Matematik formulalarda ko‘p ishlatiladigan π sonini ifodalash uchun Paskalda maxsus Pi o‘zgarmas (konstanta) ajratilgan (Pi=3.1415…).
Paskal dasturlash tilida algebraik ifodalar arifmetik amal belgilari yordamida bog‘langan o‘zgarmaslar, o‘zgaruvchilar va funksiyalardan tashkil topadi. Algebraik ifodalar bir satrda yoziladi, ya’ni satrdan pastga tushirib yoki yuqoriga ko‘tarib yozish mumkin emas. Masalan, 3ab2ifoda Paskalda 3*a*sqr(b) yoki 3*a*b*b kabi, ifoda a/sqr(b) yoki a/(b*b) kabi yoziladi.
Ifodalarni yozishda amallarni bajarish tartibini ko‘rsatish uchun faqat oddiy qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi amallarni bajarish chapdan o‘ngga qarab, matematikada qabul qilingan tartibni saqlangan holda ketma-ket amalga oshiriladi:
Masalan, arifmetik ifodani Paskaldagi yozilishi(a+b)/c kabi bo‘lib, uni hisoblashda dastlab qavs ichidagi amal, ya’ni a+bbajariladi, so‘ngra natija cga bo‘linadi. Amallar bajarilish tartibi ham qavslar yordamida tartiblanadi: ifodani Paskalda sqrt(sqr(a) – sqr(b)) kabi, |x + tgx| ifoda abs(x + sin(x)/cos(x)) ko‘rinishida yoziladi.
Paskalning standart funksiyalari barcha matematik amallarni o‘z ichiga olmagan. Shu sababli ba’zi matematik amallarni Paskalning bir nechta standart funksiyasi orqali yoki bitta standart funksiyani bir necha marta qo‘llash orqali ifodalashga to‘g‘ri keladi. Masalan, Paskalda sonni ixtiyoriy darajaga ko‘tarish funksiyasi yo‘q. Shuning uchun a3 ifodani Paskalda a*a*a yoki sqr(a)*a kabi, a4 ifodani esa a*a*a*a yoki sqr(sqr(a)) yoki sqr(a)*sqr(a) kabi yozish mumkin.
Umuman, ab(a>0) ko‘rinishdagi ifoda uchun matematikada ab = eb·ln a formula o‘rinli. Shuning uchun Paskalda ab(a>0) ifoda exp(b*Ln(a)) ko‘rinishda yoziladi.
3–misol. algebraik ifodani Paskaldagi ko‘rinishini yozing.
Yechish: Bu ifodani Paskalda bir necha xil usulda tasvirlash mumkin. Shulardan bittasi quyidagicha:
(x-y)/(exp(5*ln(x))-sqr(y)*y).
Shuni yodda tutingki, Paskal dasturlash tilidagi standart funksiyalari argumenti doimo qavs ichida yoziladi! (Mavzu tushuntirib bo`lingandan so`ng o`qituvchi o`quvchilar tomonidan yaratilgan nihol rasmlarini nazoratdan o`tkazadi)
IV. Mustahkamlash Jamoalardagi har bir o`quvchilarga savol va topshiriqlar beriladi:
Qanday funksiyalar standart funksiya deyiladi?
Standart funksiyalarning odatdagi va Paskalda yozilishining qanday farqi bor?
O`quvchilarning mavzuni tushunganlik darajasini tekshirish uchun quyidagi o`yin o`ynaladi:
Jamoaning boshqa a’zolari bilan mashqlar bajariladi: Mashqlar 1. Mavzuning 1-misolidagi qo‘zg‘aluvchi nuqtali sonlarni qo‘zg‘almas nuqtali sonlarga o’tkazing.
2. Quyidagi algebraik ifodalarni Paskal dasturlash tilida yozing.
a) ax+b b) xyz–23 d) ax2+bx+c e) a4x3-(1-y2)2 f) g) 8(a+b2c) h) i) (45z+q3)(5m+10)
3. Quyidagi ifodalarni Paskal dasturlash tilida yozing.
a) 2520+|1-y2| d) xsina+ycosb-52 b) [5m]+{100b} e) sinsinx+cossiny
f) g) h) i)2R+R2 4. Paskalda yozilgan quyidagi ifodalar orasidan noto‘g‘ri yozilganini toping.
a) 2*a+b; b) sqr(x*b^2); d) sin(-3*x); e) sin((a+b+cos(x)); f) 2*(-b)+a2.
5. Paskalda yozilgan quyidagi ifodalarni oddiy yozuv ko‘rinishiga o‘tkazing.
a) a* ( Sqr(x)+1); b) sin (x*x*x-sqr(sqr(x))+5); d) ri*h*(sqr(r) + sqr(r1) + r1*r2)/3;
V.O’QUVCHILARNI BAHOLASH: Jamoalar umumiy bali aytilib, g`olib jamoa e’lon qilinadi. Faol ishtirok etgan o`quvchilar mashg`ulot jurnaliga baholanadi.
VI. UYGA VAZIFA: 4-mashq.
O`IBDO` :________________ ______________ ” ______” _____ 2019 yil.