Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot.
Reja:
Tilshunoslik fani haqida ma’lumot.
Tilning ijtimoiy mohiyati
Tilning tuzilishi
Milliy va adabiy til
Tillarning tasnifi.
Tayanch tushunchalar:
Tilshunoslik fani yoki lingvistika.
Tilning ijtimoiy mohiyati.
Tilning tuzilishi.
Milliy til.
Adabiy til.
Tillarning geneologik tasnifi.
Ma’lumki, hozirgi zamon fanlari tizimi quyidagi asosiy yo`nalishlardan tarkib topgan:
1. Tabiiy fanlar.
2. Texnika fanlari.
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.
4. Matematika fanlari.1
Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko`rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”2. Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining barcha asosiy turlari bilan bog`liq.
Tilshunoslik – ko`p qirrali fan. U fan sifatida umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |