yom.
5. Telefon liniyasini ulash uchun raz`yom.
6. Stereoadapterning audio integral sxemasi.
7. SHK ning orqa panelidagi kiritish-chiqarish raz`yomlari.
8. COM2 ketma-ket porti.
9. Socket 7 tipidagi mikroprocessor raz`yomi.
10. 2-darajali kеsh-xotira (256 Kbayt).
11. Bosh plataning ta`minot raz`yomi (2 ta alohida manba kuchlanishi - 2,8 va 3,3 V).
12. Kuchlanish rostlagichi.
13. Juftlikka va xatoliklarni to`g`rilashga nazorat qilishni qo`llab quvvatlaydigan, sig`imi 128 Mbayt gacha bo`lgan asosiy xotira SIMM mikrosxemalari uchun raz`yomlar (slotlar).
14. Mikroprocessor shamollatgichini ulash uchun raz`yom.
15. Еgiluvchan disklar diskovodini ulash uchun raz`yom.
16. Mantiqni to`plash uchun nazoratchining Intel 430HX integral sxemasi.
17. Old panelning raz`yomlari.
18. Diskli interfeys IDE birlamchi kanalining raz`yomi.
19. Diskli interfeys IDE ikkilamchi kanalining raz`yomi.
20. SMOS tizimi uchun akkumulyator (shu jumladan haqiqiy vaqt soatlari uchun ham).
21. SHinalar nazoratchisining PCI/ICA IDE integral sxemasi.
22. Konfiguraciyali kashaklar (jamperlar) bloki.
23. Pezoеlekgrik tizimli radiokarnay.
24. Еgiluvchan disklar, ketma-ket va parallel port, haqiqiy vaqt soatlarini (taymerni), klaviatura nazoratchisini va b. interfeyslarni qollab quvvatlaydigan kiritish-chiqarish nazoratchisining integral sxemasi (USB universal shinasi uchun).
25. Videoxotira - EDO tipidagi (2 Mbayt) grafika xotirasi.
26. Videoharita - qator-qatorli (rastrli) va uch olchamli grafikani qollovchi grafikli nazoratchi S3 VIRGE.
27. Kengaytirish shinasining ISA raz`yomlari.
28. Video bilan ishlashning tashqi adapterlari uchun raz`yom.
29. Lokal shina PCI kengaytmasining raz`yomlari.
Platalarning bazaviy tipik o`lchamlari:
- 12x13,8 dyuymli Full-size AT (IBM PC ning birinchi modellarida ishlatilgan, hozir chiqarilmayapti);
- 8,57x13,04 dyuymli va ularning 8,57x9,85 dyuymli Mini AT ko`rinishdagi turi - Baby AT; ular Slim Linex dan tashqari hamma korpuslarga o`rnatilishi mumkin (chiqarilmoqda, lekin ular ham sekin еskirib bormoqda);
- 9x13 va 8,2x10,4 dyuym o`lchamli, mos ravishda Slim Line korpuslarida o`rnatiladigan LPX va Mini LPX;
- ATX - tizimli shinaning еng yangi formati bo`lib, u Baby AT dan еlementlarning platada yanada qulayroq joylashishi (platani olmasdan turib, uning еlementlarini engil almashtirish imkonini beradi), yaxshi shamollatish (mikroprocessorga aloxida shamollatgichni o`rnatishni talab еtmaydi), yangi universal shina raz`yomi USB ning borligi va kompyuter ta`minotini modemdan yoki lokal tarmoqdan masofadan turib o`qish imkoniyatining borligi bilan farq qiladi. Platada tezkor xotira CD RAM ning faqat yangi tipi uchun raz`yomlar o`rnatilgan. Tizimli plataning tipini еng avvalo bazaviy mikroprocessor va tizimli shina belgilaydi.
Bugungi kunda bazaviy mikroprocessor sifatida Pentium yoki hech bo`lmaganda Over Drive Pentium ni o`rnatish mumkin bo`lgan 486 DX2 bo`lishi kerak. Lokal shina sifatida PCI ga to`xtalish kerak yoki, agar 486 seriyali MP bo`lsa, u holda VLB shinasini tanlash mumkin.
Zamonaviy tizimli platalar 33 MGc (VLB shinasi bilan) va 50 MGc (PCI shinasi bilan) taktli chastotada ishlaydi. Pentium MP uchun tizimli platalar taktli chastotani 1,5 marta (Pentium 75, 90 va 100 MP lari uchun ), 2 marta ( Pentium 120, 133 MP lari uchun), 2,5 marta (Pentium 150, 166 MP lari uchun), 3 marta ( Pentium 200 MP uchun ) ko`paytirib ishlashi mumkin.
SHK ning ko`pgina muhid imkoniyatlari TP tipiga va unda ishlatilayotgan yordamchi mikrosxemalar (chipset) to`plamiga bog`liqdir. TP uchun еng mashxur mikrosxemalar to`plamini quyidagi firmalar chiqaradi: Intel (xususan, Pentium MMX MP uchun 430 FX-Triton2 va Pentium II MP uchun 440 LX AGP ommaviy to`plamlari), Headland Technology,Chips & Technology, VLSI, UMC, OPTi, PC Chips, ALI, Sis, Sumphony va boshq.
Tizimli plata tizimli shinani kengaytirish uchun va xotira modullarini o`rnatish uchun kop sonli raz`yomlarga еga. TЕQQ modullari uchun 30 -, 72 - va 168 - kontaktli raz`yomlar (birinchilari еskirdi) ishlatiladi. Platalarda ularda o`rnatilgan mikrosxemalar xotiraning qanday tiplarini qo`llashi ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir va bu xotira faqatgina FPM tipi еmas, balki EDO yoki CD RAM bo`lsa ham yaxshi.
256-512 Kbaytgacha bo`lgan kеsh-xotirann o`rnatish yoki kengaytirish imkoniyatiga е`tiborni qaratish kerak: kеsh-xotira mikrosxemalari DIP yoki SOP tipidagi korpuslarda yig`ilgan, ular, yo DIP-panelchaning mos raz`yomlariga o`rnatiladi, yoki bevosita plataga kavsharlanadi. Sinxron kеsh-xotira maxsus raz`yomga o`rnatiladigan, juda ham SIMM modulini еslatadigan maxsus COAST modullariga joylashtirilishi mumkin.
Pentium MP bazasidagi tizimli platalar odatda hamma kerakli ushbu qurilmalarni qo`shib oladi: standart ketma-ket va parallel portlar, floppi disklar va EIDE shinasini (ba`zan hattoki tovushli modul ham qo`shiladi) nazoratchilarini, tizimli kartani va sozlangan SCSI adapterni: grafik adapterdan tashqari (videokarta) hammasini, Pentium MMX MP lari uchun еsa ko`p sonli audio-, video- va grafik adapterlarni o`z ichiga oladi.
All In One tipidagi tizimli platalar o`z ichiga qattiq disk nazoratchisining videokartasini oladi.
Universal yoki ZIP tipidagi raz`yomlarni ishlatish hisobiga orttiriladigan (Upgradable) TP lar turli xil ichki taktli chastotali MP larni, masalan, Pentium 90 dan 200 gacha, o`rnatish imkonini beradi.
Tizimli platada ishlatilayotgan kuchlanish ( 3,5 V, 5 V va b.) qayta ulagichlari va MP ichki chastotalari qayta ulagichlari joylashishi mumkin.
Shunday qilib, tizimli platani tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
` plataga o`rnatilishi kerak bo`lgan mikroprocessor;
- tizimli plataning tipik o`lchani (tizimli blok imkoniyatlari bilan moslashgan bo`lishi kerak);
- plata ishlashi kerak bo`lgan asosiy va lokal tizimli shinalar;
- 2-darajali kеsh-xotiraning borligi va O`rnatish imkoniyati ( imkoni boricha, sig`imi 256 Kbayt va murojaat qilish vaqti 15-20 ns bo`lgan);
- tizimli plata ishlaydigan taktli chastota;
- BIOS tipi va SHK ning samarali ishlashini ta`minlaydigan asosiy va yordamchi mikrosxemalar (chipsetlar) to`plami;
- qo`shimcha mikrosxemalarni biriktirish uchun raz`yomlar borligi (Over Drive processori uchun raz`yom, xotira mikrosxemasi uchun slotlar va b.).
Nazorat uchun savollar:
1.Tizimli plata qanday qurilma ?
2.Tizimli plataning tuzilishini ayting?
3.Tizimli plataning tashkil etuvchilari va ularning vazifalarini ayting .
4.Yordamchi mikrosxemalar ( chipset) haqida gapiring.
5.Shinali arxitektura tashkil etuvchilarini ayting?
Mоnitоr (displеy) kоmpyutеrdа mаtn vа grаfik mа`lumоtlаrni tаsvirlаsh (ko`rish) uchun хizmаt qilаdi. Gаrchаnd tаshqi ko`rinishidаn u tеlеvizоrgа o`хshаb kеtsаdа, ulаr bаjаrаdigаn ishlаri bilаn kеskin fаrq qilаdilаr. Mоnitоrlаr rаngli vа rаngsiz bo`lаdi. Kоmpyutеr tаrqаtаdigаn nur umumаn аytgаndа zаrаrli, shuning uchun hаm bа`zi kоmpyutеrlаrdа pаst rаdiаtsiya (Lоwе rаdiаtiоn) so`zlаrini uchrаtish mumkin. Lеkin ulаrning insоn оrgаnizmigа tа`siri tоbоrа kаmаyib bоrаdigаn rusumlаri yarаtilmоqdа. Buning misоli kеyingi yillаrdа chiqаrilgаn 17-21 dyymli SVGA (Super Video Grafic Adapter-kаttа vidео grаfik аdаptеr) mоnitоrlаrdа nurlаrning tа`sirini аnchа kаmаytirilishigа erishilgаnligini kеltirish mumkin. Mоnitоr аsоsiy хаrаktеristikаlаridаn biri uning tаsvirlаsh qоbiliyatidir. Tаsvirlаsh qоbiliyati ekrаnning gоrizоntаli vа vеrtikаlidаgi nuqtаlаr sоni bilаn bеrilаdi. Mаsаlаn 14 dyymli mоnitоrdа tаsvirlаsh qоbiliyati 800х600, 15 dyymli mоnitоrdа 1024х768, 17 dyymli mоnitоrdа 1280х1024 vа 21 dyymli mоnitоrdа esа 1600х1200. Bundаn tаshqаri, mоnitоrning yanа bir хаrаktеristikаsi tаsvirlаrni hоsil qiluvchi piksеllаr (nuqtаlаr) o`lchоvining kаttа-kichikligidir. Tаsvirlаsh qоbiliyati 800х600 gа tеng bo`lgаn mоnitоrlаrdа piksеl 0,31mm gа, 1024х768gа tеng bo`lgаn mоnitоrlаrdа esа piksеl 0,28 yoki 0,25gа tеng bo`lishi kеrаk. Mоnitоrning tеz ishlаshi uning аdаptеrigа bоg`liq bo`lаdi. Mаtn rеjimidа mоnitоrlаr nisbаtаn tеz ishlаsаdа, grаfik rеjimdа u sеkinrоq ishlаydi. Uning tеzligini оshirish yo`llаri hаm mаvjud.
17- rasm
Mоnitоr (displеy) kоmpyutеrdа mаtn vа grаfik mа`lumоtlаrni tаsvirlаsh (ko`rish) uchun хizmаt qilаdi. Mаnitоrni tоk mаnbаidаn uzаmiz. Mаnitоrni ekrаnidаn tаshqаri jоylаrni lаttа yordаmidа аrtаmiz. Mаnitоr ekrаnini esа mахsus mаnitоr sаlfеikаsi bilаn аrtib tоzаlаymiz vа mоnitоr ishgа tayyor хоlаtdа bo`lаdi.
Zamonaviy kompyuterda tovush ushbu ikki usuldan biri orqali amalga oshirilgan.
Tizimli platali mikrosxema: Crystal, Analog Devices, Sigmatel ESS va boshqa kompaniyalar ishlab chiqaradi.
Audiadapter, PCI yoki ISA shinasiga joylashtiriladi.
Ko‘pchilik tovush platalari bir xil ulanish joyga ega. Bu o‘ta kichik ulanish joylar orqali signallar platadan akustik tizimlarga naushniklarga va stereotizimlar kirishlariga o‘tadi.
Shunga o‘xshash ulanish joylarga mikrafon, kompakt- disklar proigrivateli va magnitafon ulanadi. Platada ushbu to‘rt tipdagi ulanish joylar ulangan bo‘lishi lozim. Plataning chiziqli chiqishi. Signalni bu ulanish joydan tashqi qurilmalarga akustik tizimlarga naushniklarga, yoki stereo kuchaytirgichlar kirishlariga berish mumkin. U yordamida esa signalni ma`lum darajaga kuchaytirish mumkin. Ba`zi tovush platarida, masalan: Microsoft Windows Sound System ga ikkita chiqish uchi bor; biri chap kanal signali, ikkinchisi o‘ng kanal signali uchun.
Plataning chiziqli kirishi. Bu kirish ulanish joyi tashqi audiotizimdan qattiq diskka kelayotgan tovush signalini yozishda ishlatiladi.
Akustik tizim va naushniklar uchun ulanish joyi. Bu ulanish joy hamma platalarda ham bo‘lavermaydi. Signallar akustik tizimga stereotizim kirishiga beriladigan o‘sha ulanish joydan beriladi. Agar platada ikkita ulanish joy bo‘lsa, ulardan akustik tizimlar va naushniklarga mo‘ljalanadigan signallar kuchliroqdir. U naushniklar va uncha katta bo‘lmagan akustik tizimlar munosib tovush balandligini ta`minlashi lozim. Ko‘pchilik tovush platalarning chiqish quvvat 4 BT ga teng. Bunda signal chiziqli chiqishda kuchaytirgich kaskaddan o‘tmaydi va shunign uchun undagi tovush yo‘qoridir.
Mikrafon kirish yoki manofonik signal. Bu razyomga diskka tovush yoki boshqa tovushlarni yozish uchun magnitafon ulaniladi. Mikrafondan yozish manofonikdir. Signal sifatini oshirish uchun ko‘pchilik tovush platarida kuchaytirishni avtomatik rostlashdan foydalaniladi. Bunda kirish signali doimiy va o‘zgarish uchun optimal qilib saqlaniladi. Yozish uchun eng yaxshisi elektrodinamik yoki 600
omdan 10 Komgacha yuklama qarshiligiga mo‘ljallangan kondisatorli mikrafondan foydalanish kerak.
Joystik uchun ulanish joy MIDI. Joystikni ulash uchun 15 kontakli D liniyaon ulanish joydan foydalaniladi. Uning ikkita kontaktini MIDI qurilmasini, masalan klavishli sintezatorni boshqarish uchun foydalanish mumkin. Ba`zi tovush platalari MIDI qurilmalari uchun alohida ulanish joyga ega. Hozirgi zamon kompyuterlarida jostik uchun port tizim platasida yoki alohida kengaytma platasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu holda
MIDI ulanish joyi. Audioadapterlar odatda jostikning MIDI ulanish joyi foydalaniladigan portidan foydalaniladi. Ulanish joydagi ikkita kontakt signallarni MIDI qurilmasiga uzatish uchun mo‘ljallangan.
Ichki kontakli ulanish joy. Ko‘pchilik tovush platalarida ichki CD-ROM jamlovchisiga ulanish uchun maxsus ulanish joy bor. Bu esa tovush platalariga ulangan akustik tizimlar orqali kompakt disklardan tovushni eshittirishga imkon beradi. Bu ulanish joy CD-ROM nazoratchiini tovush platasiga ulash ulanish joyidan farq qilishiga etibor bering, chunki ma`lumotlar bu ichki ulanish joy buyicha kompyuter shinasiga uzatilmaydi. Ammo bu ulanish joy hatto bo‘lmasa ham siz baribir tovush kartasining chiziqli chiqishini CD-ROM yurutmasidagi naushniklarning chiqish ulanish joyiga tashqi kabel yordamida ulab audiokompakt disklarni tinglashingiz mumkin.
Ona plata "materinka" (inglizcha: mainboard — bosh plata; hisoblanadi. sleng. ona - barcha chip va qurilmalarni bir biriga ulash uchun asos) — Shaxsiy kompyuterning, noutbuk, telefon, planshetlarning asosiy qurilmalari — tezkor xotira, qattiq disk, chiplar, slot, kuler, ulash portlari va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr plata. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi.
Ona plata
Ona yoki tizimiy plata(Mainboard) − kompyutermi, noutbukmi yoki qurilgan tizim bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday kompyuterni yaratish uchun zarur bo‘lgan poydevordir. Aynan ona plata o‘z mohiyati va vazifasiga ko‘ra, bir-biridan farqlanuvchi protsessor, operativ xotira, kengaytirish platasi va mavjud bo‘lgan har qanday to‘plovchilardan iborat qismlarni birlashtiradi. Aynan ona plata tufayli kompyuterga har xil uskunalarni ham ulash mumkin. Xolbuki, hatto agar tizimli mantiq to‘plami (chipset) turli shinalar va interfeyslarni qo‘llab-quvvatlasa ham odatdagi oddiy mikrosxemaga, masalan, printerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash biror odamning qo‘lidan kelishi qiyin.
Hozirgi zamon ona platasi nima degani? Tizimli plata − bu hisoblash mashinasidagi eng asosiy va katta chop etish platasidir. Chop etish platasi tayyorlanish murakkabligi bo‘yicha, ona platalar faqat eng o‘ta zamonaviy grafik tezlatgichlardan foydalanadi. Tipik ona plata 4-6 qatlamli tekstolit bosma plata bazasida qurilgan. Ayrim videokartalar 8 va hatto 10 qatlamli bosma plata asosida quriladi. Ko‘p qatlamli platalarni standart o‘lchamlarni saqlashda ishlatish turli xil elektr zanjirlarini ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri eng kam bo‘lishini ta’minlab, ajratishga yordam beradi. Plataning eng ichkarisida joylashgan qatlamlar bo‘ylab, tok zanjirli va yerga ulash simlari orqali tarqatiladi, boshqalariga esa, jumladan, ustki va pastki qatlamlarda esa signal zanjirlari yoyiladi.
Ona plataning ikkita sof parametrlariga to‘xtalamiz. Mikrosxemalar qat’iy belgilangan rejimlarda ishlashga mo‘ljallanganidan ularning ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun sifatli tok berilishi kerak. Bunda ona plata ulangan quvvat bloki sezilarli rol o‘ynaydi, lekin turli tarkibiy qismlarda turli xildagi quvvat kerak. Shunisi ham borki, ayrim qismlarning energiya quvvati, masalan, protsessorniki doimiy emas. Bu omillarning hammasi qo‘shimcha "ayyorliklarga" borishga majbur qiladi. Turli qismlarga zarur kuchlanishni uzatish uchun hamma zamonaviy ona palatalarda kuchlanishni mo‘tadillashtiruvchi stabilizatorlardan foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda u bevosita plataning o‘ziga o‘rnatiladi, lekin shunday ham bo‘ladiki, u uncha katta bo‘lmagan plata shaklida ishlanib, zarur darajada sovitilishi uchun iste’mol blokiga bevosita yaqinroq joylashtiriladi. Kuchlanish stabilizatori qaysi kontaktlarga yuklama berilayotgani, boshqacha qilib aytganda, qaysi ulanish nuqtasiga u yoki bu uskuna, yoki plataning elementi ulanganiga qarab, avtomatik rejimda ishlaydi. Zamonaviy platalar tez-tez qo‘llab turadigan protsessorni ishga tushirish funksiyasi kuchlanishni qo‘l yordamida tartibga solishdan (tabiiyki, oqilona chegaralarda) foydalanadi. Bu foydalanuvchi uchun BIOS orqali ixtisoslashtirilgan utilita vositasida amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik butlovchi qismlar uchun halokatli bo‘lgan kuchlanishning sakrashlari bilan zaryadlarni o‘ziga to‘plash va keyin bir tekisda tarqatib berishga qodir kondensatorlar o‘rnatilgan. Shuning uchun ham ona platalarda ayniqsa, yuklamaga qarab elektr iste’mol qilishi keskin sakrab turadigan markaziy protsessor atrofida kondensatorlarning ko‘pligi tasodifiy emas. Aytganday, vaqt o‘tishi bilan ona plata faoliyati ishonchliligining pasayishi aynan kondensatorlar bilan bog‘liq: ularning qobig‘i boshqa komponentlarga qaraganda, xususan, yuqori darajadagi harorat ta’siri tufayli tezroq eskiradi. Oqibatda, kondensatorlarning qobig‘i tushib ketadi va ular zarbani qabul qilib, ushlab turish va sxemadagi kuchlanishni tenglashtirish qobiliyatlarini yo‘qotadi, bu boshqa tarkibiy qismlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va eng yomoni, ularni ishdan chiqaradi. Shuning uchun kompyuterlarni har 3 yilda yangilariga almashtirib turish tavsiyalari faqatgina marketing nuqtai nazardan "ma’naviy eskirganlik" fikr emas, balki juda asosli ob’ektiv sabablar xulosasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |