TILNI AMALIY O‘RGANISH ushbu til yordamida og‘zaki yoki yozma ravishda
muomala qila olish, ya’ni o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma ravishda bayon qila olish va o‘zgalar
fikrini tinglab yoki o‘qib tushuna olish.
TILNING FUNKSIYALARI (VAZIFALARI) ing. functions of language, nem.
Sprachfunktionen, rus. funksiya yazika. mas. Aloqa, muomala qilish vazifalari.
EKSPRESSIV FUNKSIYA ing. emotive function, nem. emotive Funktion, rus.
emotsionalnaya funksiya. His-hayajon, istak, ruhiy kechinmalarni ishor etish vazifasi.
AKKUMULYATIV FUNKSIYA ing. akkumulative function, nem. akkumulative Funktion,
rus.akkumulativnaya funksiya. Tilda to‘plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga
etkazish vazifasi.
ALOQA VOSITALARI kishilar o‘rtasida muomala jarayonida foydalanadigan ishora
va belgilar. Ular ovozli yoki grafik bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |