3. Sinf rahbari ishini hisobga olish. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari
muvaffaqiyati albatta uni rejalashtirish sifatiga bog’liq bo’ladi. Sinf rahbarining ish
rejasi o’quvchilarning barkamol shaxs sifatida yuksalishini nazarda tutadi. Uning
amalga oshishida sinf rahbari:
- maktabning maqsad va vazifalarini aniq tasavvur qilishi;
- shaxsning psixik rivojlashinining qonuniyatlarini bilishi;
- tarbiyada aniq maqsadni qo’ya olishi;
- tarbiya vazifalarini to’liq bajarishi;
- tarbiya tamoillarini to’g’ri tanlay olishi va unga amal qilishi;
- bolalarni tarbiyalashning usullarini to’g’ri tanlay olishi;
- tarbiya jarayonlarining to’g’ri shakllarini tanlashi;
- tarbiya vositalarinidan o’z vaqtida foydalana olishini;
- oldindan ko’ra olishni ;
84
- Tarbiya natijalarini aniq tasavvur qila olishni taqoza etadi.