UNDOSHLAR quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra:
1) lab tovushlari: lab-lab, lab-tish tovushlari.
2) til oldi tovushlari: tish-tish, tish, tanglay.
3) til o’rta tovushlari.
4) til orqa tovushlari: o’rta tanglay, orqa tanglay, chuqur tanglay tovushlari.
5) kichik til tovushlari.
6) bo’g’iz tovushlari.
II. Hosil bo’lish usuliga ko’ra:
1. sirg’aluvchi 2. portlovchi
3. affrikat (qorishiq) 4. burun tovushlari
5. yon tovushlar 6. titroq tovushlar.
III. Ovozning ishtirokiga ko’ra: jarangli, jarangsiz.
Artikulyatsion klassifikatsiya hayotning quy idagi sohalarida muhim
ahamiyatga ega:
1. Kar-saqovlarni nutqni labdan o’qishga o’rgatishga.
2. Filmlarni dublyaj qilishda.
3. Sheriyatda qofiya keltirishda.
4. Til o’rgatishda.
5. Be’morlarning dardini aniqlashda.
6. Logoped faoliyatida.
Tovushlar akus tik jihatdan ham klassifikatsiya qilinadi. Akustik klass i-
fikatsiya nutq tovushlarining belgilarini harakterlaydi. Bunday klassifikatsiyaning
quyidagi afzalliklari mavjud:
76
1. Akustik klassifikatsiya tovushni be’vosita harakterlaydi, uning paydo bo’lishi
haqida ma’lumot bermaydi.
2. Tovushga juft holatda baho beriladi, harakteristika “ ha” yoki “yo’q” javobi b ilan
belgilanadi.
3. Bu harakteristika faqat mashina yordamida berilmasdan, balki kishilar ham
tovushlarning akustik hususiyatlarini aniqlashlari mumkin.
4. Akustik klassifikatsiya artikulyatsion klassifikatsiya bilan oson kelishadi, mos
tushadi.
5. Akustik klassifikatsiya unli va undosh o’rtasidagi “devor” ni olib tashlaydi.
6. Akustik klassifikatsiya fonema nazariyasi masalalarini hal qilishga aniqlik kiritadi.
Tilshunoslikda fonema nazariyasi masalasi bilan fonologiya, fonematika yoki
funksional fonetika shug’ullanadi. Tilda mavjud bo’lgan tovushlar bir-biriga
o’xshashligiga qarab guruhlarga birlashtiriladi. Bunday til tovushlari so’zlarni bir-
biridan farqlash yoki bir-biriga o’xshatish uchun xizmat qiladi. Agar ikki xil tovush ikki
so’z yoki morfemani bir-biridan ajratish, farqlash va bir-biridga o’xshatish uchun
xizmat qilsa bunday til tovushlari ikki bir-biridan farq qiluvchi fonemalardir.
Nutq fonetik jihatdan frazaga, fraza sintagmaga, sintagma ritmik guruhga,
ritmik guruhlar esa bo’g’inlarga, bo’g’inlar esa tovushlarga bo’linadi. Fraza- jumla eng
katta fonetik birlikma hisoblanadi. Nutqda frazalar bir-biridan pauzalar bilan ajratiladi.
Har bir fraza ma’lum ohang bilan talaffuz qilinadi.
Intonatsiya murakkab prosodik hodisa bo’lib, quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat.
- nutq ohangi-ovozning pasayishi va ko’tarilishi- melaliya.
- kuchli va kuchsiz, cho’ziq va qisqa bo’g’inlarning o’zaro almashinu vi- ritm.
- fraza- jumla urg’usi.
- nutq tezligi (salmoqlab yoki shoshib gapirish).
- nutq kuchi (kuchli yoki kuchsiz nafas chiqarish, kuchli yoki kuchsiz talaffuz q ilish).
- nutqning uzilishi - pauza:
lingvistik, psixologik, biologik pauza.
- nutq tembri (quvnoq, xafa, tashvishli, be’g’amlik, vaximali ... gapirish).
Ritmik guruh jumlaning bir qismi bo’lib, so’zlarning bir urg’u atrofida
birlashgan qismidir. Ritmik guruhning ikki turi mavjud: a) proklitika b)entklitika.
Bo’gin bir yoki bir necha tovushdan tashkil topgan, bir nafas bilan talaffuz
qilinadigan fonetik birlikdir. Bo’g’in ochiq, yopiq va shartli yopiq bo’lishi mu mkin.
Nutq jarayonida tovushlar qatorida turli o’zgarishlar yuz beradi. Bunday
o’zgarishlarga: assimilyatsiya, akkomodatsiya, reduksiya va boshqalar kiradi.
Assimilyatsiya bir turdagi tovushlarning, undoshlarning bir-biriga o’xshab ketishidir.
Masalan: fragt, zagt; kepti, o’tti, yozipti;
Akkomodatsiya ikki tur tovushlar o’rtasidagi o’xshab ketishlikdir, yani unli va u n-
doshlarning bir-biriga moslashuvidir. Masalan: tut, Kind, Kunde, kennen.
Reduksiya tovushlarning miqdor va sifat jihatdan o’zgarishidir. Masalan: bes uchen,
lesen, gegangen; borib, kelib, olib, o’qib, uqib, bilan.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |