Modeldan aniq quyma olish uchun qanday xomashyolar zarur?
*Qoliplash xomashyolar;
O`lchov xomashyolari;
Shakllantiruvchi xomashyolar;
Abraziv xomashyolar.
Qoliplash xomashyolari qanday turlarga bo`linadi?
*Gipsli, fosfat va silikatli;
Mum asosli;
Karbadent sementli;
Simidont sementli.
Gipsli qoliplash xomashyolari tarkibi?
*Gips hamda kremniy oksididan tarkib topgan, gips bog`lovchi vazifani o`taydi;
Sinkfosfatsement, maydalangan kvarts kristobolit, magniy oksidi, alyuminiy gidrat oksidi;
Kukun (kvarts kukuni, fosfat, pereklaz) va suyuqlik (silikazol)dan tarkib topgan;
Gips, fosfatlar va kremniy geli.
Gipsli qoliplash xomashyolarida kremniy oksidi nima hosil qiladi?
*Massaga zaruriy kirishish o`lchami va issiqqa bardoshlilik;
Massaga cho`ziluvchanlik;
Massaga plastiklik va kirishuvchanlik;
Massaga oquvchanlik.
Gipsli qoliplash aralashmasiga qotish tezligi va temperaturasi kengayish koeffitsentini tartibga solish uchun nima qo`shiladi?
*2-3% natriy xlorid yoki bor kislotasi;
2-4% kalsiy xlorid;
Azot yoki bor kislota;
Sulfat yoki bor kislota.
Gipsli qoliplash xomashyolari qachon qo’llaniladi?
*Oltin qotishmalardan buyumlar quyishda;
Zanglamaydigan qotishmalardan buyumlar quyishda;
Alyumini qotishmalardan buyumlar quyishda;
Oltin qotishmalardan buyumlar quyishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |