Tilshunoslikka kirish



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana24.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#100054
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-ma'ruza



 

 



1-MA’RUZA 

 

TILSHUNOSLIKKA  KIRISH“  FANI  PREDMETI VA MAZMUNI 



 

Reja: 

1.  Bilish va uning turlari. 

2.  Fanning mohiyati va uning turlari haqida. 

3.  Tilshunoslik fan sifatida. 



 

Tayanch tushunchalar: Bilish, fan, xususiy tilshunoslik, umumiy tilshunoslik, ichki va 

tashqi  tilshunoslik,  makrolingvistika  va  mikrolingvistika,  ijtimoiy  tilshunoslik 

(sotsiolingvistika),  psixologik  tilshunoslik  (psixolingvistika),  paralingvistika,  intеrlingvistika, 

etnolingvistika. 

 

1.  Bilish  va  uning  turlari.

  Har  qanday  fan  asosida  kishilarning  olamni  bevosita 

kuzatishi yotadi. Inson o‘zini qurshab turgan olam uzvlarini sezgi organlari yordamida his 

qiladi,  boshqalariga  solishtiradi,  farqli  va  o‘xshash  belgilarini  aniqlaydi,  so‘ngra  muayyan 

xulosaga keladi. Demak, har bir fan insonlarning olamni kuzatishi, bilishi jarayonida, uning 

natijasida paydo bo‘ladi. 

Fanning asosi bo‘lgan bilish uzoq vaqtlardan buyon mutafakkirlarni qiziqtirib keladi. 

Ilmiy  bilish  –  ilmiy  tadqiqot  yo‘li  bilan  izlanish  natijasida  borliq  haqida  yangi  bilim  hosil 

qilish.  Tabiat  va  jamiyatdagi  murakkab,  xilma-xil  va  rang-barang  hodisalar  mohiyatini, 

rivojlanish  qonunlarini  ilmiy  bilishning  aniq  usullari  mavjud  bo‘lib,  ilmiy  tadqiqot  va 

izlanishlarning  yo‘nalishini  ifodalaydi.  Falsafa  va  fanda  ilmiy  bilishning  ikki  bosqichi 

farqlanadi: 

a) fahmiy (empirik, amaliy) bilish; 

b) nazariy (idrokiy, mantiqiy) bilish. 

Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan manba, uning bo‘limlari va tarkibiy qismlari, belgi-

xususiyatini aniqlash, saralash, izchillashtirish va tasvirlash ishlari amalga oshiriladi. Bunda 

asosiy e’tibor o‘rganish manbaining tashqi, zohiriy xossalarini aniqlashga qaratiladi. Aslida 

bu hali tom ma’nodagi tahlil emas, lekin ilmiy o‘rganishning zaruriy, tarkibiy qismi, bosqichi.  

Nazariy  bilish  empirik,  ya’ni  fahmiy  bilishsiz  amalga  oshmaydi.  Amaliy  bilish 

jarayonida  to‘plangan  faktik  material  nazariy  bilish  jarayonida  aqliy  tafakkur  yo‘li  bilan 

umumlashtirilib, ularning mohiyati ochiladi.  

Manbani  o‘rganishning  har  ikki  bosqichi  ham  birday  muhim  bo‘lib,  ikkinchisini 

birinchisisiz,  birinchisini  ikkinchisisiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Ularni  bir-biridan  uzish, 

qarama-qarshi  qo‘yish,  bilishning  ikki  qutbi  sifatida  munosabatda  bo‘lish  mumkin  emas. 

Bilishning  ikki  zaruriy  bosqichi  ham  o‘z-o‘zicha  cheklanganlik  xususiyatiga  ega.  Masalan, 

tanada isitmaning ko‘tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat o‘z-

o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uning malum ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga 

o‘xshash,  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  bir  qancha  hissiy  bilimlarni  solishtirish,  qiyoslash, 

umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning alomati ekanligi belgilanadi. 

Solishtirish,  qiyoslash,  mantiqiy  umumlashtirish  orqali  hosil  qilingan  bilim  idrokiy, 

nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali zohitriy belgilar zamiridagi ichki mohiyat belgilanadi. 

Har qanday fan ana shu belgilarni keltirib chiqaradi. 

Bundan  ko‘rinadiki,  hissiy  (fahmiy)  bilim  tajriba,  amaliyot,  bevosita  kuzatish  bosqichi 

sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o‘zaro munosabatini o‘rganish, 

umumlashtirish  orqali  hosil  qilinadi  va  bu  bilimga  ega  bolish  har  qanday  fanning  bosh 

maqsadidir. Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrda barcha fan vakillari tomonidan e’tirof 

etiladi. Jumladan, tilshunoslikda ham bu ikki usulga amal qilinadi. Qaysi usulga tayanishga 




 

 



ko‘ra tilshunoslik amaliy va nazariy tilshunoslikka bo‘linadi. 

Bilish faqat fan bilan chegaralanmaydi,  fan inson bilish faoliyatining faqat bir qismini 

tashkil  etadi.  Inson  o‘zini  qurshab  turgan  obyektiv  olamni  doimo  bilishga  intiladi.  Bilish 

diniy, afsonaviy, empirik va ratsional bolishi mumkin. 

Ilmiy bilim tizimliligi bilan amaliy bilimdan farq qiladi. Ilmiy bilim haqida fikr yuritgan 

barcha olimlar uning muhim belgisi sifatida tizimlilikni e’tirof etadilar. Xususan, Immanuel 

Kant  fikricha,  fan  va  ilmiy  bilimning  muhim  belgisi  tizimlilikdir.  Ilmiy  bilim  sof  aql 

arxitektonikasiga muvofiq, majburiy tizimni tashkil qiluvchi bilimdir

1

 . 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish