25. Tizim, EISA, MCA, Lokal, PCI va AGP shinalari haqida nimalarni bilasiz?
Tizim shina nisbatan murakkab bo’lib, markaziy protsessor va tashqi qurilmalar hamda tezkor xotira orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlash uchun mo’ljallangan. Ularning asosiy ko’rsatkichlari uzatilayotgan ma’lumotlarning razryadligi va uzatish tezligidir. Har qanday standart shina tarkibida ma’lumotlarni uzatish uchun liniya, manzillarni uzatish uchun alohida liniya (manzil ma’lumotlarni uzatuvchini va qabul qiluvchini belgilaydi), apparat uzilishi liniyasi, xotiraga bevosita kirish kanali liniyasi va elektr ta’minotini ajratuvchi liniya bo’ladi. Ma’lumotlarni uzatish shinasi uchun signallarni (bitlarni) kodlash usuli, axborotni uzatish tezligi, arbitraj mexanizmi (shinadan foydalanishni boshqarish va vujudga kelgan vaziyatlarni yechish) aniqlangan. ShK tizim shinasini tashkil qilishning bir nechta standartlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |