Tilshunoslikka kirish



Download 5,38 Mb.
bet27/109
Sana05.07.2021
Hajmi5,38 Mb.
#109697
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
Bog'liq
2 5465478216397358278

41-tasvir

Leksik jarayon va aqliy leksika.

Stimul – misol – xulosa chiqarish vaqti

So‘z – DESK – 708 Msek

So‘z bo‘lmagan (to‘liqligicha talaffuz qilinmaydigan) – SJMF –607ms.

So‘z bo‘lmagan (boshlanishi talaffuz qilinmaydigan) – SJIF – 644ms.

So‘z bo‘lmagan (talaffuz qilinmaydigan ) – SAJF- 680ms.

So‘z bo‘lmagan ( talaffuz qilinadigan ) – SARF- 746ms.

41-tasvir so‘z va so‘z bo‘lmagan birlikni anglash tajribasining 5ta holatini ko‘rsatadi.

Leksik huquqning yo‘qolishi huddi nutqdagi xatoliklarda aqliy til boyligining sistemasini o‘rganish uchun boshqa muhim manbalarning dalillari bilan ta’minlanishi kabidir. SHu sababdan, quyida nutq hosilalari sohasidagi bir nechta muammolarni echish yo‘llari bilan tanishtirib o‘tamiz (fonologik birliklarni o‘z ichiga oluvchi nutq xatoliklari bo‘yicha 7-bo‘limga qaralsin).

Nutq xatoliklarining 3-turkumi 197-199 tasvirlar orqali farqlanishi mumkin:

(197) Blend (uyg‘unlashuv) 2ta so‘zdan 1ta so‘z hosil bo‘lishiga misol bo‘ladi.

a. irvine is quite clear (“close “ and “near”)

b. at the end of today’s lection (“lecture “ and “lesson” )

c. to determine watch (“what “ and “which” )

(199) Substitutsiya sababli so‘zlarni noto‘g‘ri tanlash.

a. He’s a high grader (“low”)

b. don’t burn your toes (“ fingers “)

c. I just put it in the oven at a very low speed (temperature )

(199) so‘zlovchi gapi orqali ikki so‘zning o‘zaro almashinuvi.



Viktorian Fromkin va Anna Katler ko‘p yillardan buyon nutqdagi xatoliklarni to‘plashadi, ular, ya’ni ontologiya tuzuvchilar ba’zan nutqimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sodir bo‘ladigan xatolarni ma’lumotlar bazasi bilan isbotlashga harakat qilishi yuqorida keltirilgan namunalarda ko‘rsatilgan. Nutqdagi xatolar barchasi muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi. Umuman olganda, nutqdagi ikkita elementning harakati bir vaqtda sodir bo‘lishi orqali lemma tanlovi taqsimlanganda nutq xatoliklari sodir bo‘ladi. Uyg‘unlashuv va eslatmalarni nazarda tutgan holda, 197-tasvirdagi misolda lemma tanlovi taqsimlanadi va unga ko‘ra, ikkita bir biriga yaqin elementlar “lecture”va “lesson” bir vaqtning o‘zida faol harakatlanadi, lekin shu davom etayotgan darajalardan qay biri faolligini bilish zarur.

Berilgan 3-tasvirda konseptual va lemma darajadagi imkoniyat tasvirlangan, bu savolga javob berish hamda nutq xatoliklarini faollashtirish uchun ma’no yaqinliklariga nazar tashlaymiz.

Qayd etilganidek, birikmadagi ikki element ma’no jihatidan juda o‘xshash va, odatda, bir xil sintaktik kategoriyaga ega. Biz doim ham qarama- qarshi ma’noni anglatuvchi so‘zlardan tuzilgan birikmalarga duch kelavermaymiz. Keng ko‘lamda nashr etilgan birikmalar ro‘yxatida ham bitta antonim birikma emas, balki bir omonim va superordinantni o‘z ichiga olgan uchta birikma bor. Buni muqobil xatolarda qatnashgan elementlar bilan taqqoslash mumkin. Bu turning eng umumiy holatlari antonimlar yoki boshqa semantik munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, qo‘l barmoqlari va oyoq barmoqlari birikmalari tana bilan bog‘liq bo‘lgan meronimlar tarkibiga kiruvchi meronimlar hisoblanadi. SHuningdek, muqobilliklarda aniq ko‘p takrorlanadigan natija bor: ko‘p foydalaniladigan so‘zlar kam foydalaniladiganlarning o‘rnini bosishi mumkin deyishadi, biroq boshqa tomondan qaralganda, aytishlaricha, ko‘p ishlatiluvchi so‘zlar muqobillikning 74 % ini, kam ishlatiluvchilari esa uning 26% ini tashkil qiladi. Nihoyat, so‘z almashinish jarayonida ikkita elementning almashinishida ma’nolar o‘zaro bog‘lanmaydi. Keyinchalik ular turli tushunchalarni anglatadi (196 b ga qaralsin).

Nutq xatoliklarining 3-turida uchraydigan o‘xshashlik va farqlarni umumlashtirib ko‘rsak.

Berilgan faktlarga ko‘ra, so‘z almashinuvi nutq xatolarining boshqa ikki turida farq qiladi. So‘z almashinuvi bir vaqtda turli gap fragmentlarining faol bo‘lishi hosilasidir. Masalan, gapda berilgan cut fe’li in predlogi bilan to‘ldiriladi va o‘zida rain va trees faollashadi. SHunday qilib, ikki elementning so‘z almashinuviga jalb qilinishi na konseptual va na semantik bog‘liqlikka ega emas, faqatgina sintaktik jihatdan bog‘liq. Ular turli iboralarga taalluqli, lekin iboralarning sintaktik funksiyalarida o‘xshashlik mavjud.




Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish