Tilshunoslikka kirish



Download 0,55 Mb.
bet58/78
Sana02.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#477689
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Bog'liq
Tilshunoslikka kirish

Fe’l mayllari: Harakat bilan sub’ekt orasidagi bog’liqlikning voqelikka munosabati fe’l mayllari deyiladi. Fe’l mayllari 4 xil:

  1. aniq mayl (xabar mayli, ijro mayli). Aniq maylning maxsus grammatik ko’rsatkichi yo’q: keldi, aytdi, yozdi;

  2. buyruq-istak mayli buyruq, xohish-istak, maslahat ma’nolarini ifodalaydi.

I-ay(ayin): boray(lik) I-aylik: boraylik
II-(gin): bor(gin) II-ing(iz): boringiz
III-sin: borsin III-sinlar: borsin(lar)
3)shart mayli ish-harakatning bajarilish shartini bildiradi:-sa.
I- borsam I- borsak
II- borsang II- borsangiz
III- borsa III- borsalar

  1. maqsad mayli -moqchi bajaruvchining maqsadini bildiradi:bormoqchiman, bormoqchisan.

Fe’lning vazifaviy shakllari fe’lning ma’lum bir vazifa uchun xoslangan shakllaridir. Ular uch xil: harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh.
1) harakat nomi fe’lning otga yondosh shaklidir. Harakat va holatning nomini bildiradi. Harakat nomi -(i)sh, -(u)v, -moq qo’shimchalari bilan hosil bo’ladi: kelish, borish, yozuv, saylov; kelmoq, bormoq. Harakat nomining uchala shakli ham bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma ni qabul qilmaydi. Harakat nomining bo’lishsiz shakli -maslik qo’shimchasi yordamida yasaladi; Aytish-aytmaslik-mening ishim. Dildor Nizomjonga ko’rinmaslikka harakat qilardi.
-moq affiksi mumtoz asarlarda -mak shaklida qo’llangan: yashamak siri. -moq affiksi bilan yasalgan harakat nomi fe’lga yaqin turadi. Harakat nomi tuslanmaydi;
2) sifatdosh fe’lning sifatga yondosh (yaqin) shaklidir. Sifatdosh qo’shimchalari: -gan(-kan,-qan), -digan, -yotgan,-r(ar), -ajak, -gusi, -g’usi, -(u)vchi, kelgan (qiz), kulayotgan (odam), kelgusi (avlod), kutuvchi.
O’tgan zamon sifatdoshi: kutgan kishi.
Hozirgi zamon sifatdoshi: kutayotgan kishi.
Kelasi zamon sifatdoshi: kutadigan kishi.
-ajak,-gusi, -g’usi qo’shimchali sifatdoshlar qadimiy hisoblanadi.
Sifatdosh otlashadi: Bilgan bilmagan ishlar, bilmagan barmog’in tishlar.
Sifatdoshning bo’lishsiz shakli: -mas. Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.

  1. ravishdosh fe’lning ravishga yondosh shakli. Ish-harakatning

belgisini bildirgan fe’l shakli ravishdosh deyiladi.
Ravishdosh qo’shimchalari; -(i)b, -a,-y,-gach(-kach,-qach),
guncha(-kuncha,-quncha); ko’rib, yoza olmoq, kelgach, borguncha.
–a, -y, -b(ib) yakka yoki takror holda qo’llanadi; o’ynab-o’ynab, ayta-ayta, o’ynay-o’ynay. -b(-ib), -a, -y qo’shimchali ravishdoshlar tuslanadi, ya’ni shaxs-son qo’shimchalarini oladi: yuboribdi, kutaman, o’qiyman. -gani(-kani,-qani), -gali, -guncha(-kuncha, quncha),-gach(-kach,-qach) qo’shimchali ravishdoshlar tuslanmaydi. -i(b) qo’shimchali ravishdoshning bo’lishsiz shakli-may,(-masdan) orqali hosil qilinadi. She’riyatda-mayin shakli ham uchraydi: Qanotini qush qoqmayin uyg’onar el polvonlari.
-gani orqali maqsad ravishdoshi yasaladi: Ko’rgani keldim. Maqsad ravishdoshining bo’lishsiz shakli yo’q.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish