Apparat ta’minoti
─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik
qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni
qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli
vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda, uni
ikki guruh: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo‘lish
mumkin.
Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va
amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat
vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi
deb ham xisoblashadi.
Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot
tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday
amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish
interfeys
deb atalishini bilib
olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish
─ bu, apparat interfeysi , dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys , apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─
apparat─ dasturiy interfeys deyiladi. Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package)
─ bu aniq bir predmet
sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab
chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan.
Tizimli dasturiy ta'minot. Bu sathdagi dastur, kompyutyer tizimining boshqa
dasturlari va bevosita apparat ta'minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta'minlaydi, ya'ni bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari─ yangi dasturlarni ishlab
chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi,
ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham),
saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy
dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab-kompyuterlardan inson
faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |