1-
MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM
TIZIMINI RIVOJLANISHINING KONTSEPTUAL
ASOSLARI
Reja
1.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari
2.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari
3.
«Ta’lim to‘G‘risida»gi Qonunning tuzilishi. Unga ko‘ra
O‘zbekiston ta’lim tizimi va turlari
1997 yilning 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
IX sessiyasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» qabul qilindi. Ulardan ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini
isloh qilishga oid asosiy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib berildi.
Ma’lumki, kadrlar tayyorlash milliy dasturi besh bo‘limdan iborat
bo‘lib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning
maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlash
tizimini rivojlantirishini asosiy yo‘nalishlari, dasturning ro‘yobga chiqarishga
oid chora-tadbirlar belgilab berilgan. Dasturning 3-bo‘limida kadrlar
tayyorlashning milliy modeli mohiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy
modelining asosiy tarkibiy qismlari quydagilardan iborat ekanligi
ko‘rsatilgan (1-chizma):
«SHaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi»!.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari
Shaxs
Davlat va
jamiyat
Uzluksiz
ta’lim
Fan
Ishlab
chiqarish
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy boG‘liq bo‘lgan uzluksiz
ta’lim tizimi orqali har tamonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish
nazarda tutadi. SHu tarzda fuqaroni eng asosiy konstutsiyaviy huquqlaridan
biri bilim olish. Ijodiy qobiliyatni nomoyon etish, intelliktual jihatdan
rivojlanish kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi.
Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat tomonidan
ta’lim olish va kasb hunar tayorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta’lim
jarayonida shaxs davat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi
shart. Ta’lim xizmatlarini amalga oshiruvchi sifatida shaxs munosib darajada
malaka darajasini olgach, bilim va tajribalarni ta’lim jarayonida yosh avlodga
o‘rgatish, moddiy ishlab chiqarish, ilm – fan, madaniyat va maishiy xizmat
sohalarida faoliyat ko‘rsatish bilan shuG‘ullanadi.
Har bir odam faqat ta’lim, ijtimoiy tarbiya va ma’naviy kamolot, kasb
hunar o‘rganish tizimi vositasigina SHaxs bo‘lib shakllanadi.
Natijada shaxsning ijtimoiy kamol topishi – uning jamiyat uchun
foydali funksiyalarini bajarish, o‘z vazifa va burchlarini puxta va ijodiy
anglab, boshqalar bilan teng, mustaqil munosabatlarga kirishuvi yuz beradi.
Kadrlar tayyorlash tizimida shaxsning o‘rni va roli, huquq va
majburiyatlari konstutsiyaviy mustahkamlanib, Qonuniy himoyaga olingan
va tegishli hujjatlardda batartib bayon etilgan.
«Davlat va jamiyat–ta’lim va kadrlar tizimining faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayorlash va ularni qabul
qilib olishning kafillari bo‘lib, yuqori malakali raqobat bardosh mutaxassislar
tayorlash bo‘yicha ta’lim muassalarining faoliyatini uyG‘unlashtiradi».
Davlat va jamiyat quyidagilarni, chunonchi:
- fuqarolarning ilm olish huquqini, ularni kasb tanlash malaka oshirish
imkoniyatlarini;
- akamedik litsey yoki kasb – hunar kollejlarida o‘qib – o‘rganish yo‘nalishni
tanlash huquqini berish majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb hunar
ta’limoti olishni;
- davlat grantlarini bazasida yoki pullik bitim asosida oliy va undan yuqori
darajalarda ta’limot olish huquqini;
- davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’limotini;
- o‘quvchilarning o‘qish, yashash va dam olish sharoitlarini ta’mirlash
masalalarini hal etish sharoitlarini ta’mirlash masalalarini hal etish yuzasidan
jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirish;
- tal’im jarayoni hatnashchilarini ijtimoiy qo‘llab – kuvatlashni;
- ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari, ota onalarning bolalar tarbiyasi,
hayotini himoya qilish uchun mas’uliyatlarini oshirish yuzasidan me’yoriy –
huquqiy hujjatlarining amal qilish faolligini kafolatlaydi.
SHunday qilib, shaxs uchun sifatli kasb-hunar tayyorgarligi, ijtimoiy
raG‘bat va himoya, favkulotda holatlarga yordam olish davlat tomonidan
kafolatlanadi.
«Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi
bo‘lib, ta’limning barcha turlarini: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim,
o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayorlash, maktabdan
tashqari ta’limni, DTSni, kadrlar tayorlash tizim, tuzilmasi va uning faoliyat
ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi».
Uzluksiz ta’lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ehtiyojlarini
qondirish, bilimlarning kadr – qimmati va mavqeini ko‘rsatish uchun keng
imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek iqtisodiyotlarning o‘zgaruvchan
ehtiyojlarni sharoitida umumta’limiy, umum manaviy, kasbiy va ilmiy
asosida mutaxassisilar tayorlash yo‘li bilan fundamental bilimlar berib
ijtimoiy himoya qilish ta’mirlashi kerak.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari quyida
keltirilgan (2-chizma):
Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari sifatida ta’lim tizimining
kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, davlat va nodavtlat muassasalrini har
xil turlarini rivojlantirish majburiy umumiy ta’limdan o‘rta maxsus, kasb
hunar ta’limiga o‘tilishini ta’mirlash, ta’limni boshqarish tizimini
takomillashtirish ta’lim jarayoni va kadrlar tayorlash sifatiga xolis baho
berish tizimini yaratish, ta’lim va ilm fan bilan boG‘liq chet el hamda hamkar
tashkilotlar bilan hamkorlik bilan kengaytirish kabilar belgilandi. (Uzluksiz
ta’lim tizimi haqida to‘xtab o‘tiladi).
«Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayorlovchi va ulardan va ulardan
foydalanuvchi, ilG‘or pedogogik va axbarot texnologiyalarini ishlab
chiquvchi». Fan – ta’lim tizini tubdan yaxshilashda, ta’lim standartlari ta’lim
dasturlari, o‘quv darsliklar va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik
ta’minotni amalda oshirishda bevosita ishtirok etadi. Qolaversa, fan kadrlar
tayyorlashda buyurtmachi sifatida ilmiy izlanishlarni bevosita o‘quv jarayoni
bilan mutanosiblashtirishga erishadi.
«Ishlab chiqarish»- kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning
tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi
Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish
printsplari
Ta’limning
ustvorligi
Ta’limning
demokratlash
uvi
Ta’limning
insonparvarla
shuvi
Ta’limning
ijtimoiylashuvi
Ta’limning milliy
yo’naltirilganligi
Ta’lim va tarbiyaning
uzviy bog’liqligi
Iqtidorli talabalarga
shart-sharoitlar
yaratish
asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika
jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. Ishlab chiqarish kadrlar
tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi funksiyalarini bajarib, kerakli
yuksak darajalarda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta
tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy
buyurtmani shakllantiradi, kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi, vazifasi va
mazmunini aniqlaydi, malakaviy talablarni ilgari suradi, yangi texnologiyalar
va o‘qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab chiqarish
pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha
uchun ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini
ta’minlaydi. Kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilG‘or tajribasini hisobga
olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga
dahldor bo‘lib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |