Tiplar Siz JavaScriptni tipizatsiyaga EGA emas deb eshitgan bo’lishingiz mumkin. Oldin ham ta’kidlaganimdek, bu mutlaqo noto’g’ri. JavaScript tipizatsiyaga ega, va aynan “dinamik tipizatsiya” xususiyatida ishlaydi



Download 18,88 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi18,88 Kb.
#593084
Bog'liq
Tiplar


Tiplar
Siz JavaScriptni tipizatsiyaga ega emas deb eshitgan bo’lishingiz mumkin. Oldin ham ta’kidlaganimdek, bu mutlaqo noto’g’ri. JavaScript tipizatsiyaga ega, va aynan “dinamik tipizatsiya” xususiyatida ishlaydi. Bu degani, siz bir o’zgaruvchiga istalgan turdagi tipni o’zlashtirishingiz mumkin. JavaScriptda ikki xil tiplar mavjud: oddiy va murakkab tiplar.
Oddiy tiplar
Oddiy tiplarga quyidagilar kiradi:

Shuningdek, ikkita maxsus tiplar ham mavjud:

  • null

  • undefined (noaniq)

Keling, har birini alohida ko’rib chiqamiz.
Sonlar
JavaScriptda sonlarning faqat bir turi mavjud, bu ham bo’lsa haqiqiy sonlardir.
Sonli literallar raqam ko’rinishida dasturda yoziladi va qanday yozilishiga qarab butun yoki haqiqiy sondagi literal bo’lishi mumkin.
Butun sonlar:
20
546984621654984
0xCC // 16 lik son
Haqiqiy sonlar:
3.14
.1234
5.2e4
Qatorlar
Qator bu belgilar ketma-ketligidir. Dastur kodida qator literali orqali ifodalanadi va qo’shtirnoq — “” yoki tirnoq ‘’ belgilari bilan yopiladi.
‘qator’
“matn”
JavaScriptda qatorlarni bir necha qatorda ifodalash uchun \ belgidan foydalaniladi.
“Hammasi bir \
qator”
Shuningdek, \ belgidan qator orasida ‘’ yoki “” dan foydalanish uchun qo’llash mumkin. Bu yuqoridagi belgilarni qatorni ochib-yopuvchi begilardan ajratib turadi.
‘O\’zbekiston’
Qatorlar + operatori orqali birikishi mumkin.
Qator shabloni
ES2015 da qo’shilgan bo’lib, qatorlar bilan ishlashda yangi imkoniyatlar taqdim etadi.
Qatorda ${ } orasiga ifoda berib, shablon yaratib ketish mumkin. Masalan, shablonlarsiz:
var a = 5
var b = 10
console.log(‘Ko\’paytma ‘ + (a * b) + ‘ ga teng.’)
// Ko’paytma 50 ga teng
Xuddi shuni shablondan foydalanib yozamiz:
var a = 5
var b = 10
console.log(‘Ko\’paytma ${a * b} ga teng.’
// Ko’paytma 50 ga teng
Mantiqiy tip
JavaScript mantiqiy tiplarni ifodalash uchun true yoki false kalit so’zlaridan foydalanadi. Taqqoslash operatorlari (===, ==, <, >) yuqoridagi ikkisidan birini natija sifatida qaytaradi.
ifwhile kabi tekshiruvchi operatorlar dastur jarayonida mantiqiy tiplardan foydalanadi.
Mantiqiy qiymat ifodani faqat aniq rost yoki yolg’onligida emas, balki rostr yoki yolg’onga yaqin ekanligiga qarab ham aniqlab oladi. Masalan, quyidagi qiymatlarning barchasi yolg’onga yaqin bo’lgani uchun false qiymati olinadi:
0
-0
NaN
undefined
null
‘’ // bo’sh qator
Qolgan barcha holatlarda true olinadi.
null
null hech qanday qiymat yo’qligini bildiruvchi maxsus qiymat.
Bu qiymat deyarli barcha dasturlash tillarida uchraydi. Masalan Pythonda None shaklida uchraydi.
undefined
undefined o’zgaruvchini initsializatsiya qilinmaganligi va qiymat noaniq ekanligini bildiradi.
Funksiyaning qaytaruvchi qiymati bo’lmaganda undefined qaytaradi. Shuningdek, funksiya parametri mavjud bo’lsa, lekin funksiya chaqirilganda unga qiymat yuborilmasa, funksiya parametrlarni undefined holatiga o’tkizadi.
Qiymatni undefined ekanligi quyidagicha tekshiriladi:
typeof var === ‘undefined’
Murakkab tiplar
Yuqorida sanab o’tilgan tiplardan boshqa hammasi murakkab tiplar hisoblanadi. Bular funksiyalar, massivlar va obyektlar. Har birining o’ziga xos jihatlari bor, shuningdek ular obyektni xususiyatlariga ham egalik qiladi.
Download 18,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish