Tilshunoslikka kirish



Download 0,74 Mb.
bet97/123
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#218540
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

TAQLID SO’ZLAR
Taqlid so’zlar ikki xil:

1. Holatga (obrazga) taqlidni bildiruvchi so’zlar: yalt, yarq, milt-milt, bilq, dir-dir.

2. Tovushga taqlidni bildiruvchi so’zlar: tars, turs, chars, gumbur-gumbur.

Taqlidiy so’zlar tuzilishiga ko’ra yakka, takror, juft holda bo’ladi (yalt,qars-qars, chars-churs, taka-tum-tak).

Taqlid va undov so’zlari nomlash xususiyatiga ega emas. Taqlid so’zlardan ot, fe’l va boshqa turkum so’zlari yasaladi: shaq-ildoq, hiq-ildoq, yaltira-q, yiltira-q, miltira-q.

Taqlid so’zlar gapda asosan, aniqlovchi, hol vazifasida keladi. Otlashganda esa quyidagi vazifalarni bajaradi: a) ega vazifasida: Qo’yning “ba-a”si eshtildi. Musichaning g’uv-g’uvi eshitildi. b) to’ldiruvchi: O’z g’uv-g’uviga o’zi shaydo bo’lgan guzarga yaqin qoldi.


SINTAKSIS
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada so’z turkumlari, sintaksisda so’z birikmalari, gap turlari o’rganiladi, Grammatika grekcha so’zdan olingan bo’lib, “o’qish va yozish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Sintaksis ham grekcha so’z bo’lib, “tuzish” demakdir.

So’z birikmasi
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zning ma’no va grammatik jihatdan tobe munosabat asosida bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi. So’z birikmasi gapdan quyidagicha farqlanadi.

1. So’z birikmasi kengaygan ma’no ifodalaydi. Gap esa fikr bildiradi. Shu bois, so’z birikmasi tugallanmagan ohang bilan, gap tugallangan ohang bilan aytiladi.

2. So’z birikmasi ergash so’z va bosh so’zdan iborat bo’ladi. Gapda esa bosh va ikkinchi darajali bo’laklar ishtirok etadi.

Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bog’lanib, so’z qo’shilmasi hosil qiladi. So’z qo’shilmasidagi so’zlar bog’lanishi ikki xil bo’ladi a) teng bog’lanish b) tobe bog’lanish.

Teng bog’lanishli so’z qo’shilmasida so’zlar o’zaro teng munosabatda bo’ladi: ezgulik va yaxshilik. Tobe bog’lanishli so’z qo’shilmasi (so’z birikmasi)da bir so’z boshqasiga tobe bo’ladi: bebaho xazina, umidvor nigoh.

Ega va kesimning bir-biriga bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi.

So’z birikmasida bosh so’z va ergash so’z quyidagicha farqlanadi: a) bosh so’zning ma’nosini izohlab, ravshanlashtirib kelgan so’z ergash so’z, ma’nosi izohlanayotgan so’z esa bosh so’z hisoblanadi. b) oldin kelgan so’z ergash so’z, keyin kelgan so’z bosh so’z bo’ladi; v) bosh so’zdan ergash so’zga so’roq beriladi: ko’rkam xiyobon-qanday xiyobon? g) kelishik qo’shimchalari ergash so’z tarkibida, egalik qo’shimchasi bosh so’z tarkibida bo’ladi: mening maqsadim.

Bosh so’z qaysi so’z turkumiga mansubligiga qarab, so’z birikmasi ikki xil bo’ladi: 1. Otli birikma 2.Fe’lli birikma.

1. Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: nordon anor, asalday shirin, fidokorlikda birinchi, yig’ilganlarning barchasi, topshiriqni bajarish.

2. Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh shakllari bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: kecha kelding, kelajakni o’ylab, erta kelgan.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish