Ko’p nuqta va uning qo’llanish o’rinlari
Koʻp nuqta — ketma-ket qoʻyiladigan uch (soʻroq yoki undov belgisidan soʻng ikki) nuqtadan iborat tinish belgisi. Koʻp nuqta, asosan, quyidagi oʻrinlarda ishlatiladi:
gapning tugallanmaganligini bildirganda: — Men nima qilibman... Siz... — dedi Xolmurod... (P. Tursun);
nutq jarayonida soʻzlovchining toʻxtalishini bildirganda: Sen... sen qoʻriqqa borasan;
iqtiboslarning bir qismi tushirib qoldirilganda;
dialogda savol javobsiz qolganda.[
.Mazmunan tugallanmagan darak gaplar oxiriga ko’pnuqta qo’yiladi:
To’yni kelasi yil qilsak qilarmiz... (A.Qahhor) Poyezdga bilet olib qo’ygan
bo’lsak, poezd uch soatdan keyin ketsa... (A.Qahhor)
2.Gapdagi turli uzilishlarni ko’rsatish uchun ko’pnuqta qo’yiladi:
Hay-hay, ukam, shundoq baobro’ odam sizni ko’rgani kelsa-yu, siz
xursand bo’lish o’rniga... (A.A’zam).
3.Gap muallifining o’ylanib qolish, ikkilanish, hayajonlanish kabi holatlarini
ko’rsatish uchun ko’pnuqta qo’yiladi:
O’zing tengi bolalar lager palatkalarida maza qilib uxlab yotganida, sen
suv sepib, yo’lka supurishing... Nima desam ekan... Sal alam qiladi kishiga.
(O’.Hoshimov)
4.Nutqda kutilmaganda bir fikrdan boshqasiga o’tib ketishni ko’rsatish
uchun gapda ayni o’tish o’rniga ko’pnuqta qo’yiladi:
Seni siypab, erkalatib, Asta-sekin ko’kartirgan Go’zal ko’klam... o’tib
ketdi. (Cho’lpon) Yarim kechada uyga qaytsam... hamma yoq jimjit.
(O’.Hoshimov).
5.Gapda berilgan sanoqdagi qatorni yana davom ettirish mumkinligini, uning
tugamaganligini ko’rsatish uchun ko’pnuqta qo’yiladi:
Bolaligimda ko’p kasal bo’lardim: qizamiq, ko’kyo’tal, bezgak...
(O’.Hoshimov).
6.Mazmuni aniq ochilmagan gaplardan keyin ko’pnuqta qo’yiladi va undan
keyin shu mazmunni ochadigan gap keltiriladi:
1914 yil... Shu yildan o’zbek she’riyati osmonida "Cho’lpon" degan
mitti yulduz charaqlay boshladi. (N.Karimov).
7.Matnda muayyan sabab bilan uzilib qolgan fikr bayonining davom
ettirilganini ko’rsatish uchun gap boshiga ko’pnuqta qo’yiladi:
...Bolaligimni eslasam, ilq yoz kechalari ko’z oldimga keladi.
(O’.Hoshimov) ...Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi. (N.Eshonqul).
8.Sarlavha vazifasida qo’llangan gaplardan keyin mazmun taqozosiga
muvofiq ko’pnuqta qo’yiladi:
Bir yigit kuylar ekan... (Oybek. She’r sarlavhasi)
Yoshlikni eslab... (Oybek. She’r sarlavhasi)
Iztirob ekan-ku muhabbat!.. (X.Do’stmuhammad. Hikoyalar turkumining
nomi).
9. Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa.
— Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi?
— ...
— Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)
10. Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida:
Nuqtalar o‘rniga kerakli harfni qo‘yib ko‘chirib yozing.
Xayri...x, a...loq, ...abar.
ko‘pnuqta qo‘yiladi.
Masalan: - Xurshida bonu?... Siz ... Sizmu?
Vergul va uning qo’llanish o’rinlari.
Vergul (fransuzcha: Virgule) — tinish belgisi(,). Eng koʻp qoʻllanadigan tinish belgilar jumlasiga kiradi. Qoʻllanish oʻrni, shakli turli davrlarda va turli tillarga oid yozuvlarda turlicha boʻlgan. Oʻzbek tilida Vergul teskari pesh, pesh, yarim turish, yarim tinish kabi nomlar bilan ham yuritilgan. Vergul dastlab qisqa pauza uchun ishlatilgan, keyinchalik uning qoʻllanish doirasi va vazifasi kengaygan. Oʻzbek tilida Vergul uyushiq (Sen kuychi, paxtakor, olim...) va ajratilgan boʻlaklarni (Azizga, sobiq talabaga, bu soʻz yoqmadi), kirish (Lekin, menimcha haqsiz) va kiritma konstruksiyalarni (Yolgʻiz borishga, ochigʻini aytsam, yuragim dov bermadi), undalma (Azizlar, bir oz sabr qilamiz) va undov soʻzlarni (Hoy, nima qilyapsan?), "ha", "yoʻq", "xoʻp", "qani"... kabi soʻzlarni, nutqda takrorlangan soʻzlarni, bogʻlovchisiz va murakkab qoʻshma ran tarkibidagi gaplarni (Kun botib, osmon qoraygan), muallif gapini koʻchirma nutqdan ajratish (Bugun men kelolmayman, — dedi u) uchun ishlatiladi. Vergul qavs, qoʻshtirnoq bilan qoʻllanganda ulardan keyin, tire bilan qoʻllanganda undan oldin qoʻyiladi, koʻp nuqta bilan kelganda tushib qoladi
Vergul tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XV asrdan ishlatila boshlagan. O‘zbek matnlarida XX asr boshlaridan uchraydi. Undan quyidagi o‘rinlarda foydalaniladi:
1. Uyushiq bo‘laklar orasida: Bolalarning xulqi, odobi, yurish-turishi, ko‘cha-ko‘yda, mahallada o‘zini tutishi, do‘stlari orasidagi mavqeyi, hurmati, oila yumushlariga qo‘shayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim. (M.Inomova)
2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi: Uka, o‘qishning erta-kechi bo‘lmaydi. Men Sizni, oyijon, juda yaxshi ko‘raman. Salom sizga, purviqor tog‘lar!
3. Kirish so‘z va kirish birikmalardan so‘ng: Shubhasiz, Vatanimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olajak. Forobiyning yozishicha, inson jamiyatda, o‘zaro munosabatlarda voyaga yetadi.
4. Tasdiq, ta’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘z-gaplardan keyin kelgan bo‘laklarni ulardan ajratish uchun ham vergul qo‘yiladi: Ha, hushyor bo‘lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Xayr, biz jo‘nab ketyapmiz. Xo‘sh, xalq uchun siz nima qildingiz?
5. Ajratilgan bo‘laklar orasida: Onaga, eng ulug‘ zotga, ehtirom chinakam insoniylik sanaladi. O‘zbekistonda, jahonga yuz tutgan obod va ozod mamlakatda, ilm-fan kundan kunga barqarorlashib bormoqda.
6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasida: Do‘sting mingta bo‘lsa ham oz, dushmaning bitta bo‘lsa ham ko‘p. Yurgan — daryo, o‘tirgan — bo‘yra.
7. Bog‘langan qo‘shma gaplarda ham vergul ishlatiladi: Bilimli va tadbirkor bo‘ling, lekin bu xislatlaringiz sizni xudbinlikka sira yetaklamasin. Yo biz boraylik, yo siz keling.
8. Undov so‘zlar his-hayajon bilan aytilmasa, ulardan so‘ng vergul ishlatiladi: Ey, menga bir minutga qarab qo‘ying.
9. Ko‘chirma gap darak, buyruq gap bo‘lsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi: «Inson qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim», — deb aytgandi Abu Rayhon Beruniy.
Do'stlaringiz bilan baham: |