Tizim platasining turi va xususiyatlarini aniqlash



Download 1,09 Mb.
bet7/40
Sana26.05.2022
Hajmi1,09 Mb.
#608815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
15mavzu

Kabellarni ulash
Hamma disk yurituvchilarda PC ga ulanish uchun ikki bo‘linma bor . Ulardan birinchisi (axborotli) nazoratchiga 34 liniyali silliq kabel yordamida ulash uchun mo‘ljallangan. Ikkinchi bo‘linma (ta’minlovchi) disk yurituvchining ta’minlash kabelini ulash uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy disk yurituvchiga +5 V kuchlanish kerak, chunki ta’minlsh blokiga ulangan kabel bo‘yicha yana qo‘shimcha 12 V kuchlansh uzatiladi (u vinchester uzatkichini ta’minlash uchun kerak). Ikkala shteker noto‘g‘ri ulanishning oldini oluvchi tegishli yo‘naltiruvchiga ega.



7-rasm




8-rasm


Rasmdan ko‘rinib turganidek, ulanish joylar turlicha bo‘lishi bilan birga,kabelning o‘zi ham turli usulda ulanishi mumkin, lekin bu usullarnning faqat bittasi to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Disk yurituvchilarni to‘g‘ri ulash, ularning ish faoliyatini ta’minlash uchungina emas,prioritetini aniqlash uchun ham zarurdir.Rasmda quyidagi konfiguratsiyali, ya’ni, A disk yurituvchisi sifatida 3,5 FDD, B disk yurituvchisi sifatida 5,25 FDD bo‘lganda ikki disk yurituvchini ulash ko‘rsatilgan. Kabellarni ulashda quyidagi ikki asosiy qoydaga e’tibor bering. А disk yurituvchi (FDD1) kabeli oxiridagi ulanish joyi bilan bog‘lanadi.Agar ulanish joyida kalit bo‘lmasa, disk yurituvchi ulanish kontaktni toping va kabelni shunday ulangki, bu kontaktda rang bilan ajralgan sim ulansin (bu birinchi raqamli sim bo‘ladi). FDD platasida odatda bir nechta jamperlar mavjud bo‘lib, ularning turlicha ulanishi disk yurituvchilarning ustunligini (qaysi biri birinchi o‘rinda ulanishini ) belgilab beradi.Ustunlikning to‘rtta mumkin bo‘lgan variantining mavjudligi, garchi ko‘pchilik PC larda faqat ikkita disk yurituvchi ishlatilsa ham, nazoratchi ko‘pi bilan to‘rtta disk yurituvchini boshqara olishi bilan tushuntiriladi.


Magnit diskdagi ma’lumotlar tuzilmasi
Ma’lumotlarni qattiq diskka faqat yozishgina emas, balki o‘qish ham mumkin bo‘lishi uchun qanday ma’lumot qayerga yozilganligini aniq bilish lozim. Barcha ma’lumotlarning manzili bo‘lishi lozim. Kutubxonada har bir kitobning o‘z zali, stellaji, tokchasi va o‘zining invertor nomeri bor – bu go‘yoki uning manzilidir. Qattiq diskka yoziladigan barcha ma’lumotlar ham o‘z manziliga ega bo‘lishi lozim, aks holda ularni topib bo‘lmaydi. Agar ma’lumotlar baytlari yozilgan har bir manzilni alohida xotirlab qolinadigan bo‘lsa, u holda bu manzillarni saqlash, ma’lumotlarni saqlab qolishga qaraganda ham qiyinroq bo‘ladi. Biz endi axborot baytlarda emas, balki fayllarda saqlanishini bilamiz. Agar bizga biror axborot zarur bo‘lsa, kompyuter diskdan kerakli faylni topadi, keyin esa undan ma’lumotlarni baytma – bayt operativ xotirada o‘qiydi va shu tarzda faylning oxirigacha davom etadi.
Diskda har bir faylning o‘z manzili bo‘lishi uchun diskni yo‘lkalarga, yo‘lkalarni esa o‘z navbatida sektorlarga ajratiladi. Har bir sektorning o‘lchami standart bo‘lib, 512 baytga teng. Shu sababli HDD larda ko‘pincha yo‘lkalarga qaraganda, ko‘proq silindrlar haqida gapiriladi. Silindr deyilganda turli sirtlarga tegishli bo‘lgan va aylanish o‘qidan bir xil uzoqlikda joylashgan barcha yo‘lkalar to‘plami tushuniladi. Shunday qilib, vinchesterning umumiy hajmi ushbu formula bo‘yicha hisoblanadi:
Umumiy hajm (bayt) = kallaklar soni * silindrlar * sektorlar * 512(bayt).

9-rasm

Diskni yo‘lka va sektorlarga bo‘lish diskni formatlash deyiladi. Uni xizmatchi dasturlar bajaradi. Diskni formatlash go‘yoki daftarlarga chiziqlar chizish kabidir. Daftarlardagi kabi, diskni ham faqat bir marta formatlash lozim.
jadval



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish