Tish yemiruvchi stomatologik sistemalar istiqbollar va kamchiliklari



Download 11,39 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi11,39 Kb.
#210077
Bog'liq
Tish yemiruvchi-WPS Office



Tish yemiruvchi stomatologik sistemalar istiqbollar va kamchiliklari

Oʻzbekistonda ilk bora tish yemiruvchi stomatologik gelni mahalliylashtirish va import oʻrnini bosuvchi analogini tayyorlash va standartlash borasida ish olib borish maqsad qilingan boʻlib, bunda bu stomatologik gelning afzalliklari shu bilan bir qatorda uning kamchliklari haqida xulosalar keltirilgan.



Kalit soʻzlar: Etching gel, ortofosfor kislotasi, karboksimetilsellyuloza, kremniy (IV)-oksid, metil koʻki, adgeziv sistema, plomba, praymer, bond.

Hozirgi kunda tish kasalliklari insonlarda kuzatiladigan keng tarqalgan aksar kasalliklardan hisoblanadi. Ular orasida eng ko‘p tarqalgani bu albatta kariyes bo‘lib dunyodagi 94-98% odamlarda uchraydi va tishning ma’lum yemirilishiga olib keladi. Stomatologiyaning vazifasi esa shu tishlarni iloji boricha saqlab qolishdan iborat. Tishlarni plombalash- bu tishning funksiyasini tiklash bo‘lib, tishni ma’lum komponentlar bilan yo‘qotilgan qismini to‘ldirishdan iborat. Tishning ustki qismi emal va dentindan iborat bo‘ladi[**].

Tishning emal va dentin qismi tishni restavratsiya qilishga xalaqit beradi, (tishga har xil yopishtiruvchi moddalarni masalan, kompozitlar, koronkalar, yopishuvchi sementlar, plombalarni qo‘yishga xalaqit beradi). Adgeziv sistemalar esa bu muammoni hal qiladi, ular tishni emal qismini yemirib, tishning yopishqoqligini oshirishga shu orqali yopishtiruvchi komponentlarning mustahkam yopishishiga yordam beradi[**].

Tishni mineral kislotalar orqali yemirish va shu orqali restavratsiya qilish, 50 yillik tarixga ega. Tishni boshqa yo‘llar bilan yemirish usullarini ham o‘ylab topishgan lekin boshqa yo‘llar kislotali yemirishdan ko‘ra samarali emasligi sababli o‘zini oqlamagan. Birinchi marta ortofosfor kislotaning tish emalini yemirishi 1954- yilda bo‘lib o‘tgan 32-Xalqaro stomatologik izlanishlar milliy assotsiatsiyasi anjumanida Buonocore ismli olim tomonidan aytilgan. U 85% ortofosfor kislota eritmasini tish emaliga surib, akrilkompozit yopishtirib uni suvga solib qo‘yganda, kompozit 1070 soat davomida tishga yopishib turganligini keltiradi[**]. Tishni ortofosfor kislota orqali yemirib kompozitlar yopishtirish texnologiyasi uning ishlash mexanizmi aniqlangandan so‘ng 10 yildan so‘ng tibbiyotga tavsiya etildi[**].

Tishni yemiruvchi gel bilan ishlashda bir qanday qiyinchlik shun bilan birga oʻziga xos ijobiy xususiyatlari ham bor.

Afzalliklariga toʻxtaladigan boʻlsak, tishni yemiruvchi gel tishning yopishqoqlik xususiyatlarni oshirib, stomatologik materiallar bilan ishlashni osonlashtiradi va tishning faoliyatini tiklashga yordam beradi.

Kamchliklariga toʻxtaladigan boʻlsak, tishni yemiruvchi gelning tish yuzasiga surtgandan soʻng jarayonni nazorat qilaolmaslik, shuningdek uning termolabil xususiyatga egaligidir, yaʼni vaqt oʻtishi bilan gel oʻzining plastiklik xususiyatini yoʻqotadi.

Kamchliklarini yoʻqotish maqsadida tishni yemiruvchi gelning plastikligini oshirish maqsadida muqobil plstifikstor tanlash, shuningdek, quyuqlashtirish maqsadida meʼyor darajasida quyuqlashtiruvchi komponent (masalan, kremniy (IV)-oksid) qoʻshilishi lozim, shuningdek jarayonni nazorat qilish uchun esa boʻyoq moddalardan foydalanish zarur, biz shu maqsadda metil koʻki boʻyogʻidan foydalandik. Metil koʻki rangli boʻlganligi uchun jarayonni nazorat qilish osonlashadi shuningdek, antiseptiklik xususiyati sabab, tishni infeksiyalanishdan asraydi.




Download 11,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish