1-LABORATORIYA ISHI
“ТITUL VARAG’INI BAJARISH”. ISHNI BAJARISH TARTIBI VA TAHTLASH. 1-LINI BAJARILISHINI TEKSHRISH VA BAHOLASH.
ISHNING MAQSADI
Talabalarda avtomatik loyihalash jarayonida qo’llaniladigan texnik va dasturiy vositalar bilan ishlashda amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
ISHNING MAZMUNI
Avtomatik loyihalash jarayoni texnikaviy ta’minoti tasnifi va dastur ta’minoti to’g’risida dastlabki ma’lumotlar bilan tanishish va ularni to’plash.
AutoCAD dasturi imkoniyatlari, interfeysi, ish maydonlari va jihozlar panellari bilan tanishish va ulardan foydalanish.
AutoCAD dasturi matn muharriri, chizish paneli buyruqlaridan foydalanib 1-varaq, ya’ni bajariladigan grafik ishlar uchun muqova GOST 2.304-81 standartiga muvofiq tayyorlanadi.
AutoCAD dasturida standartlarga muvofiq kerakli formatlarni, chiziq turlarini tanlash, chizish paneli buyruqlaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, o’lchamlar paneli buyruqlaridan foydalanib ikki o’lchamli shakllar chizmalarini bajarish, yangi o’lcham stillarini yaratish orqali ularga o’lchamlar qo’yish, 2-varaq topshirig’ini mustaqil bajarish.
ISHNING BAJARILISH TARTIBI
Avtomatik loyihalash jarayoni texnikaviy ta’minoti bilan tanishish va uning tasnifi.
Компьютер (ingl. computer – hisoblagich) – electron shaklga ega turli ma`lumotlarni qabul qilish, yig`ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblash kabi imkoniyatlarga ega bo`lgan qurilma.
Kompyuterlarning turlari:
Mini kompyuterlar (MiniComputer)
Portativ kompyuterlar Shahsiy kompyuterlar
(Notebook) (Personal Computer)
Server Kompyuterlar (Servers)
Super kompyuterlar (Super Computer)
AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASHNING
TEHNIK VOSITALARI.
Kompyuter tizimi Telekommunikatsiya tizimi
Axborot tizimi Axborot tizimi va axborot almashish
Grafik ma’lumotlarni kiritish qurilmalari (skanerlar)
Ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmalari (printerlar)
AutoCAD dasturi imkoniyatlari, interfeysi, ish maydonlari va jihozlar panellari bilan tanishish va ulardan foydalanish, matn muharriri, chizish paneli buyruqlaridan foydalanib standartga muvofiq topshiriqlar bajariladi.
“Windows” operatsion tizimi muhitida ishlaganligi uchun AutoCAD dasturi interfeysi ham boshqa dasturlar interfeysidan deyarli farq qilmaydi. Jihozlar (uskunalar) panellari joylashuvi va boshqa interfeys elementlarining holatini o’zgartirish bilan foydalanuvchi bajarayotgan loyiha topshirig’i mazmuniga mos va o’zi uchun qulay ish maydoni yaratishi va uni saqlab qo’yishi mumkin (1-rasm).
1-rasm
2-rasm. AutoCAD dasturi asosiy memyu qatori, standart
jihozlar panelli va boshqa jihozlar panellarining joylashuvi.
3-rasm. «Черчение» - chizish paneli va undagi
chizish buyruqlarining joylashuvi.
4-rasm. Funksional va mantiqiy buyruqlar panellari.
5-rasm. Buyruqlar qatori, kursor koordinatalari,
ekran holati va rejimlari qatorlari.
Konstruktorlik hujjatlarini tuzishda harfli va sonli yozuvlar standart shriftlarda yozilishi kerak. AutoCAD dasturida bunday standart shriftlar bazasi mavjud bo’lib, faqat «Формат текста» panelida kerakli parametrlarni tanlash va sozlash kerak. Bu buyruq «Черчение» panelidagi «A» buyrug’ini tanlash bilan (6-rasm) yoki asosiy menyu qatoridan «Черчение» - «Текст» - «Многострочный…» bo’limlarini tanlash (7-rasm), keyin yozish maydoni yuzasini (chegaralarini) ko’rsatish bilan faollashtiriladi.
6-rasm 7-rasm
8-rasm. «Формат текста» paneli
MUQOVANI BAJARISH NAMUNA (1-varaq)
V AL VA PLASTINAGA O’LCHAM QO’YISH (2-varaq)
NAZORAT SAVOLLARI
Avtomatik loyihalash jarayonining texnikaviy vositalari ta’minoti va dastur ta’minoti nimalardan iborat?
Komputer qanday qurilma, u qanday qismlardan iborat va har bir qism vazifasi nimalardan iborat? Qismlar imkoniyatlarini qanday parametrlar belgilaydi?
CAD/CAE/CAM tizimlari dasturiy to’plamlarini ta’riflab bering.
AutoCAD grafik muharriri interfeysi va ish maydonlari nimalardan iborat? “Windows” operatsion tizimi muhitida ishlaydigan boshqa dasturlar bilan qanday o’xshashliklar mavjud?
Chizish va tahrir qilish buyruqlarining bajarilish ketma-ketligini “Buyruqlar qatori” so’rovlari misolida tushuntirib bering.
O’lcham stillarini o’zgartirish yoki yangidan yaratish uchun qaysi oynalar ochilishi va qanday parametrlar o’zgartirilishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |