Tilshunoslikka kirish


Funksional tasniflash asoslari



Download 5,38 Mb.
bet72/109
Sana05.07.2021
Hajmi5,38 Mb.
#109697
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
2 5465478216397358278

Funksional tasniflash asoslari.

Funksional tasnif areal tasnif bilan uzviy aloqadordir, chunki dunyo lingvistik xaritasi tillarning bugungi kundagi ma'muriy-siyosiy xaritasi bilan bog`lanib ketadi. Tillarni funksional tasniflash ko`p qirrali bo`lib, unda tillarning hududiy tarqalish miqyosi ham, ushbu tillarda so`zlashuvchilar soni ham, tilning ma'muriy davlat tizimida va jamiyatda tutgan o`rni, hatto mavqeyi va nufuzi ham e'tiborga olinadi. Tillarni funksional tasnif qilishda odatda quyidagi muhim omillar asos qilib olinadi:

- dunyodagi o`lik va tirik tillar soni;

- tirik tillarda gaplashuvchilar soni;

- tilning o`z hududidan tashqarida tarqalish va qo`llanish darajasi;

- tillarning hozirgi dunyo hamjamiyatida tutgan o`rni;

- o`z yozuviga ega va ega bo`lmagan tillar;

- tabiiy va sun'iy tillar;

- tilning amal qilish shakli va bajaradigan ijtimoiy vazifalari.

Til va jamiyatning o`zaro uzviy munosabati bizga ma'lum. Shu jihatdan kelib chiqib, tillar urug` tili, qabila tili, xalq-elat tili, milliy tillar bosqichlarini boshidan kechiradi. Boshqacha aytganda, til jamiyat darajasiga mos bo`ladi. Shuningdek, tilning tarqalish va boshqa mamlakatlarda, mintaqalarda qo`llanishi ham davlatning xalqaro hamjamiyatda iqtisodiy-siyosiy jihatdan tutadigan o`rni, mavqeyiga bog`liq bo`ladi. Ayrim tillarning boshqa mamlakatlarda ham keng amal qilishi va o`zga xalqlar tomonidan keng o`rganilishi shulardan kelib chiqadi. Aynan shu holat tillarni mahalliy tillar va mintaqalararo, millatlararo aloqa vositasi va xalqaro tillar kabi tillar guruhlariga ajratishga sabab bo`ladi.

Xalqaro tillarga BMTning ishchi tillari - ingliz, xitoy, rus, fransuz, ispan va arab tillarini misol qilib keltirish mumkin. Biroq bu yuqorida qayd qilingan omillardan kelib chiqib o`zgarib turadi. Jumladan, bir vaqtlar nemis tili xalqaro til hisoblangan, xitoy va rus tillari bu darajaga keyinroq erishgan. Tillarning funksional tasnifida tilga aloqador vaziyat ham e'tiborga olinadi, ya'ni muayyan jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar va ularga xizmat qiladigan tillar, tilning davlat tizimida, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy, diniy sohalarda qo`llanish darajasi va shulardan kelib chiqib jamiyatda tutadigan o`rni aniqlanadi. Tillar jamiyatda bajaradigan vazifalari va amal qilish shakllariga ko`ra adabiy til va sheva, davlat tili, din yoki fan tili kabi turlarga bo`linishi mumkin. Shunga ko`ra, bir tilli, ikki tilli, ko`p tilli jamiyatlar mavjud. Juda ko`p mamlakatlarda ikki tillilik, hatto uch-to`rt tillilik amal qiladi. Finlyandiya ikki tilli, Belgiya uch tilli, Shveysariya to`rt tilli mamlakat hisoblanadi.

Tilning muayyan jamiyatda tutadigan o`rni, avvalo, tilning mamlakatdagi statusi, mavqeyi va mazkur jamiyat tomonidan qo`llanish darajasi bilan belgilanadi. Bu tilga davlat tili maqomi berilishi bilan ham bog`liq bўlib, ko`pchilik mamlakatlarda ushbu maqom mahalliy xalq tiliga beriladi. Shu bilan birga, bir yo`la 2 til davlat tili bo`lgan mamlakatlar ham bor. Davlat tili maqomi tilni himoyalash vazifasini ham bajaradi.

Masalan, Shveysariyada konstitutsional qonun asosida 4ta tilga - nemis, fransuz, italyan va retoroman tillariga davlat tili statusi berilgan, vaholanki, retoroman tilida mahalliy aholining 1%ga yaqini o`z oilaviy sharoitida gaplashadi. Ko`p tilli mamlakatlardan biri bo`lgan Hindistonda ingliz va hindu tillari davlat tili sifatida rasman belgilab qo`yilgan. Hindu tili mamlakat aholisining ko`p qismi biladigan til bo`lsa-da, biroq turli shtatlarda yashovchi aholi o`z tillarini kamsitilgan deb hisoblab, ko`proq ingliz tilida gaplashishini afzal ko`radilar.



Til siyosatining bunday nozik jihatlari metatillarnig yaratilishiga ham olib keldi. Metatil (etalon til)turli til sistemasini tasnif qilish uchun bitta umumiy sistema, barcha uchun umumiy universal til yaratish g`oyasi XIX asrda paydo bo`ldi. Ushbu g`oyaga ko`ra, metatil asos til sifatida amal qiladi, boshqa tillar uning invarianti hisoblanadi. Etalon til vazifasini sun'iy til, ramziy tillar bajarishi mumkin. Shu maqsadda ayrim sun'iy tillar yaratildi ham. Biroq sun'iy tillar ildizsiz, ya'ni o`z egalarisiz bo`lgani uchun jonli tillardek rivojlanib keta olmadi. Buni 100 yildan ortiq muddat davomida amal qilayotgan esperanto tili misolida ko`rish ham mumkin.








  1. Download 5,38 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish