“тилшуносликка кириш” фанидан маъруза ва семинар машғулотларида ўҚитиш технологияси


Alisher Navoiy - chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi



Download 4,47 Mb.
bet21/75
Sana30.05.2022
Hajmi4,47 Mb.
#621003
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Bog'liq
2 5287724805804526519

Alisher Navoiy - chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistikaning asoschisi. Alisher Navoiy o`z ona tilida badiiy ijod qilish, ona tilining butun go`zalligi, tarovatini amalda ko`rsatish bilangina cheklanib qolmadi. Ona tilini o`sha davrda badiiy adabiyot uchun anhana bo`lib qolgan fors tiliga qiyoslab, bu tildan hech qolishmasligini, hatto bahzi o`rinlarda ustunroq turishini ilmiy jihatdan ham isbotlab bermoqni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Ana shu maqsadda 1499-yilda ikki til muhokamasiga – ikki tilning chog`ishtirma grammatikasiga bag`ishlangan maxsus asarini - «Muhokamat ul-lug`atayn» asarini yaratdi.
Alisher Navoiyning bu asarining maydonga kelishi bilan dunyo tilshunosligida yangi sahifa ochildi. Tilshunoslikning hozirgi kunda chog`ishtirma (kontrastiv) lingvistika deb yuritiluvchi yangi yo`nalishiga asos solindi.
Chog`ishtirma tilshunoslikning o`ziga xos xususiyati shundaki, ikki tizimga mansub bo`lgan tillar tilning barcha sathlari bo`yicha bir-biriga solishtiriladi. Ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
Afsuski, tilshunoslik tarixida chog`ishtirma tilshunoslikning paydo bo`lishi G`arb tilshunoslarining nomi bilan bog`lanadi va bu tilshunoslik yo`nalishining boshlanishi XIX asrdan deb belgilanadi. Bu fikrlar G`arb olimlarining Alisher Navoiy asarlaridan bexabarligidan paydo bo`lgan. Agar boxabar bo`lganlarida edi, Alisher Navoiyning lingvistik merosidan hayratga tushgan va, so`zsiz, uni chog`ishtirma tilshunoslikning otasi deb hisoblagan bo`lardilar. Chunki «Muhokamatul-lug`atayn» asarida chog`ishtirma tilshunoslikning barcha belgilari mavjuddir.
Birinchidan, solishtirish uchun turli tizimdagi tillar olinadi. Turkiy tillarga mansub bulgan turk (o`zbek) tili bilan hind-ovrupo tillarining eroniy tarmog`iga oid sart (fors-tojik) tili o`zaro muqoyasa qilinadi. O`rni bilan somiy tillariga mansub bulgan arab tiliga ham solishtiriladi.
Ikkinchidan, solishtirish uchun keltirilgan daliliy misollar tasodifiy bo`lmasdan, tilning butun tizimini qamrab oladi. Fonetik tuzilishdan tortib sintaktik tuzilishgacha har ikki tizimga mansub bulgan tillar solishtiriladi.
Ularning o`ziga xos tomonlari haqida qimmatli xulosalar beradi. Ikki tilning muhokamasiga bag`ishlangan bu asar Alisher Navoiyning turk (o`zbek) jonli so`zlashuv tilini ham naqadar chuqur o`zlashtirgan, har bir qavmning til xususiyatlari uning e`tiborida bo`lgan, ayni paytda, fors va arab tillarining ham zukko bilimdoni sanalgan keng qamrovli tilshunos ekanligini to`la namoyish etadi.
Xullas, Alisher Navoiy tilshunoslikning bir qator sohalari – fonetika, morfemika, so`z yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi masalalari yuzasidan qimmatli fikrlarini bayon qiladi. Til va tafakkur, tilning va tillarning paydo bo`lishi, tilda umumiylik va xususiylik kabi bir qancha tilshunoslikning umumnazariy masalalari yuzasidan o`z qarashlarini bayon qilgan kontrastiv (chog`ishtirma) tilshunoslikka asos solgan buyuk tilshunos allomadir.



Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish