Taqrizchi: _________________________
|
|
MUNDARIJA
|
|
I
|
|
KIRISH
|
|
|
|
Analitik kimyoda titrimetrik analiz
|
|
II
|
|
ASOSIY QISM
|
|
|
1
|
Titrimetrik analizning asosiy tushunchalari
|
|
|
2
|
Titrimetriyada qo’llaniladigan reaksiyalar
|
|
|
3
|
Titrantlarning ishchi eritmalarini tayyorlash va standartlash
|
|
III
|
|
XULOSA
|
|
IV
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOT
|
|
I . Analitik kimyoda titrimetrik analiz
Analitik kimyo moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini tekshirish metodlari haqidagi fandir.
Analitik kimyoning vazifasi analiz usullarini ishlab chiqish, ularni amalda qo’llash hamda analitik kimyo metodlarining nazariy asoslarini keng miqyosda o’rganishdan iboratdir. Yangidan – yangi prinsial analiz metodlarini izlash hamda hozirgi zamon fani va texnika yutuqlarini analitik maqsadlar uchun qo’llash analitik kimyoning muhim vazifasidir.
Analitik kimyo muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega . Deyarli barcha kimyo yutuqlari analitik kimyo metodlari yordamida topiladi . Tuli moddalar , minerallar, oy tuprog’i , uzoq sayyora va boshqa osmoniy jismlarning tarkiblari analitik kimyo metodlari orqali aniqlanadi.
Titrimetrik analiz miqdoriy analiz metodlaridan biri bo’lib,unda miqdorni topish eritmalar hajmlarini o’lchash yo’li bilan bajariladi .
Titrimetrik analizning mohiyati quyidagichadir tekshiriladigan moddaning tortimidan tayyorlangan eritmaga sekin – astalik bilan o’zaro ta’sirlashuvchi moddalar to’liq reaksiyaga kirishib bo’lguncha aniq ma’lum konsentratsiyali eritma qo’shiladi.Qo’shilgan reagent eritmasining hajmini aniq o’lchash asosida tekshirilayotgan namunadagi aniqlanuvchi tarkibiy qismning miqdori hisoblanadi .
O’zaro ta’sir etuvchi moddalarning to’liq reaksiyada kirishgan holati – reaksiyaning tamom bo’lish vaziyati – ekvivalent nuqta deyiladi , chunki bu vaqtda reaksiyaga kirishgan moddalarning miqdori qat’iy ekvivalent massada bo’ladi.
Titrimetrik analitik aniqlashlar uchun , gravimetrik metoddagidek har qanday kimyoviy reaksiyalardan foydalanib bo’lmaydi . Titrimetrik metodda qo’llaniladigan reaksiyalar quyidagi qo’yiladigan talablarga mos kelishi zarur :
Reaksiya amalda qaytmas bo’lishi kerak . Bu shart titrimetik metodda gravimetrik analizdagidan yanada muhimroq , chunki bu yerda reaksiyaning muvozanatini reagentning ortiqcha miqdorini qo’shish bilan siljitish imkoniyati yo’q .
Reaksiyaning tamom bo’lish vaziyati yaxshi belgilanishi lozim . Ekvivalent nuqtada yo reaksiyaga kirishayotgan moddalar eritmalarining rangi o’zgarishi yoki bo’lmasa , oldindan tekshirayotgan eritmaga juda oz miqdorda qo’shilgan begona moddalar – indikatorning rangi o’zgarishi kerak .
Titrimetrik analizda qo’llaniladigan reaksiyalar tez , amalda bir zumda borishi lozim .
Reaksiya bajariladigan tashqi sharoitni o’zgarishi reaksiyaning borishiga va oxirgi mahsulotlar hossalariga ta’sir qilmasligi kerak .
Titrimetrik aniqlashda qo’shimcha reaksiyalar bormasligi kerak .
Ekvivalent nuqtani aniqlashga va asosiy reaksiyaning borishiga halaqit beruvchi moddalar oldindan yo’qotilishi lozim .
Analizning titrimetrik metodini gravimetrik metodga nisbatan farq qiladigan tomonlari bor va ular quyidagilardan iborat :
aniqlashlarni bajarishda massani o’lchash bilan almashtiriladi . Analitik tarozilarda tortishdan faqat tekshiriladigan moddaning tortimini olishda va ish eritmalari tayyorlashda foydalaniladi .
kimyoviy reaksiyaning mahsulotlari miqdorini aniq o’lchashga asoslangan gravimetrik analizdan farqli o’laroq , titrimetrik metodda boshlang’ich moddalar miqdori topiladi ;
bir eritma boshqasiga mol miqdorda emas , balki qat’iy ekvivalent miqdorda quyiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |