fonetik, fonematik, an’anaviy, morfologik va simvolik .
Fonetik prinsip. Bunga asosan talaffuzda qanday tovush eshitilsa, shunga mos keladigan harf yozilishi lozim: qorin-qornim, burun- burnim.Bunda tovush tushishi kuzatiladi.
Fonematik prinsip. Bunga asosan tovushlar qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, bir xil yozilishini talab qiladi. Masalan, olib ketdidagi b harfi p deb talaffuz qilinadi. Lekin b yozilishi shart.
An’anaviy prinsipda so’zlar ularda mavjud, hozirgi vaqtda talaffuz qilinadigan tovushlarga asoslanib yozilmay, balki tarixda qanday yozilgan bo’lsa, hozir ham shunday yoziladi.
Morfologik va simvolik prinsiplar so’zlarning yozilishida grammatika va leksikaning manfaatlarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |