Tinish belgilarining tasnifi


So’roq belgisi va uning qo’llanish o’rinlari



Download 26,73 Kb.
bet3/7
Sana13.06.2022
Hajmi26,73 Kb.
#666132
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TINISH BELGILARINING TASNIFI

So’roq belgisi va uning qo’llanish o’rinlari

Soʻroq belgisi — gap oxirida qoʻllanadigan tinish belgilaridan (?). Bu belgi asosan mazmunidan soʻroq anglashilgan gaplar oxiriga qoʻyiladi va shoʻ gapning ifoda maqsadiga koʻra soʻroq ran ekanligini koʻrsatadi (Nega kelmading? Qoʻrkdingmi?). Bu belgi oʻzbek tiliga rus tilidan kirgan, 19-asr oxirlaridan. "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida ayrim matnlarda qoʻllana boshlagan.


Soʻroq belgisi oʻzbek adabiy tilida quyidagicha qoʻllanadi: 1. Sof soʻroq gaplar (sodda yoki qoʻshma) oxiriga qoʻyiladi. Bunday gaplar tarkibida soʻroqni bildiruvchi leksik yoki fammatik vositalar: soʻroq olmoshlari va soʻroq yuklamalari ishtirok etishi (Shahardan qachon kelding? Kimni koʻrding? Sogʻligi yaxshimi? Botirchi?) yoki ishtirok etmasligi mumkin. Keyingi holatda soʻroq maʼnosi yozuvda soʻroq belgisi bilan, ogʻzaki nutqda ohang bilan ifodalanadi (Soat besh boʻldi. — Soat besh boʻldi?). 2. Taqrizlarda, iqtiboslarda biron soʻz yoki jumla noaniq boʻlsa, xato qoʻllansa, gumon va anglashilmovchilikni bildirsa, oʻsha soʻz yoki jumladan soʻng qavsga oʻragan holda qoʻyiladi. Baʼzan jumladagi xato juda qoʻpol boʻlsa, Soʻroq belgisi qoʻsha qoʻllanishi mumkin. 3. Soʻroq ran tipidagi sarlavhalardan keyin qoʻllanadi: Teatr yoshlarga nima berdi? Huquqiy meʼyorlarni bilasizmi? Ritorik soʻroq gaplar oxirida baʼzan Sb., baʼzan soʻroq va undov belgilari qoʻsha qoʻllanadi: Dunyoda onadan ulugʻ zot bormi?
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio - so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan .
So‘roq belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Uni Fitrat shunday ta’riflaydi: (?) so‘rash belgisidir. So‘rash gaplaridan keyin

qo‘yiladir: Ona uchun bu ish mumkinmi? Sen bularning holini bilmaysanmi? O‘z quchog‘ingdag‘i hollardan xabarsizmisan?


Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘roq belgisining qo‘llanishi quyidagicha: So‘roq mazmunidagi gaplar qanday vositalar yordamida shakllangan bo‘lishidan (so‘roq olmoshlari, so‘roq-taajjub yuklamalari, so‘roq intonatsiyasi va sh.k.) qat’iy nazar, ularning har qanday ko‘rinishi oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Rashk do‘stimizmi yoki dushmanimizmi ?( T.Malik)
So‘roq mazmuni ifodalangan sodda gaplarning ham, qo‘shma gaplarning ham oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sen... bu yerda nima qilib yuribsan? (O.Yoqubov) Esingizdami, bir marta ikkalamiz yalpiz tergan edik? (O‘.Umarbekov). Uqanday qo‘llarkim, uzarlar, hidlarlar, yancharlar? (She’rdan) Ammo gapda kuchli emotsionallik, his-hayajon mavjud bo‘lganda, so‘roq belgisidan keyin undov belgisi ham qo‘yiladi: Qachon jilovlab qo‘yiladi bu ig‘vogar, g‘alamislar-a?! Qachon bartaraf bo‘ladi bu anonimchilar-a?! (T.Murod) O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?! (A.Qahhor) Asqarali tog‘a, bas endi, shu choyni ichaymi-yo‘qmi?! (T.Malik). O‘g‘lingiz ot olmoqchi edi bupulga, sizda insof degan narsa bormi?! (T.Malik). 1213
Qo‘shma gaplar (bog‘lovchisiz bog‘langan, bog‘lovchili bog‘langan, ergashgan) komponentlarining har ikkisida ham so‘roq mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo so‘roq belgisi faqat yaxlit qo‘shma gapning oxiriga qo‘yiladi: Nega yerda uchrashdilar bu ikki malak, Nega suubat qurmadilar fazolar aro? (E.Vohidov) O‘rniga kim ekan - bilsak buladimi? (E.A’zam) Biz, rahbarlarga ishonasizmi yo mana shunga o‘xshagan podachiga ishonasizmi? (T.Murod) Bu o‘zingning fikringmi yo biror ko‘rsatma bormi? (T.Malik) Rang-ro‘yingga nima bo‘ldi, tuzukmisan o‘zi ? (E.A’zam). Endi bularni kim oladi, kim kiyadi? (T.Murod)
Qo‘shma gaplar (bog‘lovchisiz bog‘langan, bog‘lovchili bog‘langan, ergashgap) komponentlarining faqat bittasida so‘roq mazmuni ifodalanishi mumkin, ammo so‘roq mazmunini ifodalagan komponentning oldin yoki keyin turishidan qat’i nazar, so‘roq belgisi yaxlit qo‘shma gapning oxiriga qo‘yiladi: Otasi ham hayron: kimga tortgan bu qiz? (O‘.Hoshimov) Avval menga ayting, shu qishloq qizidan olim chiqadimi? (S.Ahmad) Shu ahvolda o‘lib-netib ketsang, shuncha bola chirqillab qolishini o‘yladingmi? (S.Ahmad) Darhaqiqat, tuyaning ustiga g‘am yukini ortsa, nega kofirlar ozod bo‘ladi? (S.Ahmad) Esingizdami, bir marta ikkalamiz yalpiz tergan edik? (O‘.Umarbekov) Jalil ota karaxt tortib qoldi: qayoqdan paydo bo‘ldi bu dard? (Sh.Xolmirzayev) Qanday donishmand odamsizki, qalbimni darhol bildingiz? (Sh.Xolmirzayev) Tushuntirib ayting, o‘zi nima gap? (T.Murod)
Ritorik so‘roq gaplar oxiriga, asosan, so‘roq belgisi qo‘yiladi: Biron orzusi bo‘lmagan, biron narsaga intilmagan odamning mushukdan nima farqi bor? (A.Qahhor). Biron orzusi bo‘lmagan, biron narsaga intilmagan odamning mushukdan nima farqi bor? (A.Qahhor).
Ammo gapda kuchli emotsionallik, his-hayajon mavjud bo‘lganda, so‘roq belgisidan keyin undov belgisi ham qo‘yiladi: Xalqini 
sevgan 
qaysi farzand Vatanini ozod korishni xohlamaydi?! (E.A’zam) Oymomo opaning anavi beldastadan boshqa nimasi bor?! (T.Murod)
So‘roq mazmunidagi gaplar sarlavha vazifasida qo‘llanganda, ulardan keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Toshpo‘lat tajang nima deydi? (A.Qodiriy) Men nechun sevaman O‘zbekistonni? (A.Oripov) Unutmaysizmi? (Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar” boblaridan biri) Bizda kim ko‘p yig‘laydir? (Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar” boblaridan biri) Taniysanmi shu jajji qizni? (Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon” boblaridan biri) Nega yerga qaraysan, Ra’no? (Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon” boblaridan biri) Saylovmi, bosqinchilikmi? (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi) Nima qayoqqa ketadir? (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi). Shirvon xola nima deydi? (Abdulla Qodiriy maqolasi nomi)
Kim edigu kim bo‘ldik? Ertaga kim bo‘lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? (I.Karimov)
O‘zganing fikr-mulohazasiga shubha yoki e’tiroz-norozilikni ifodalash uchun ba’zan matnda mazkur fikr-mulohaza bayon qilingan iqtibosdan keyin qavsga olingan so‘roq belgisi qo‘yiladi: Nasriy ifoda bo‘lsa: “Bu Zarafshon daryosi tepalikda joylashgani uchun (?) “Kohak” deb nom berdilar... Shu tepalikdan pastga qarab qo‘yilgani uchun ham (?) Zarafshonni Ko‘hak daryosi deydilar” (104- bet). Samarqand Afrikada yoinki Amerika qit’asida emas, shundaygina ikki qadam joyda, kopchiligimiz ko‘rganmiz va Zarafshonning qayerdan, qanday oqishini bilamiz. Hech zamonda daryo tepalikdan pastga qarab oqqanmi? (N.Komilov. “Tarjimami yo talqin?» maqolasi).
9. Kim? nima? qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roq olmoshlaridan so‘ng.
Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.


Download 26,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish