29-§. P U N K T U A ТS I YA
Punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bo’limdir. Punktuatsiya lotincha so’z bo’lib, “nuqta”, “joy”ma’nolarini anglatadi. Tinish belgilari me’yori-punktuasion me’yor yozma nutqqa xosdir. Tinish belgilari o’z o’rnida ishlatilmasa, gapning mazmuni ham, sintaktik tuzilishi ham o’zgaradi. Masalan, Siz yomon odam emassiz.-Siz yomon, odam emassiz.
Qadimgi lotin, grek va got yozuvlarida so’zlar ba’zan bo’sh joy, ba’zan esa nuqtalar vositasida bir- biridan ajratilgan. Yozuvda so’zlarni (nuqta) bilan ajratish O’rta Osiyo xalqlarning oromiy, turkiy runik yozuv yodnomalarida ham qisman uchraydi. Qadimgi yozuvlardagi bu usul, so’zlarni yozuv ishorasi vositasida ajratish usuli-hozirda punktuatsion usul deb ataladi. Yozuv taraqqiyotiga bog’liq holda nuqtalar vositasida ajratish usulining rivojlanishi hozirgi punktuasiyaning kelib chiqishiga asos bo’ldi.
Punktuasiyaning termini uch ma’noda qo’llaniladi:
1)tinish belgilari sistemasi va qo’llanilish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim;
2)punktuasion qonun-qoidalar-normalar yig’indisi to’plami;
3)tinish belgilari.
Punktuatsiya sistemasi. Bu sistema yozma nutqqa xos bo’lib, har bir milliy til tabiatiga, yozuv sistemasiga bog’liq holda o’rganiladi.
Punktuasiya yozma nutq mahsuli. Yozuv orqali ifodalangan har bir gapning mazmuni, ma’no turlari va sintaktik qismlari orasidagi turli munosabatlarni aniqlashda punktuasiyaning o’rni katta.
Punktuasiya ijtimoiy hodisa. Yozuvda dastlabki qo’llanilgan tinish belgilarining qo’yilish o’rni, usuli, vazifasi hozirgi holatidan boshqacha bo’lgan, ularning vazifasi hozirgidek aniq va murakkab bo’lmagan. Masalan: dastlab yulduzcha va rumba tipidagi o’ntadan ortiq ishoralar nuqta vazifasida ishlatilgan.
Punktuasiyaning asosiy vazifalari:
1)o’quvchi o’qigan so’zining ma’nosini tinish belgisiga qarab bilib oladi. Masalan:”O’qidi”.” O’qidi?” ,” O’qidi!” ;
2)yozma nutqdagi maqsad, mazmun va ma’no turlarini aniqlashtirish, farqlash uchun;
3)gap(yozma nutq) strukturasini aniq belgilash, gapni tashkil etuvchi qismlar, gap bo’laklari va gaplarning tuzilishiga xos turli munosabatlari ko’rsatish uchun;
4)yozma nutqni ixcham va ravon ifodalash, stilistik qulaylik uchun. Masalan: Toshkentdan Buxoroga qatnaydigan poezd –“ Toshkent”-“Buxoro” poezdi;
5)ba’zan yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalash uchun punktuasiya zarur bo’ladi.
Nuqta
Xabar mazmunidagi darak, buyruq, undov gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi.
2. Qisqartirilgan ism-familiyalarning birinchi harfidan (yoki ma’lum qismidan) keyin nuqta qo’yiladi: A.Q., A. Qod.
3. Sanash yoki oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun qo’llangan raqam yoki harflardan keyin nuqta qo’yiladi: 1. 2. 3.; 5.03.99 yil.
Nuqta- eng qadimgi va eng ko’p qo’llanuvchi tinish belgilaridan biri. Nuqta gap oxirida qo’llaniladi. Uning qo’llanishi logik-grammatik prinsipga asoslanadi. Bunda stilistik yoki differensiasiya prinsiplariga asoslanadi. Nuqtaning shartli qisqartmalaridan so’ng qo’llanishi uning qo’shimcha funksiyasiga kiradi. Masalan:Alisher Navoiy-ulug’ shoir! A. Navoiy-ulug’ shoir!
Do'stlaringiz bilan baham: |