Tirik organizmlarda nuklein kislotalarining turlari



Download 0,83 Mb.
bet3/8
Sana22.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#838624
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuklein kislotalar

Azot asoslari
Nukleotidlarning azot asoslari azot saqlovchi halqadan (uglerod-asosli) iborat molekulalardir.
[Nima uchun u asos deb ataladi?]
DNKdagi har bir nukleotid toʻrtta azot asosdan bittasiga ega: adenin (A), guanin (G), sitozin (S) va timin (T). Adenin va guanin purinlar boʻlib, ularning tarkibida ikkita uglerod-azot saqlovchi halqa mavjud. Sitozin va timin esa pirimidinlar hisoblanib, bitta uglerod-azot halqasiga ega. RNK nukleotidlari ham adenin, guanin va sitozin asoslariga ega, ammo timin oʻrniga ularda uratsil (U) deb ataladigan boshqa pirimidin asosi mavjud. Yuqoridagi rasmda koʻrsatilgandek, har bir asos halqasiga turlicha funksional guruhlar birikkan boʻlib, har bir asosning oʻziga xos xususiyatga ega boʻlishini taʼminlaydi.
Molekulyar biologiyada azot asoslar asosning birinchi harfini keltirish orqali ifodalanadi, bu quyidagicha: A, T, G, S va U. DNK A, T, G va S dan iborat, RNK esa A, U, G va S dan iborat (yaʼni T oʻrniga U boʻladi).
Uglevodlar
Turli azot asoslari toʻplamiga ega boʻlishdan tashqari, RNK va DNK har xil uglevod molekulalarini oʻzida tutadi. DNKdagi beshta uglerodli uglevod dezoksiriboza, RNKdagi beshta uglerodli uglevod esa riboza deb ataladi. Bu ikkita molekula bir-biriga juda oʻxshash, faqat bitta farqi mavjud: ribozaning ikkinchi uglerodi bitta gidroksil guruhiga ega, dezoksiribozadagi xuddi shu uglerod bitta vodorod atomiga ega. Nukleotiddagi uglevod molekulasining uglerod atomlari yuqoridagi rasmda koʻrsatilgandek raqamlangan: 1ʼ, 2ʼ, 3ʼ, 4ʼ va 5ʼ (1ʼ “bir shtrix” deb oʻqiladi). Nukleotidda uglevod molekulasi markaziy holatni egallaydi, azot asosi 1ʼ uglerodga va fosfat guruhi (yoki guruhlari) esa 5ʼ uglerodga biriktirilgan.
Fosfat
Nukleotidda uglevod molekulasining 5ʼ uglerodiga birikkan bitta fosfat guruhi yoki uchtagacha fosfat guruhlari boʻlishi mumkin. Ayrim manbalarda bitta fosfat guruhi tutgan molekula “nukleotid” deb keltirilgan, ammo molekulyar biologiyada keng doiradagi atama umumiy qabul qilingan^11start superscript, 1, end superscript
Zanjir oxiriga qoʻshiladigan yangi nukleotid oʻzida uchta fosfat guruhini tutadi. Oʻsib borayotgan DNK yoki RNK zanjiriga qoʻshilgan nukleotid ikkita fosfat guruhini yoʻqotadi. Shu sababli DNK yoki RNK zanjiridagi har bir nukleotid faqat bitta fosfat guruhiga ega.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish