Tilshunoslikka kirish


Dunyodagi tillar va ularning tasniflash asoslari



Download 5,38 Mb.
bet71/109
Sana05.07.2021
Hajmi5,38 Mb.
#109697
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109
Bog'liq
2 5465478216397358278

Dunyodagi tillar va ularning tasniflash asoslari.


YUNЕSKОning ахbоrоtigа kо‘rа, hоzirgi kundа dunyodа 6000dan оrtiq til mаvjud. Bu tillаrning rivоjlаnish dаrаjаsi vа jаmiyatdа tutgаn о‘rni, ulаrdа gаplаshuvchilаrning sоni turlichаdir. 100—200 kishidаn tаshkil tоpgаn qаbilаning tili hаm, bir milliard хаlq gаpirаdigаn til hаm аlоhidа til hisоblanadi.

Tasnif so`zi arabcha sinf so`zidan olingan bo`lib, guruhlash, sinflarga ajratish ma`nosini bildiradi. Tillarni tasniflashda tuzilishi, ijtimoiy vazifasi, tarqalishi, qarindoshchilik munosabatlari, shu tilda gaplashuvchilar soni kabi juda ko`p jihatlar e`tiborga olinadi. Biroq tillar va til oilalarining aniq miqdorini aytish qiyin, chunki ayrim hududlardagi tillar kam o`rganilgan, shu bois tillarning aniq miqdorini belgilash ancha qiyin. Buning ustiga ayrim tillar o`lik tillar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dialekt va til jihatidan kam o`rganilgan mintaqalar ham mavjud bo`lib, ularga Avstraliya, Okeaniya va Janubiy Amerika kiradi.






Ko`rinadiki, dunyoda tillar ham, ularda gaplashuvchi kishilarning soni ham har xil.Hind va xitoy tillarida bir necha yuz milliondan ortiq aholi gaplashgan holda, ba'zi tillarda bir necha ming kishi gaplashadi, xolos. Shu jihatdan ham dunyo tillarini mukammal tasnif qilish qiyin. Dunyodаgi bаrchа tillаr hаm eng аsоsiy eng muhim bеlgilаri nаzаrdа tutilgаn hоldа bir nеchа guruhlаrgа bо‘linib tаsnif qilinаdi. Yer yuzidа tахminаn uch mingdаn оrtiqrоq til bоr. Bu tillаrning shеvаlаri hаm hisоbgа оlingаndа, ulаrning sоni olti mingdаn оshаdi. Yer yuzidаgi аnа shu tillаrning eng аsоsiy, eng muhim bеlgilаrini nаzаrdа tutib, ulаrni tаsniflаsh mаsаlаsi nihоyatdа murаkkаb vа muhimdir.

Dunyodagi tillar eng asosiy, eng muhim belgilari nazarda tutilgan holda 4 jihat asosida tasnif qilinadi. Bular: areal, funksional, geneologik va tipologik(morfologik) tasniflardir.


  1. Areal tasnif haqida ma`lumot.

Areal tasnifda tillarning georafik-hududiy jihatdan tarqalish miqyosi o`rganiladi, ya'ni tillarning, dunyo tillarining, jo’g’rofiy xaritasi yaratiladi. Ayni vaqtda bu tillarga xos hodisalarning makon va zamonda tarqalish qonuniyatlarini aniqlash, tillarning bir-biriga ta'siri masalalarini o`rganish imkonini ham beradi. Areal tilshunoslikning markaziy masalalaridan biri tillar, lahjalar va shevalarning chegaralari, dialektlar va tillarning shakllanish bosqichlari, ularning o`zaro aloqalarini o`rganishdir. Tillararo aloqalar muayyan hududda yashovchi turli tillarni birlashtiruvchi tillararo ittifoqlarini yuzaga keltiradi. Masalan, Bolqon yarim orolida hind-yevropa tililari oilasining 4 ta tarmog`i vakillari hisoblanadigan bulg`or, makedoniya, rumin, moldova, alban va yangi grek tillarini bir ittifoqga birlashgan bo`lib, ushbu tillar ko`p yillik aloqalar ta'sirida fonetik, grammatik, leksik jihatdan o`zaro o`xshash jihatlarga ega bo`lganlar. Turli tillar oilalari vakillari hisoblanuvchi o`zbek va tojik tillari o`rtasidagi aloqalar ham ushbu tillarga o`z ta'sirini o`tkazmay qolmagan. Barcha turkiy tillarga xos bo`lgan singarmoniya hodisasining o`zbek tilida yo`qolib borayotgani, o`zbek tilidagi “j” lovchi shevalar o`rnini “y” lovchi shevalar egallagani ham ushbu tillararo aloqa ta'siridir.

Areal tasnif dunyo tillarining xaritasini zamonaviylik va tarixiylik nuqtayi nazaridan, ya'ni sinxron(bir davr) va diaxron( ikki davr) aspektda tasnif qilish imkonini ham beradi. Tarixiy shart-sharoit natijasida tillar turli hududlarda tarqalishi mumkin. Jumladan, ispan tilida gaplashuvchi 300 mln aholidan 30 mingginasi Ispaniyada, qolganlari asosan Lotin Amerikasi hududida yashaydi va ispan tilini o`z ona tillari deb biladi. Shuningdek, portugal tilida gaplashuvchilarning asosiy qismi ham Portugaliyada emas, Braziliyada yashaydi. Tillarning o`zaro aloqalarini diaxron yondashuv asosida o`rganish ushbu tillarning hozirgi holatida yuz bergan o`zgarishlari va keyingi taraqqiyoti xususiyatlarini tadqiq qilish imkoniniyatini beradi.

Bu juda qiziq!!!






Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish