72
Mazkur model talabalarni tarbiyaviy ishlar jarayonidagi sifat ko’rsatgichlarini
aniq belgilab olish imkonini beradi. Chunki unda qo’yilgan talablarni har bir shaxs
o’zlashtirishi mumkin va ularda quyidagi ma’nolar nazarda tutiladi: “fazilatlilik”-
talabaning insoniy sifatlarini (avvalo bolaparvarlikni) o’zlashtirishi, “muomalalilik”-
o’zgalarga munosabatda xulq-atvor qoidalariga rioya qilish, “o’zini baholay olish ”-
o’z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo’lish, “me’yorlilik”- tarbiya ishida namuna
ko’rsatish, “bilimlilik”- pedagogikada tarbiyaviy ish asoslarini bilish, “onglilik”-
voqyea va hodisalarni to’g’ri anglash, “aqllilik”- muammolar yechimini to’g’ri topa
olishlik, “dunyoqarash”- g’oyaviy e’tiqodli bo’lish, “layoqatlilik”- targ’ibotni
amalga oshira olish, “tarbiyaviy ish asoslaridan xabardorlik”- tarbiyaviy ishlar
usullarini bilish, “izlanuvchanlik”- targ’ibot ishlariga yangicha yondashish,
“ijodiylik”- tarbiyaviy ishlarga doir yangi ishlanmalar yarata olish, “jismoniy
sog’lomlik”- tarbiyaviy ishlarga quvvatining yetishi, “ imkoniyatlik”- jismoniy
holatlarni tushunish, “tabiatlik”- tarbiyaviy ishlar obyektining ( boshlang’ich sinf
o’qituvchilarining) yosh xususiyatlarini bilishi, “hushyorlik”- shaxsni muhofaza
qila olish, “ruhiy sog’lomlik”- tarbiyaviy ishlar obyektini ruhiy his qila olish,
“tushunuvchanlik”- tarbiyaviy ishlar obyekti saviyasini hisobga ola bilish,
“irodalik”- murakkab vaziyatlardan chiqa olish, “xotiralik”- tarbiyaviy ishlar
izchilligini ta’minlash, “metodlilik”- tarbiyaviy ishlarda o’z metodiga ega bo’lish,
“texniklik”- texnik vositalardan foydalana olish, “tashabbuskorlik”- har qanday
sharoitda tarbiyaviy ishlarga tayyor turish va “faollik ”- tarbiyaviy ishlarda
samaraga erishisha olish.
Bu o’rinda uni amaliyotda qo’llab ko’rish uchun quyidagi jadvalni to’ldirib,
o’z layoqatingizning darajasini aniqlab olishni tavsiya etamiz:
№
Qo’yiladigan talablar
B a h o l a sh b ye l g i s i
+ ( mavjud
)
- ( yo’q )
V(ikkilanish)
1. Ma’naviy yetuklik
1
Fazilatlilik
2
Muomalalik
O’zini
bahorlay olish
73
3
4
Me’yorlik
2. Intellektual salohiyatlilik
5
Bilimlilik
6
Aqllilik
7
Onglilik
8
Dunyoqarashlik
3. Kasbiy tayyorgarlik
9
Layoqatlilik
10
Targ’ibotchilik
asoslaridan
xabardorlik
11
Izlanuvchanlik
12
Ijodiylik
4. Fiziologik ko’nikmalilik
13
Jismoniy sog’lomlik
14
Imkoniyatlilik
15
Tabiatlik
16
Hushyorlik
5.
Psixologik layoqatlilik
17
Ruhiy sog’lomlik
18
Tushunuvchanlik
19
Irodalilik
20
Xotiralilik
6. Pedagogik mahorat
74
21
Metodlilik
22
Texniklik
23
Tashabbuskorlik
24
Faollik
Agar mazkur modeldan foydalanishda ijobiy jihatlar ko’p miqdorni tashkil
etsa, shaxsda tarbiyaviy ishlar bo’yicha layoqat shakllangan deb hisoblanadi.
Zero, oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning tarbiyaviy ishlar
tizimida mezonlarini shakllantirishda “Pedagogika”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”,
“Xalq pedagogikasi” va “Psixologiya” fanlarining qonuniyatlarini uyg’unlashtirish
kerak bo’ladi. Chunki milliy g’oya targ’iboti tabiati va spesifikasi shuni taqozo
etadi.
Bunda
tarbiyalanganlik darajasi ko’rsatgichlari har biri alohida baholanib,
umumiy ball aniqlanadi. Eng yuqori ball 50 ballni tashkil etsa, eng kam ball 1 ballni
tashkil etadi. Masalan, boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalarning
tarbiyalanganlik darajasini aniqlash uchun quyidagi ko’rsatgichlarni tavsiya etish
mumkin:
1-sifatlar –fazilatlar talabalarda juda kam namoyon bo’ladi – bu qoniqarsiz
daraja hisoblanadi;
2-sifatlar – fazilatlar talabalarda yoki o’quvchilarda kam nammoyon bo’ladi. Bu
qoniqarli daraja hisoblanadi.
3-sifatlar – fazilatlar talabalarda namoyon bo’ladi, lekin hali to’liq mav’noda
ehtiyojga aylangani yo’q, guruh rahbari va jamoaning nazorati talab etiladi. Bu
yaxshi daraja hisoblanadi.
4-sifatlar – fazilatlar talabalarda aniq namoyon bo’ladi. Bu namunali daraja
hisoblanadi.
Bu borada quyidagi jadvalga e’tibor bering.
T.r
Tarbiyalanganlik ko’rsatgichlari
1.
Savodxonlik, faollik, qiziquvchanlik, ijodkorlik, iqtidorlilik
2.
Mehnatsevalik, fidoiylik, kasbiy tushunchaga
egalik
3.
Intizomlilik, tartiblilik, xushmuomalalik, ma’suliyatlilik
4.
Burch, o’zini-o’zi tarbiyalash, nazorat qilish
75
5.
Jismoniy madaniyat, chaqqonlik, chiniqish, mardlik, ozodalik
6.
Saxiylik, halollik, rostgo’ylik,
kamtarlik
7.
Jamoa bilan ishlay olishlik, do’stlik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik
8.
Tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik,
9.
Vatanparvarlik, insonparvarlik
3
. Fazilatlar yoki tarbiyalanganlik ko’rsatgichlari
Bu fazilatlar yoki tarbiyalanganlik ko’rsatgichlari quyidagi jadvalga asosida
to’ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: