Tishli tirma texnologik jarayonini tahlili



Download 108,55 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi108,55 Kb.
#463200
Bog'liq
TUPROQQA SAYOZ ISHLOV BERISH MASHINALARINI O 3-laboratorya


TUPROQQA SAYOZ ISHLOV BERISH MASHINALARINI O‘RGANISH.
TISHLI TIRMA TEXNOLOGIK JARAYONINI TAHLILI
Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad: Tishli tirmaning tuproqda ishlov berish sifatini baholashni talabalarga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: Tishli tirma; ruletka; lineyka; platakatlar.
O‘qituvchi talabalarga:
1.Tishli tirmalar dalani ekin ekishga tayyorlash uchun eng ko‘p ishlatiladigan quroldir. Tishli tirma yer yuzasi ust qismini sayoz yumshatish, kesaklarni maydalash, o‘simlik qoldiqlarini haskashlab chiqarib tashlash, qatqaloqni buzish kabi ishlarni bajarishda yaxshi natija beradi. Tirma tishlari turli shaklda yasalib, ular ma’lum tartibda joylashtiriladi. Tishlar joylashgan tartibining mohiyatini talabalarga to‘liq tushinishlari
maqsadida, ularga mavjud bo‘lgan tirmaning o‘lchamlarini o‘lchab aniqlab, sxemasini masshtabda chizish topshirig‘ini beradi.
27-rasmdagi tirma mavjud bo‘lsa, uning birinchi A plankasi shartli baza qilib qabul qilinadi, undagi tish oraliqlari o‘lchanib, masshtabda 1, 2, 3 va 4 – tishlar belgilanadi. AB uzoqlikda ikkinchi planka chiziladi. 1-va 4-tishlar bilan ikkinchi V plankadagi 5, 6, 7 va 8 – tish oraliqlari o‘lchanib, ular belgilanadi.
27-rasm. Tirma tishlarini joylashtirish sxemasi
Shu tartibda, 1 - va 4 - tishlarga nisbatan C, D va E plankalaridagi 9...20 - tishlarning joylari topiladi. Sxema yordamida quyidagilar aniqlanadi:

  1. Tirma joylashgan vintsimon maydonning kirim soni aniqlanadi.

  2. Vint qadami t, vint chizig‘ining ko‘tarilish burchagi α topiladi.

  3. Vm tezligi yo‘nalishida sudralayotgan tirma tishlarining izlari (punktir chiziqlar) chizilib, izlar qadami (oralig‘i) S, o‘lchanib aniqlanadi.

  4. Qo‘shni izlar orasida yumshatilmagan do‘ngcha bo‘lgan NPM (28-rasm) uchburchagining hamda ikki tish yumshatishi lozim bo‘lgan ABCD to‘rtburchagining maydonlari FNPM va FABCD lar aniqlanadi.

  5. Yerga ishlov berish chuqurligini bir nechta miqdori uchun tuproqqa ishlov berish sifat ko‘rsatkichi η=(FABCD - FNPM )/ FABCD, η=f(a) yopilib, grafigi chiziladi va tegishli xulosa yoziladi.

Yerga bir tekis ishlov berish maqsadida tishlar ko‘p qirimli vintsimon maydon bo‘ylab joylashtirilib, ular qoldiradigan izlar qadamlari S o‘zaro teng bo‘lishiga erishiladi.
Ma’lumki, tishi yergaa chuqurlikka botirilgan tirma V yo‘nalishda sudralsa, tuproq 28-rasmdagi cho‘qqisi ѳ= 40...50° bo‘lgan uchburchak shaklida yumshatiladi.
Uning balandligi a ga teng, asosi в (yumshatish kengligi) esa tishning yo‘g‘onligidan bir necha marta keng bo‘ladi.
S masofada qoldirilgan yonma-yon izlar orasida PNM uchburchak shaklidagi yumshatilmagan do‘ngcha qoladi.
1. Talabalar o‘zlariga berilgan variantlardagi chuqurlik a va hamma variant uchun bir xil kattalikka ega bo‘lgan S oraliqdagi uchburchaklarni chizib, do‘ngcha balandligi h va uning FNPM maydonini topadilar. Aslida tirma ishini sifat ko‘rsatkichini baholaydigan do‘ngcha maydoni ATT tomonidan cheklanishi kerak. Ammo dala sharoitida h ni o‘lchash oson bo‘lganligi uchun, agrotexnik talablarga binoanh balandligia ga nisbatan cheklangan (h≤0,5a). Shu sababli, h/a va FNPM/FABCD nisbatlarining o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash uchun h=f(a) va η= f(a) grafiklari chizilib, tegishli xulosalar yoziladi.
2. Talabalar uch guruhga bo‘linib, ularga ishni alohida variantlar bo‘yicha bajarish topshiriladi.
Talabalarga beriladigan topshiriq:

  1. Tirma o‘lchamlarini aniqlab, tishlarni joylashtirish sxemasi masshtabda chizilsin.

  2. Tishlar joylashtirilgan vintsimon maydonning kirim k soni aniqlansin.

  3. Har bir tish qoldirgan izlar chizilib, ular oralig‘i S aniqlansin.

  4. Tish ta’sirida yumshatilayotgan tuproqda yorilish deformatsiyasining tarqalish burchagi ѳ= 40...50°, uzunligi l=150 mm tish bilan aniqlangan izlar oralig‘i S uchun turli chuqurlik (a = 3...10 mm) ning 3 varianti uchun tuproq ostida yumshatilmasdan qoladigan do‘ngchalar maydoni aniqlanib, ishlov berishning sifat ko‘rsatkichi topilsin.

  5. η=f (a) grafigi chizilib, tegishli xulosa yozilsin.

Testlash uchun namunaviy savollar:
1. Qanday sabablarga ko‘ra bir plankadagi tishlar oralig‘i izlar qadamidan katta qo‘yiladi?
2. Qanday maqsadda tishning uchi qiyiq kesilgan bo‘ladi?
Download 108,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish